Turkiyada tadbirkorlik bilan shug’ullanadigan o’zbeklar
Anvar Abduqayum 1981-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘rta ta’limni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi tabiiy fanlarga ixtisoslashgan maktabda, oliyni esa Toshkent arxitektura-qurilish institutida oladi.
“Matematik statistika” fanidan institutlar o‘rtasidagi olimpiadada respublika darajasida ikkinchi o‘rin olib, “Beruniy” nomli stipendiya sohibi bo‘ladi va shu orqali magistraturani grant asosida o‘qishga erishadi.
Hali institutda o‘qib yurgan davrlarida darsdan keyin ishlashga odatlangan qahramonimiz repetitorlik, tarjimonlik kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanadi.
Ko‘p til bilgani (o‘zbek, rus, ingliz, xitoy, nemis, turk, ozarbayjon, turkman, qozoq. Hozirda Arab tilini ham o‘rganmoqda) va menejerlik qobiliyatlari yaxshi bo‘lgani uchun tarjimonlikdan menejerlikka, so‘ng tadbirkorlikka o‘tadi.
Anvar Abduqayum hozirda turli yo‘nalishlarda o‘nga yaqin biznesga ega. Ular orasida o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi “Toy bola”, “Afiyet” va “Puro” kabi restoranlar tarmoqlari bor.
Tadbirkor o‘zining birinchi millionini 28 yoshida ishlab topadi. Ushbu daromadning asosiy qismini unga paket va o‘yinchoq biznesi olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |