O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 158 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi158 Kb.
#1272550
Bog'liq
Авто олам


O’ZBEKISTON OLIY VA O’RTA MAXSUS


TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT AVTOMOBIL YO’LLAR


INSTITUTI

O’ZBEK VA RUS TILLARI KAFEDRASI


AVTOOLAM


Mutaxassislikka oid matn va testlar


to’plami
Toshkent – 2005
Toshkent avtomobil yo’llar institutining 1,3 – kurs rusiyzabon guruhida tahsil oluvchi talabalar uchun tuzilgan “Avtoolam” matn va testlar to’plami (25 variant) dasturda belgilangan avtomobil sohasiga oid mavzularga asoslangan holda tuzilgan.
Ushbu to’plam talabalarni o’zlari tanlagan mutaxassisliklari bo’yicha o’rganayotgan fanlarini o’zbek tili bilan bog’liq ravishda yanada chuqurroq o’rganishlariga, qolaversa o’zbek tili bo’yicha olgan bilim ko’nikmalarini, og’zaki nutq va so’z boyliklarini oshirishga xizmat qiladi.
“Avtoolam” matn va testlar to’plami O’zbek va rus tillari kafedrasining 2004 yil 29 yanvarida o’tkazilgan “7” sonli majlisida muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Ijtimoiy gumanitar fanlar markazi uslubiy kengachi yig’in bayonnomasi №___________2005 yil__10__mart.
“Avtoolam” matn va test savollarini to’plo’vchi hamda tuzuvchi O’zbek va rus tillari kafedrasi katta o’qituvchisi N.P.Pazlitdinova

Taqrizchilar: t.f.d. prof. A.T.Shohidov


t.f.n. prof. G’.O’.Rasulov
p.f.n. dots. Sh.K. Abduraimova
1-variant.
O’zbekiston avtomobilsozligi: kecha va bugun
O’zbekiston avtomobilsozligi tez sur’atlarda rivojlanmoqda. O’tgan yillar ichida ancha ishlar qilindi, ammo hali qilinadigan ishlar bundan ham ko’p. Asosiy natija ravshan - u yo’llarda ko’rinmoqda. SHaharlarda va eng o’zoq qishloqlarda mamlaktimizda yig’ilgan avtomobillar qatnab yuribdi. YAqin va o’zoq xorijda ham ularni borgan sari ko’proq ko’rish mumkin.
Bu tashqaridan qaragandagi manzara. Sahna ortida - aniqrog’i avtombilsozlik shtabi bo’lgan «O’zavtosanoat» uyushmasida, «O’zDEUavto» zavodining muhandislar ofislarida va tsexlarida, tarmoqda ishlovchi o’nlab boshqa korxonalarda esa har kungi tinimsiz mehnat.
«Qisqa vaqt ichida Janubiy Koreyalik sheriklar bilan hamkorlikda yiliga 200 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod barpo etildi. Xalqaro talablarga to’la javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarning yangi avlodi tarbiyalandi. Avtomobil sanoati O’zbekiston iqtisodiyotining tayanchiga aylanib bormoqda». O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ushbu so’zlarida iqtisodiyotimizning ustun yo’nalishlari, uning kelajagi ifodalangan.
Avtomobilsozlik bugungi kunda iqtisodiyotning o’nlab tarmoqlariga yangi hayot nafasini ufurdi. Borgan sari ko’proq korxonalar avtomobil sanoatining buyurtmasini olishga intilmoqdalar. Buning uchun esa o’z ishlarini butunlay qayta qurishlariga, jahon standartlari so’zda emas, ishda javob berilishi kerak.
Yangi avtomobillar ulardan foydalanish va ularga xizmat ko’rsatishning yangi shakllarini talab etadi. Endilikda, butunlay boshqacha sifatga ega bo’lgan avtomobil yo’llari va yonilg’isi zarur… SHuning uchun ham zamonaviy avtosalonlar, servis xizmati ko’rsatish stantsiyalari paydo bo’lmoqda. Buxoro neftni qayta ishlash korxonasining qurilishi va ishga tushirilishi, Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari ham mamlakat iqtisodiyotini yangi darajaga ko’taradigan loyihalardandir.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatda qisqa vaqt ichida iqtisodiyotimiz uchun butunlay yangi yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli yo’nalish -avtomobilsozlik yaratildi. Uning muhim davrlari mustaqil O’zbekiston yangi iqtisodiyotning metronomiga o’xshaydi.
1992 yil iyun - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga birinchi rasmiy tashrifi. Tashrif davomida Islom Karimov DAEWOO Publik Motors guruhidagi zavodlar bilan tanishdi.
1992 yil iyul - O’zbekiston va Janubiy Koreya vakillari avtozavod qurish to’g’risida qo’shma memorandumni imzoladilar.
1993 yil oktyabr - Andijon viloyatida qurilish-montaj ishlari boshlab yuborildi.
1994 yil mart - hukumat O’zbekiston Respublikasi Avtombilsozlik sanoati korxonalarining «O’zavtosanoat» uyushmasini tashkil etish to’g’risida qaror chiqardi.
1996 yil iyul - «O’zDEUavto» zavodining tantanali ravishda ishga tushirilishi. Avtomobillarni ko’plab ishlab chiqarish boshlandi.

Topshiriq:


1. Matnni o’qing,
2.Savollari tuzing.
3.Matnda berilgan tarixiy sanalarni yod oling va mazmunini so’zlab bering.

1. Ferrari ning birinchi avtomobili nechanchi yildan beri ishlab chiqariladi?


a) 1952 y b) 1942 y s) 1962 y d) 1965 y

2. Dunyodagi eng tejamli kabriolet?



  1. Smart (Diesel; 3,4 LF 100 km; max. Speed 135 kmFh; 41hp)

  2. Jaguar Cjnverlible s) Volvo d) Mersedes

4. Quyidagi dilerlardan qaysi biri O’zbekistonda mavjud?


a) OPEL b) Mersedes – Benz s) Ferrari d) BMW

5. Ford Focus sport versiyasi qanday nomlanadi?


a) AS b) TD s) RS (Ralli Sport 200 o.k.) d) XL

5. Jahondagi eng kuchli tezyurar miniven qanday nomlanadi?


a) Opel Zarisa (192 hp 220 kmFh) b) BMW M –5
s) Daewoo Damas d) Ford

6. Jahonga mashhur Yaponiyaning qaysi modeli malolitrajkalarni turbonaduv bilan ishlab chiaradi?


a) Toyota b) Dai Hatsy s) Mazda d) TIKO

7. Sentralnomatorniy degan ma’no nimani bildiradi?


a) 4*4 b) Motori orqada s) Motori oldida d) Motori o’rtada

8. Formyla 1 bolidlariga texnik xizmat ko’rsatuvchi joy qanday nomlanadi ?


a) Pit stop b) Car Service s) Crush d) Test kar

9. Mazerati avtomobillari qaerda ishlab chiqariladi?


a) Italiyada b) Portugaliyada s) Ispaniyada d) Gretsiyada
10. Mazda avtomobilinint belgisida nima izohlangan?
a) MTRU harfi b) Yulduz rasmi s) Mazda deb yozilgan d) Humo qushi

2-variant


Imkoniyatlari kengaymoqda.
O’zbekiston avtmobil ishqibozlarining ko’pchiligiga yaxshi tanish bo’lgan servis xizmati birlashmasi uchun o’tgan davr oyoqqa turish davri bo’ldi, «O’zbek-Lada» AJ jamoasining iqtisodiy jihatdan barqaror bo’lishiga milliy avtomobil tarmog’ining yuzaga kelish va shakllanishi yordam berdi. Uning avvalgi «AvtoVAZtexxizmat» tizimi asosida tuzilgan va ishlab turgan barcha mintaqaviy korxonalari respublikamizning o’z avtobozor infratuzilmasini rivojlantirish dasturining faol ishtiroqchilari bo’la oldilar.
Aktsionerlik jamoalarining iqtisodiy jihatdan barqaror ishlay boshlashida 1998 yil hal qiluvchi davr bo’ldi. «O’zDEUavto» rasmiy dileri degan nufuzli maqom, AJ barcha mintaqaviy bo’linmalarining Asaka avtozavodi mashinalarini sotishni tashkil etishda aniq ishtirok etishi «O’zbek-Lada» ga shu qisqa davr ichida o’zining bozordagi ishonchli o’rnini topishiga va viloyat bo’linmalarining moliyaviy ahvolini ancha yaxshilashiga imkon berdi.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing va rus tiliga tarjima qiling.

  2. Matndan nisbiy sifatlarni topib, ajratib yozing va ular ishtirokida gap tuzing.

1. Angliyada o’tkazilgan Test Road da Matiz nechta Verdict olgan?
a) 2 ta b) birorta ham olmagan s) 3 ta d) 1 ta

2. Daewoo Nexia avtomobili zavoddan qanday shina bilan chiqariladi ?


a) Continental b) Kumho s) Yokohama d) Good year

3. Mersedes-Benz kompaniyasi 2002 yilda ishlab chiqarishni rejalashtirgan avtomobil ?


a) Mayban b) S 280 s) G 600 d) 320

4. Daewoo Matiz necha ot kuchiga ega?


a) 41 o.k b) 38 o.k s) 56 o.k d) 50 o.k
5. Gadiachning yangi va eng oxirgi ishlab chiqargan sedani?
a) S type b) XRK s) X type d) XL type

6. Mersedes - Benz S Class rusumli avtomobilning eng kuchli motori?


a) 200 b) 320 s) 500 d) 400

7. Mersedes - Benz S Class dagi eng kichik hajmdagi dvigatel?


a) S 280 b) 320 s) 500 d) 600

8. AUDI o’zining yagona vnedorojnigini (yo’lsizlikka mo’ljallagan putomobili) 2000 yilda chiqargan edi. U qanday nomlanadi?


a) Skyline b) All round Quattro s) Alpine d) A 8

9. "Tiko" avtomobilining standart komplektsiyalarini ko’rsating.


a) RM; SL b) RM; DX s) SL; DX d) SL; SX
10. "Tiko" avtomobili dvigatelining sig’imi qanday?
a) 1000 sm3 b) 796 sm3 s) 900 sm3 d) 1100 sm3

3-variant


Dunyoda eng zo’r yuk mashinasini «Linkoln» firmasi ishlab chiqarmoqda.
«Linkoln» firmasi ford bo’limi rahbarlarining tan olishicha, yo’lsiz joylarga mo’ljallangan «Linkoln-Navigator» yuk mashinasi xaridorlar tomonidan juda iliq kutib olinishini hech kim kutmagan edi. Marketing tadqiqotlari natijalari ushbu pikapga ehtiyoj borligini tasdiqladi.
«Navigator» asosida pikapning hajmi va yuk ko’tarish qobiliyati yuk mashinalarga yaqinlashtirilgan. YAngi avtombilga «Blackwood» degan nom berildi. Fordning «F-150» pikai unga asos bo’ladi.
«Blackwood» ning ichki tuzilishi «Navigator» dan qolishmaydi. Unga doimiy to’liq moslama qo’yish mo’ljallanmoqda. Ichkarisi – boy va etiborli avtomobillarnikiday - ko’p miqdoridagi elektr moslama, yuqori sifatli audiosistema, yog’och va teridan ishlangan o’rindiqlar. Fordning 5,4 litrli V8 dvigateli yangi avtomobil dvigatelining asosidir.
Bu mashina katta kuchga ega bo’lgan qimmatbaho pikaplarning xaridorlariga to’g’ri kelmaydi. SHuning uchun V8 ning yangi varianti ko’rib chiqilmoqda.
«Blackwood» ga shuningdek 6,8 litrli M10, ya’ni «F-250 super Duty» katta pikaplar va mikroavtobuslarda qo’llaniladigan dvigatel qo’yish mo’ljallanmoqda.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing, matn mazmunini so’zlab bering.

  2. Matndan olmosh turkumiga oid so’zlarniq topib, ajratib yozing.

1. "Tiko" avtomobilining motor quvvatini ko’rsating.


a) 50 o.k. b) 45 o.k. s) 40 o.k. d) 35 o.k.

2. "Tiko" avtomobili qaysi firma avtomobilining modifikatsiyasi hisoblanadi?


a) Honda b) Opel s) Audi d) Suzuki

3. "Tiko" avtomobilining bagaj sig’imi qanday?


a) 180 dm3 b) 200 dm3 s) 215 dm3 d) 223 dm3

4. "Tiko" avtomobilining sof og’irligi necha kg?


a) 500 kg b) 640 kg s) 695 kg d) 716 kg

5. "Tiko" avtomobilining maksimal tezligini toping.


a) 135 km/soat b) 140 km/soat s) 143 km/soat d) 148 km/soat

6. "Tiko" avtomobili 90 km/soat tezlik bilan harakatlanayotganda 100 km ga necha litr benzin kerak bo’ladi?


a) 8,1 l. b) 5,15 l. s) 5,11 l. d) 4,75 l.
7. "Tiko" avtomobilining burilish burchagi qancha?
a) 4,4 m. b) 5,1 m. s) 5,2 m. d) 5,5 m.
8. "Tiko" avtomobiliga tavsiya qilinadigan avtoyoqilg’i.
a) A-80 b) Fi-95 s) Ai 93 d) A-76
9. "Tiko" boshqaruv panelida nechta ko’rsatkich bor?
a) 9 ta b) 10 ta s) 11 ta d) 12 ta

10. "Tiko" avtomobilida boshqaruv va nazorat qurilmasi nechta?


a) 19 ta b) 20 ta s) 21 ta d) 22 ta

4-variant


O’zbekistonda avtomobil sanoati tashkil etishni - avtomobillarni sotish va ularga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha korxonalar majmuasini rivojlantirmay turib tasavvur etib bo’lmasdi. Barcha viloyatlar va ayrim tumanlarda texnik xizmat ko’rsatish rivojlangan tarmog’ining mavjudligi «O’zDEUavto» AJ da ishlab chiqarilgan avtomobillarga tegishli xizmat ko’rsatish, ularni ta’mirlash va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash uchun muhimligini inobatga olib, «O’zavtosanoat» tizimining yaxlit bo’lishiga alohida e’tibor berildi.
Ochiq turdagi «O’zavtotexxizmat» aksionerlik birlashmasiga mintaqaviy «Avtotexxizmat» aksionerlik jamiyatlarining davlatga tegishli akisionalari paketini boshqarish huquqi topshirildi.
«O’zavtosanoat» uyushmasining «O’zDEUavto» AJ bilan hamkorlikda Asaka zavodida ishlab chiqarilganyengil avtomobillarga «O’zavtotexxizmat» AJ korxonalarining mintaqaviy tarmog’i orqali respublika hududida servis xizmati ko’rsatish va ularni sotish taklifi ham ma’qullandi.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing, matndan qo’shma fe’llarni topib, ajratib yozing.

  2. Matnga sarlavha qo’ying.

1. "Tiko" avtomobili dvigatel tipini ko’rsating.


a) F8C b) F7C s) F9C d) 6FC

2. "Tiko" avtomobiliga qaysi markadagi moy tavsiya etiladi?


a) TEXAKO b) SFFCC SAE 10 W-30
s) 5AE 20W – 30 d) SFFCC SAE 15 W – ZOA – 24S

3. "Tiko" avtomobilining ilashish muftasi ishlashiga ko’ra ko’ysi turga kiradi?


a) avtomat b) elektr s) mexanizm d) karbyurator
4. "Tiko" sovitish sistemasining sig’imi qancha?
a) 3,3 l. b) 3,5 l. s) 3,7 l. d) 3,9 l.

5. "Tiko" avtomobili 120 km/soat tezlikda harakatlanayotganda 100 km ga qancha benzin sarflaydi?


a) 5,11 l. b) 5,15 l. s) 4,75l. d) 8,1 l.

6. "Tiko" avtomobilining tezlanishi qanday?


a) 4 m/s2 b) 4,8 m/s2 s) 5,2 m/s2 d) 5,8 m/s2
7. "Tiko" yonilg’i bakining sig’imi necha litr?
a) 33,3 l. b) 30 l. s) 33 l. d) 40 l.

8. "Tiko" ning uzunligi necha mm?


a) 2335 mm. b) 2940 mm. s) 3340 mm. d) 3440 mm.

9. "Tiko" avtomobilining nechta turi mavjud?


a) 2 ta b) 3 ta s) 4 ta d)5 ta

10. "Tiko" avtomobilining klassifikatsiyasi to’g’ri berilgan javobni ko’rsating.


a) RM, DX, SL b) SM, RX, SL s) DM, RX, SL d) DM, DX, SL

5-variant


Olti g’ildirakli avtomobil.
Mutaxassislar ham hozirgacha umumiy fikrlarga kelganlari yo’q. Mashina «Polaris» deb ataladi. Demak, - «Polaris». Xo’sh, u nimasi bilan qiziqarli? Uning eng yaxshi xususiyalaridan biri - har qanday yo’l sharoitlarida: yo’lsizlikdan, chuqurlikdan, qiyali va toshloqlardan o’ta bilish qobiliyatidir. «Polaris» ni sinovdan o’tkazganlarning fikricha, bu kichik monstr yo’lsizlikda o’zini bronetransportyordek tutadi. Qaysi haydovchi o’z mashinasini loy, chuqurlik joyga olib boradi? Lekin bu holat ham «Polaris» uchun hech gap emas.
«Polaris» uch ishchi «ko’prik»ka ega. Birinchisida - ikkita kuchli amartizatorli osma va oldi g’ildiraklarning diskdagi tormozlari bor. Ikkita orqa «ko’prik»lar zanjir yordamida harakatga keltiriladi. Ikkinchisi, uzatgich korobkasiga, uchinchisi esa ikkinchi «ko’prik»ga ulangan. Orqa g’ildiraklar diskli tormoz yordamida to’xtatiladi. Bu juda ajoyib holat. Kuzov esa samosvaldekgidravlika yordamida nazorat qilinadi. Ikki yonida plastikadan yasalgan konteynerlar. Dvigatel ikki taktli, 250 kubli, alohida yog’lanadi: benzin va yog’ alohida quyiladi. 20 ot kuchiga ega. Mashina joyidan oson qo’zg’aladi. «Polaris» shosseda soatiga 60 km tezlikda yura oladi. Unda orqaga harakatlanish moslamasi ham bor. «Polaris» hatto «Landa Rover» yoki «Hummer» bilan ham bellasha oladi.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing va savollar tuzing.

  2. Matndan ko’makchilarni topib, ajratib yozing.

1. 1995 yilgacha chiqqan "Tiko" avtomobili turlarini ko’rsating.


a) TIKO DM, TIKO DX b) TIKO RM, TIKO DX
s) TIKO RM, TIKO SX d) TIKO DX, TIKO SL

2. TIKO ning starteri qaysi firmaga tegishli?


a) Bosch b) Suzuki s) Daewoo d) Honda

3. TIKO da nechta predoxronitel mavjud?


a) 12 ta b) 13 ta s) 14 ta d) 16 ta

4. "DAMAS" avtomobilining tavsiya etilgan maksimal tezligi necha km/soat?


a) 112 km/coat b) 140 km/coat s) 120 km/coat d) 130 km/coat

5. "DAMAS" avtomobili o’t oldirish tiziminiig turini ko’rsating.


a) Tranzistorli b) Yarim tranzistorli s) VTD8 d) BPR 5E

6. "DAMAS" avtomobilining minimum burilish burchagi necha m ga teng?


a) 4,1 m. b) 4,2 m. s) 4,3 m. d) 4,4 m.

7. "DAMAS" avtomobilining dvigatel turini ko’rsatiniig.


a) F8C b) FFC s) FDC8F d) F8CB

8. "DAMAS" avtomobilining sof og’irligi necha kg?


a) 810 kg b) 880 kg s) 795 kg d) 875 kg

9.Birinchi elektr tramvay Toshkentda qachon qatnashni boshlagan?


a) 30 noyabr 1910 y. b) 30 dekabr 1912 y.
s) 30 yanvar 1919 y. d) 30 iyul 1920 y.

10. "DAEWOO" avtomobil zavodi O’zbekistonda nechanchi yilda ochilgan?


a) 1995 y. b) 1996 y. s) 1997 y. d) 1994 y.

6-variant


Mashina da ofis, kabinet.
Amerikada bir kompaniya GM mikroavtobusi asosida lyuks klassdagi ofisni yaratdilar.
OFIS- limuzinini yaratishda alohidalik va qulaylik biznes klassdagi samolyotdagidek usul qo’llaniladi. SHuning uchun mikroavtobusning ichkarisi reaktiv «Golfstrim» yoki «BettaYet»ningsalonini eslatadi. Mashinadagi ofis 5 kishiga mo’ljallangan. Buyerda xizmat kabinetingizdagi barcha qulayliklar mujassamlashtirilgan bo’lib, o’z biznesingizni bemalol davom ettirishingiz mumkin. Qaerda bo’lishingizdan qat’iy nazar, bitta sputnik va bir nechta telefonlaryer sharining istalgan nuqtasi bilan bog’laydi. Maxsus portativ terminal aloqa vositalarga faks, modem va «NOTEBOOK»ni bog’lash imkoniyatini beradi.
Bu ofisdan bemalol videokonferensya ham olib borish mumkin, chunki uning 13 dyuymli monitorga ega bo’lgan videotizimi bor. Bundan tashqari mikroavtobusning standart komplektiga «navigator» ham kiradi. Albatta, yo’l sayohati payotida o’z tijorat ishingiz bilan hamma qulayliklarga ega ofisda shug’ullanish juda yoqimli, shunday emasmi?
Ofis interyeri chiroyli teri va yog’och bilan jihozlangan. Dam olish uchun SD proigrivateli stereosistema ham bor. Qulayliklar to’liq bo’lishi uchun limO’zingi bar, mO’zlatgich va mikroto’lqinli pechka ham o’rnatilgan.

Topshiriq



  1. matnni o’qing va matnga reja tO’zing

  2. Matndan kelishik qo’shimchalari ijtirok etgan so’zlarni ajratib yozing va kelishiklarning turini aniqlang.

1.Gorkiy avtomobil zavodi nechanchi yilda ochilgan?


a) 1932 y. b) 1962 y. s) 1992 y. d) 1955 y.

2.Volganing GAZ-21 modeli nechanchi yilda ishlab chiqarilgan?


a) 1936 y. b) 1956 y. s) 1976 y. d) 1975 y.

3. Zaporojets avtomobili necha silindrli?


a) 3 b) 4 s) 5 d) 6
4. Birinchi avtomobilni kim yaratgan?
a) Bents b) Kyunyo s) Kostovich d) Ford

5. Birinchi avtomobil qachon yaratilgan?


a) 1760 y. b) 1770 y. s) 1780 y. b) 1765 y.

6. Benzin bilan ishlaydigan yonilgi dvigatelini kim yaratgan?


a) Kyunyo b) Bens s) Kostovich d) Ford

7. Rossiyada avtomobil sanoati nechanchi yilda barpo ltilgan?


a) 1900 y. b) 1920 y. s) 1940 y. d) 1930 y.

8.Yengil avtomobillar necha kishigacha mo’ljallangan bo’ladi?


a) 8 b) 10 s) 15 d) 12

9. Limuzin avtomobili necha kishiga mo’ljallangan?


a) 8 b) 10 s) 15 d) 9
10. Transport avtomobillarining necha xili bor?
a) 3 b) 5 s) 8 d) 7

7-variant


CITROEN
Citroen kompaniyasining vakillari taraqqiyparvar fransuzlar uchinchi ming yilikka «Xsara-Ricasso»ning navbatdagi modelida kirib borishlariga va’da beryaptilpr. 200 yilda sotuvga chiqqan yangi avtomobilxetchek asosida yasalgan, ammo baland tomi va tekis poli hisobiga prototipdan ancha kengroqdir. Xaridorga ish hajmi 1,6 va 1,8 l hamda quvvati 90 va 115 ot kuchi bo’lgan, benzinda ishlaydigan ikki xil hamda bevosita purkagichli va 90 ot kuchiga ega bo’lgan dizel dvigatel taklif etiladi.
O’ziga xos uslub ishqibozlariga Citroen firmasi avtomobil madasining eng so’nggi yangiliklari asosida yaratilgan C3 konseptini tayyorlab qo’ydi. Keng ochiladigan eshiklar va oynavand tom bu avtomobilning asosiy tarkibiy qismlari. Unga ish hajmi 1,6 l, quvvati 90 ot kuchi bo’lgan klassik tipdagi dvigatel o’rnatiladi.
Topshiriq.

  1. Matnni o’qing va rus tiliga tarjima qiling.

  2. Matndan sifat turkumiga oid so’zlarni topib, ajratib yozing.

1. Volga avtomobil zavodi qaysi shaharda joylashgan?


a) Moskva b) Tolyatti s) Gorkiy d) Ufa

2. Avtomobil so’zining tarjimasi qanday?


a) Robot b) O’zi yuruvchi s) Arava d) Mexanizm

3. TAYI qachon tashkil topgan?


a) 1972 y. b) 1985 y. s) 1990 y. d) 1975 y.

4. Akkumulyator so’zining tarjimasi qanday?


a) Toplagich b) Yurak s) Porshen d) Nasos

5. "UZ DAEWOO" zavodi qaysi shaharda joylashgan?


a) Toshkent b) Asaka s) Urganch d) Xiva

6. Birinchi richag teoriyasini kim yaratgan?


a) Arximed b) Nyuton s) Geron d) Nobel

7. Fransuzcha detal so’zining to’g’ri tarjimasi qaysi qatorda berilgan?


a) Qism b) Batafsillik s) Muhit d) Temir

8. Vallar bir-biriga nima orqali ulanadi?


a) Podshibnik b) Mufta s) G’ildirak d) Richag

9. Transport lotincha so’zning o’zbek tilidagi tarjimasi qanday?


a) Tashiyman b) Yuguraman s) Ketaman d) Yuraman

10. Ford avtomobilini kim yaratgan?


a) Enrikio Ford b) Genri Ford s) Tom Ford d) Djon Ford

8-variant


Rossiyada «SCODA» markali mashinalarni ishlab chiqarish haqida davlatlararo shartnoma Moskvada 1998 yil 17 dekabrda tuzilgan edi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun «Ij Mash xolding» va «Skoda Avto»larning qsho’ma korxonasi tuzildi. Korxona akssiyalarning ko’p qismi CHexiya tomoniga tegishli. Qo’shma korxonaga 30 mln. AQSH dollari sarf qilinadi.
Loyihaning oxirgi hujjatlari 1999 yil 31 mayda rasmiylashtirildi. Birinchi mashinalar 1999 yilda yig’ildi. Hamma ishlar reja bo’yicha amalga oshib yil oxirigacha Felicia modelidagi 5 mingta avtomobil yig’ildi. Qo’shma korxonaning quvvati 2004 yilga kelib, yiliga 80mingta avtomobilga yetadi. Oldiniga «otvyortka» yig’imida mashinalar yig’iladi. Keyinroq esa ishlab chiqarish to’liq, kuch bilan ishlaydi. Felicia modeli konveyerdan tushirilgach, Udmurtiya poytaxtida uning o’rinbosari yig’ila boshlaydi. Skoda avtombili Rossiyadagi eng xaridorgir modellardan biridir.
Topshiriq.

  1. Matnni o’qing va rus tiliga tarjima qiling

  2. Matn mazmunidan kelib chiqqan holda matnga sarlavha qo’ying.

1. Toshkent tramvayi 100 yilligini qachon nishonladi?


a) 2000 y. b) 2001 y. s) 1999 y. d) 2002 y.

2."Mersedes-Benz" avtomobili qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgan?


a) Germaniya b) Fransiya s) Italiya d) Gretsiya

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yuradigan avtomobil markasi?


a) Volga-3110 b) Mersedes-Benz s) Ford d) BMW

4. Renault Clio Symbolning kuzov turini toping.


a) Sedan b) Xetchbek s) Furgon d) Kupe

5. Citroen firmasining modeli qanday?


a) CR - V 4WD b) C5 3,0 s) QX4 3,5 d) GS 430

6. Lexus GS 430da nechta o’rindiq bor ?


a) 5 ta b) 7 ta s) 4 ta d) 2 ta

7. Volvo S40 1,6 necha ot kuchiga ega?


a) 109 o.k. b) 110 o.k. s) 111 o.k. d) 112 o.k.

8. Seat Leon 100 km.ga qancha benzin ketkazadi?


a) 10,6 l. b) 10,1 l. s) 8,7 l. d) 9,4 l.


9. AQSHda ishlab chiqariladigan avtomobil markasini toping.
a) Ford b) Honda s) BMW d) Audi

9-variant.


Avtomobilsozlik uchun tarmoq korxonalari.
Avtomobil loyihasi tashabьuschilari juda muhim omilni - respublikada avtombillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishni nazarda tutdilar. Bu mahsulot tannarxini kamaytirishga, respublikada yangi korxonalar tashkil etishga imkon beradi. Bugun Asaka zavodiga respublikadagi o’nlab korxonalar ishlamoqda. Eng avvallo, bular Janubiy Koreyalik sheriklar ishtirokida tashkil etilgan yo’ldosh zavodlardir.
Bamperlar va asbobli panellar ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan «O’z-Koram Ko» KK haqli ravishda respublikada butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish dasturining qaldirg’ochi bo’lib hisoblanadi. Uning ortidan «O’z-Tong Xong», «O’z-Dong YAng», «»O’z-Dongju Peint Kompani», «O’z-Sam yang» va boshqalar paydo bo’ldi. Bu sohadagi ishlar davom etyapti.
1998 yilda «O’zavtosanoat» uyushmasi Parijda OICAning Bosh Assambleyasida Avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalar xalqaro tashkilotiga a’zo etib qabul qilindi.
O’tgan yili uyushma korxonalarida 54 mingdan ortiq avtombil, 153 televizor, 50 mingta videomagnitofon, 18 mingta avtomagnitola ishlab chiqarildi.
Tarmoq korxonalari mahsulotlarining qatorida avtomobillar uchun butlovchi qismlar va detallar, ehtiyot qismlar, podshipniklar, traktor tirkamalari, kultivatorlar,⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪⨪鉏⵺潋慲潋₻䭋栠煡楬爠癡獩摨⁡敲灳扵楬慫慤戠瑵潬捶楨焠獩汭牡楮椠桳慬⁢档煩牡獩湨⁩鉯決獡瑨物獩⁨慤瑳牵湩湩⁧慱摬物鉧捯楨戠鉯楬⁢楨潳汢湡摡⹩唠楮杮漠瑲摩湡ꬠ鉏⵺潔杮堠湯뭧‬侫窒䐭湯⁧䅙杮ⲻꬠ侻窒䐭湯橧⁵敐湩⁴潋灭湡뭩‬侫窒匭浡礠湡뭧瘠⁡潢桳慱慬⁲慰摹潢foydalanishga topshirildi.
1999 yil avtomobilsozlar uchun qo’shaloq bayram bo’ldi - Turkiyalik sheriklar bilan hamkorlikda tashkil etilgan yangi «SamKochavto» avtombil zavodi ishga tushirildi. «O’zavtosanoat» uyushmasi va Turkiyaning yirik «Koch-Xolding» kompaniyasi mutaxassislariga midibuslar hamda o’rta va yengil yuk ko’taradigan yuk mashinalari ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma loyihasini amalga oshirish uchun bor-yo’g’i ikki yil kerak bo’ldi.
Avtomobilsozlar erishilgan natija bilan qanoatlanib qolayotganlari yo’q. Oldinda hali avtomobillarning yangi modellarini yaratish turibdi. Yangi katta loyihalar ishlab chiqilyapti. Qo’rg’oshin kislotali starter akkumulyator batareyalar ishlab chiqaradigan «O’zEksayd» O’zbekiston-Amerika qo’shma korxonasi tashkil etish boshlandi, Italiyaning «Tekint» kompaniyasi texnologiyasidan foydalanigan holda avtomobillar uchun oynalar ishlab chiqaradigan «O’zavtooyna» yangi korxonasi quriladi. Respublikada aavtomobil dvigatellari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mo’ljallanmoqda.
Topshiriq.

  1. Matnni o’qing va savollar tuzing.

  2. Matndan qo’sh undoshlar bilan yozilganso’zlarni ajratib yozing va ular ishtirokida gaplar tuzing.

.Ford Mondeo yoqilgi bakining hajmi necha litr?


a) 50 l b) 60 l s) 5 l d) 70 l

2. Mitsubishi Carisma 100 kmga necha litr yoqilgi sarflaydi?


a) 9,4 l b) 9,7 l s) 9,5 l d) 8,8 l

3. Nissan Almera 1,5ning turini aniqlang.


a) Sedan b) Xetchbek s) Furgon d) Kupe

4. Peugeot 406 1,6 ST necha ot kuchiga ega?


a) 116 o.k. b) 117 o.k. s) 185 o.k. d) 174 o.k.
5. Saab S - 3 SE klapanlar sonini ko’rsating.
a) 16 ta b) 12 ta s) 8 ta d) 24 ta

6. Mitsubishi Galantning maksimal tezligi qanday?


a) 220 km/s b) 230 km/s s) 240 km/s d) 225 km/s

7. Citroen C5 100km ga qancha yoqilg’i yoqadi?


a) 9,0 l b) 9,2 l s) 9,4 l d) 9,6 l

8. Picasso 1,8 modeli qaysi firmaga tegishli?


a) Citroen b) Ford s) Audi d) Acura

9. Germaniyadagi avtomobil firmasining nomini ko’rsating.


a) Citroen b) Ford s) Volvo d) BMW

10. Opel Astraning kuzov turini aniqlang.


a) Sedan b) Xetchbek s) Furgon d) Kupe

10-variant


ROSSIYA TYUNINGI
Yangi asr bo’sag’asida «GAZ» va «VAZ» avtomobillarini o’zlashtirishga ixtisoslashgan «Texnoservis» firmasi ko’p sonli yangi mashinalar tayyorlab qo’ydi. Dala yo’llarida yurishga mo’ljallangan «UAZ-315114» ning tanish bo’lgan tyuning variantlaridan tashqari eng zamonaviy «UAZ-3160» mashinasini ham tayyorladi. Unga 178 ot kuchiga ega bo’lgan TOYOTA V6 dvigateli o’rnatildi. Lekin firma mutaxassislari tomonidan qayta ishlangan «GAZ-3937 Vodnik» vezdexodi mavsumning eng muhim yangiligi desak mubolag’a bo’lmaydi. 1995 yilda yaratilgan bu mashina ko’p xossalari bo’yicha Amerikadagi Hummer mashinasidan ustun turadi. YAponiyaning yangi 6 silindrli TOYOTA dizelli dvigateli bilan jihozlangan,204 ot kuchiga vezdexod hozir sinovlardan o’tmoqda.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing, rus tiliga tarjima qiling.

  2. Matndan qo’shma fe’llarni topib, ajratib yozing.

1. Pugeot 206 1,4da nechta o’rindq bor?


a) 7 ta b) 4 ta s) 3 ta d) 2 ta

2. Skoda Fabia Basic necha ot kuchiga ega?


a) 50 o.k. b) 60 o.k. s) 70 o.k. d) 80 o.k.

3. Ford Mondelning nechta klapani mavjud?


a) 8 ta b) 12 ta s) 24 ta d) 20 ta

4. Audi A8 2,8 modelining kuzov turini toping.


a) Sedan b) Xetchbek s) Furgon d) Kupe

5. Chevrolet firmasiga tegishli modelni toping.


a) Escalade 6.0 b) Tahoe 5.3 s) Xsaqr 1.6 i I6v d) RX 300

6. Honda CR-V4 Wda nechta o’rindiq bor?


a) 7 ta b) 6 ta s) 4 ta d) 5 ta

7. Lexus GS - 430 necha ot kuchiga ega?


a) 294 o.k. b) 296 o.k. s) 298 o.k. d) 297 o.k.

8. Citroen Xsara yoqilg’i bakining hajmi qancha?


a) 50 l. b) 54 l. s) 56 l. d) 60 l.
9. Mitsubishi Carismaning maksimal tezligini toping.
a) 180 km/s b) 190 km/s s) 175 km/s d) 195 km/s

10. VW Golf V5 100km.ga necha litr yoqilg’i yoqadi?


a) 9,3 l. b) 9,4 l. s) 9,5 l. d) 9,6 l.

11-variant


GAZ «SOBOL» BELGISI OSTIDA.
Gorkiy shahridagi avtozavod yuk ko’tarish qobiliyati bir tonnagacha bo’lgan GAZ-2217 oilasiga mansub «Sobol» yangi avtomobillarini ishlab chiqaryapti. Yangi modelning turlari 6 xilni tashkil etadi, yuk tashish hamda yo’lovchilarga xizmat qilishga mo’ljallangan. Bu - olti yoki o’n o’rinli kichik avtobuslar, ikki xil avtofurgon, kabinali yuk mashinalari.
Mustaqil oldi podveska va bir tomenlama o’rnatilgan shinalar avtombil uchun yaxshi dinamik xususiyatlar yaratadi, u tekis yuradi. «Sobol»ning uzunligi «Gazel»dan 66 sm kichikroq, bu uni tejamli va manevrbonligini ta’minlash bilan birga shahar sharoitida ishlashni osonlashtiradi.
Bundan tashqari ushbu oiladagi avtomobillar ichiga gidravlik kuchlantirgich o’rnatilgan integral rul mexanizma qo’yilgan. Bu mexanizm avtombilga keskin burilishlarda, yuqori tezlikda o’z muvozanatini saqlashiga yordam beradi.
Avtomobillarga besh pog’onali uzatgich korobkasi, disk diametriga ega bo’lgan oldi diskdagi tormozlar o’rnatilgan. Reja bo’yicha joriy yil oxirigacha Nijniy Novgorod shahrida «Sobol»ning ming donasi yig’iladi, so’ngra esa zavod ushbu avtomobillarni yiliga 20 mingtadan ishlab chiqarishga kirishadi.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing va rus tiliga tarjima qiling.

  2. Matndan ko’makchilarni topib, ajratib yozing.

1.Yengil avtomobnllar orasida eng og’iri qaysi?


a) Volva b) Nexia s) Tiko d) Matiz

2. "Skoda" avtomobili qaysi mamlakatda ishlab chiqariladi?


a) Chexoslovakiya b) Finlyandiya s) Gretsiya d) Germaniya

3. "BMW" avtomobilini qaysi mamlakat ishlab chiqaradi?


a) Rossiya b) Germaniya s) Yaponiya d) Chexiya

4. "Espero" avtomobili qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqariladi?


a) Toyota b) Daewoo s) Opel d) Audi
5. Qaysi avtomobil 8 kishilik joyga mo’ljallangan?
a) Tiko b) Nexia s) Damas d) Matiz

6. Tiko avtomobili 100 kilometrga necha litr benzin ishlatadi?


a) 3l. b) 5l. s) 8l. d) 6l.

7. Audi TT Coupe 1.8 T kuzov turini toping.


a) Sedan b) Xetchbek s) Furgon d) Kupe

8. Acura firmasiga tegishli modelni toping.


a) MDX V6 3.5 b) A 21.4 s) X5 d) Eskalade 6.0

9. Cadillac Eskalade 6.0 da nechta o’rindiq bor?


a) 5 ta b) 4 ta s) 3 ta d) 2 ta

10. Chevrolet Tahoe 5.3 necha ot kuchiga ega?


a) 270 o.k. b) 275 o.k. s) 284 o.k. d)320 o.k

12-variant


«Audi A6» modifikatsiyasi orasida hozirgi kunda eng tezkori «A6 4.2 Quattro» hisoblanadi.
Avtombilga V8 ot kuchiga ega bo’lgan motor o’rnatilgan. YAngi model faqat to’liq privodli transmissiya bilan chiqarilgan. «Tiptronic» avtomatik korobkasi standart jihozlariga kiradi. Avtomobil shuningdek tormoz kuchlanishi tarqatgich (EVD) va chayqalishga qarshi uskuna bilan jihozlangan. Modelni sedan va universal kuzovlilari taqdim qilinmoqda. Oddiy «A6»dan yangi model pasaytirilgan podveskasi, kengaytirilgan g’ildirak boylamasi va 17 dyuymli ballonlari bilan farq qiladi. Mashinaning oldi tomoni dizayni ham o’zgargan: yangi faralar, radiator qoplamasi va oldi bamper ostidagi havoyutgichning to’rtburchak tuzilishi mashinaga «jahldor» ko’rinish beradi.
«A6 4.2 Quattro» modeli «A6» lar orasidagi eng tezkorigina emas, balki eng qimmatbaho mashinadir. Masalan, Buyuk Britaniyada uning narxi 65.000 AQSH $ga teng.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing va savollar tuzing.

  2. Matn mazmunidan kelib chiqqan holda matnga sarlavha qo’ying.

1. Audi AS6ning nechta klapani bor?


a) 20 ta b) 8 ta s) 12 ta d) 24 ta

2. Forester 2.0t modeli qaysi firmaga tegishli?


a) Subaru b) Skoda s) Opel d) Volvo

3. Mitsubishi Carisma yukxonasining hajmi necha litrni tashkil etadi ?


a) 420 l. b) 430 l. s) 440 l. d) 450 l.

4. VW Golf V5ning maksimal tezligini ko’rsating.


a) 216 km/s b) 224 km/s s) 234 km/s d) 206 km/s

5. Audi A8 4.2 yoqilgi bakining to’la hajmi necha litr?


a) 90 l. b) 80 l. s) 70 l. d) 60 l.

6. Nissan Maxima QX 2.0 kuzov turini aniqlang.


a) Sedan b) Xetchbek s) Furgon d) Kupe

7. BMW firmasiga tegishli modelni toping.


a) Eskalade 6.0 b) Z3 s) A2 1.4 d) C5 3.0i BVA

8. BMW X5 da nechta o’rindiq bor?


a) 7 ta b) 6 ta s) 4 ta d) 5 ta

9. Ford Focus 1.8 necha ot kuchiga ega?


a) 90 o.k. b) 100 o.k. s) 105 o.k d) 115 o.k.
10. Citroen Xsara ning maksimal tezligini toping.
a) 164.4 km/s b) 185.6 km/s s) 177.7 km/s d) 189 km/s

13-variant


Uzatmalar qutisini o’rnatganda.
Klassik «Moskvich»lar («2140», «412»)ning uzatmalar qutisini Ufa motor zavodi agregatlarida o’zlari o’rnatgan kishilar buning qanchalik og’ir ish ekanligini biladilar. Asosiy muammo - vedomiy disk gupchasi (stupitsasi)dagi shlits teshigini maxovikdagi teshik bo’yicha markazlashtirishdan iborat bo’lib, buning uchun maxsus shlits qisqichi (opravka)dan yoki uzatmalar qutisini eski birlamchi validan foydalanish tavsiya etiladi. Biroq yig’ish texnologiyasi o’zgartirilsa, ularsiz ham eplasa bo’ladi.
Buning uchun sepleniyaning yetaklanuvchi vayetaklovchi disklari yig’iladi va maxovikka o’rnatiladi. Ulovchi mexanizm (seplenie) karteriga uni yuritish mexanizmi o’rnatiladi va uning pedali bosilib, uni haydovchining o’rindig’iga o’rnatiladigan biron bir tirgak yordamida qotiriladi. Bunday holatda yetaklanuvchi disk maxovik va siquv diski o’rtasida bir necha millimetr surilish imkoniga ega bo’ladi. Yig’ilgan uzatmalar qutisini birlamchi teshigiga o’rnatib, uzatmalar qutisini bir oz qimirlatgan holda valni maxovikdagi teshikka o’rnatish uchun shuning o’ziyetarli.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing, savollar tuzing.

  2. Matndan sifatdoshlarni topib, ajratib yozing va rustiliga tarjima qiling.

1. 607 2.2 Titan qaysi firmaga tegishli?


a) Peugeot b) Opel s) Nissan d) Volvo

2. Mitsubishi Galant yoqilg’i bakining hajmi necha litr?


a) 64 l. b) 66 l. s) 68 l. d) 70 l.

3. Audi A8 4.2 yukxonasining hajmini aniqlang


a) 525 l. b) 505 l. s) 500 l. d) 504 l.

4. BMW Z3 necha ot kuchiga ega?


a) 130 o.k. b) 150 o.k. s) 144 o.k. d) 140 o.k.

5. Audi firmasiga tegishli avtomashinani toping.


a) X5 b) S2000 Rodstar s) A6 2.0 d) GS 430

6. Ford Focus 1.6 kuzov turini ko’rsating.


a) Xetchbek b) Sedan s) Kupe d) Furgon

7. Qaysi avtomobillar Nissan firmasiga tegishli?


a) Astra, Almera b) Avensis, Astra s) Almera, Terrano d) HP-V, CR-V

8. Grand Prix Sar qaysi firmaga tegishli?


a) Ford b) Mersedes Benz s) Nissan d) BMW

9. Audi AS6 modelining MAX tezligini aniqlang.


a) 223.9 km/s b) 220 km/s s) 244.5 km/s d) 250 km/s

10. Citroen Xsara avtomashinasi bagajining sig’imi qancha?


a) 400 l. b) 402 l. s) 406 l. d) 408 l.

14-variant


ENG KATTA


SHaxsiy avtomobil sifatida ishlab chiqarilgan avtomobillar orasida eng katta deb «Royal 41» turdagi «Bugatti» firmasi tomonidan chiqarilgan avtomobil hisoblanadi. U Buyuk Britaniyada «oltin Bugatti» nomi bilan mashhur. Bunday avtomobillar faqat 6 dona. Fransiyaning Molsem shahrida italiyalik Ettori Bugatti tomonidan ishlab chiqarilgan. 1927 yilda chiqarilgan ushbu model 6.7 m uzunlikka ega. Kapotning uzunligi 2 m ni tashkil etgan.
Umuman ishlab chiqarishda eng katta avtomobil - Uayt tripleks. Uning yaratilishiga AQSHning Pensilvaniya shtati, Filadelfiyadan J. G. Uayt mablag’ bergan. Avtomobil 2 yil davomida qurilib, 1928 yilda chiqarilgan.
Mashinaning og’irligi umumiy hajmi 81,188 kub sm V12 Liberti aviamotorlarining uchtasi yordamida harakatga keltiriladi. Bu mashina yordamida jahon rekordi o’rnatishga urinib ko’rishgan, lekin u AQSHning Florida shtati Deyton shahrida 1929 yil 13 martda avariyaga uchragan.
Eng kuchli motor. Seriyada chiqarilgan avtomobillar orasida «Lamborchini» firmasining Dyablo avtomobilining motori (492 o.k.) eng kuchli hisoblanadi.
Seriyali chiqarilgan zamonaviy yengil avtomobillar orasida eng og’iri oliy toifaga mansub ZiL - 41047. Uning og’irligi 3335 kg (maksimal kuchi-315 o.k. maksimal tezligi 200km/soat). Sobiq Ittifoq rahbarlari foydalangan shu avtomobil modifikatsiyasining og’irligi 6 tonna bo’lib, 762 mm qalinlikda bronga ega.

Topshiriq.


1. Matnni o’qing va unga savollar tuzing
2. Matnda berilgan son turkumiga oid raqamlarni so’z bilan yozing.

1. Seat Leon avtomobilining o’rindiqlar sonini toping.


a) 4 ta b) 3 ta s) 5 ta d) 2 ta

2. Mitsubishi Space Wagon 2.0 GLX avtomobili 100km ga qancha litr benzin ketkazadi?


a) 9.2 l b) 8.4 l s) 8.2 l d) 6.7 l

3. Volvo V70 XS modeli turini toping.


a) Sedan b) Universal s) Furgon d) Kupe

4. Cadillac firmasiga tegishli modelni toning.


a) MDX M6 3.5 b) X5 s) Escalade 6.0 d) Tahoe 5.3

5. Ford Focus 1.8 da nechta o’rindiq bor?


a) 7 ta b) 6 ta s) 4 ta d) 5 ta

6. Nonda CR-V 4WD necha ot kuchiga ega?


a) 140 o.k. b) 145 o.k. s) 150 o.k. d) 155 o.k.

7. Seal Leon ning maksimal tezligini toping.


a) 169,7 km/s b) 185,6 km/s s) 197,9 km/s d) 210,4 km/s

8. Highlander 3.0 V6 modeli qaysi firmaga tegishli?


a) Toyota b) Subaru s) Skoda d) Opel

9. Mitsubishi Carisma ning klapanlar sonini ko’rsating.


a) 8 ta b) 10 ta s) 12 ta d) 16 ta

10. Audi A8 4.2 yoqilg’i bakining hajmi.


a) 90 l b) 85 l s) 80 l d) 75 l

15-variant


AQSH maxfiy xizmatiga 1968 yil 14 oktyabrda topshirilgan, maxsus buyurtma bo’yicha AQSH prezidenti uchun tayyorlangan Linkoln kontinental avtomobili eng qimmatbaho avtomobil hisoblanadi.
Uning umumiy uzunligi-6,56 m, g’ildiraklar bazasi-4,06m. Mashinaning og’irligi bron qatlami 2,03 t bilan 5,44 t. ni tashkil etadi. Avtomobilni loyihalashtirish, ishlab chiqarishga 500 ming AQSH dollari sarf qilingan bo’lsa, bir yilga ijara haqi 5 ming AQSH dollari miqdorida. Hatto 4 tapokrishkasi teshilgan taqdirda ham mashina rezina bilan qoplangan po’lat disklar yordamida soatida 80 km tezlikda o’z harakatini davom ettira oladi.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing va rus tiliga tarjima qiling.

  2. Matnni o’qib, matnga sarlavha qo’ying.

1. Saab S-3 SK ning shaylangan massaning ko’rsating.


a) 1475 kg b) 1225 kg s) 1235 kg d) 1444 kg

2. Toyota Abensis 6 ning kuzov turini toping.


a) Sedan b) Xetchbek s) Furgon d) Kupe

3. Honda firmasiping modelini toping


a) OX 4,5 b) CR-V4 WD s) RX300 d) ML 320

4. Volvo S40 1,6 da nechta o’rindiq bor?


a) 6 ta b) 7 ta s) 4 ta d) 2 ta

5. Peugeot 206 1,4 necha ot kuchiga ega?


a) 90 o.k. b) 85 otk s) 80 o.k. d) 75 o.k.

6. Citroen C5 klapanlar soni qancha?


a) 20 ta b) 24 ta s) 12 ta d) 8 ta

7. Ford Mondeoning maksimal tezligini toning.


a) 200 b) 210 s) 225 d) 220

8. Mitsubishi Galant 100km.ga qancha yoqilg’i yoqadi?


a) 9,4 l b) 8,8 l s) 14,4 l d) 13,8 l

9. S5 2.0: 16 V SX modeli qaysi firmaga tegishli?


a) Citroen b) Ford s) Audi d) Acura

10. Shvetsariyada ishlab chiqariladigan markani toping


a) Volvo b) Ford s) Audi d) Honda

16-variant


«BMW 5 –SERIES»NING 30 YILLIGI
BMW kompaniyasi joriy yilda BMW 5 – Series rusumdagi eng mashrur modelini ommaviy ishlab chiqara boshlaganligining 30 yilligini nishonlaydi. Bu nomdagi dastlabki mashina 1972 yilda bozorga chiqarilgandi. Bu to’rt silindrli kuchli motorga ega bo’lgan BMW 520 s 115 mashinasi edi. O’sha yildayoq 12 ming 895 ta ana shunday mashina sotilgandi. U boshqarilishi va shinamli jihatdan o’z bug’inidagi avtomobillarning Yevropa bozoridagi andozasiga aylangandi. BMW kompaniyasi vakillarining aytishlariga qaraganda, «yangi 5 – Series modeli avtomobil ishlab chiqarish falsafasining asosiy tayanchiga aylangan. U ixcham, qulay va sport avtomobillari sarasidan bo’lib, xavfsizlikning barcha andozalariga javob bera oladi».
BMW ning uch litr sig’imiga ega bo’lgan olti silindrli dvigatelli yangi avmobili AQSH da 1975 yilda paydo bo’lgan. Keyinroq 1979 yilda unga 2,8 litr sig’imli motorlisi ham qo’shildi. BMW 5 – Series ning 1981 yildan 1987 yilgacha chiqarilgan ikkinchi avlodi yetti xil dvigatelga ega edi. Uning 3,3 litr sig’imiga ega bo’lgan dastlabki «beshligi» esa 1983 yilda paydo bo’lgan. Lekin u 1987 yildayoq, hisob bo’yicha uchinchi avlodi bilan almashtirildi. Bu mashinalar orasida sakkiz silindrli motorga ega bo’lgan modifikatsiyalari ham bo’lgan. SHuningdek, BMW ning «beshinchi qatori» asosidagi «universal» lari ham mavjud edi. Keyinroq 90-yillarda BMW ning to’rtinchi avlodi 5 – Series yuzaga keldi. U hozirgi vaqtda ham ishlab chiqarilmoqda.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing va savollar tuzing.

  2. Matndan olmosh turkumiga oid so’zlarni topib, ajratib yozing.

1) Opel Astra 1.6ning kuzov turini aniqlang.


a) Sedan b) Xetchbek s) Furgon d) Kupe

2) Mitsubishi Galantning nechta klapani bor?


a) 12 ta b) 8 ta s) 20 ta d) 24 ta

3. Citroen SZning maksimal tezligi qanday?


a) 230 km/s b) 240 km/s s) 250 km/s d) 260 km/s

4. Ford Mondeo 100km.ga necha litr yoqilgi ketkazadi?


a) 9,5 l b) 9,7 l s) 9,9 l d) 9,3 l

5. Transit Kombi modeli qaysi firmaga tegishli?


a) Ford b) Audi s) Acura d) Honda

6. Chexiyada ishlab chiqariladigan avtomobil markasini toping.


a) Ford b) Audi s) Skoda d) Honda

7. GAZ-24 Volganing quvvati necha kilovatt?


a) 68 k b) 72 k s) 75 k d) 70 k

8. GAZ-24 Volganing dvigateliga nechta silindr o’rnatilgan?


a) 3 b) 4 s) 5 d) 6

9. Zaporojets avtomobili nechanchi yilda chiqarilgan?


a) 1963 y. b) 1960 y. s) 1970 y. d) 1975 y.

10. Zaporojets avtomobil zavodi nechanchi yilda ochilgan?


a) 1963 y. b) I960 y. s) 1970 y. d) 1972 y.

17-variant


MILLIONINCHI «FORD KA»
Ispaniyaning Valensiya shahridagi «Ford» zavodi konveyerida millionchi «Ford Ka» rusumdagi avtombil ishlab chiqarildi. «Ford» kompaniyasi bor yo’g’i olti yilda ulkan ishlab chiqarish hajmiga erishdi. «Kichkintoy» «Ford Ka» dastlab 1996 yilda Parijda o’tkazilgan tadbirlarda namoyish etilgan edi. Bu model hozirgacha ham nihoyatda mashhur. SHuning uchun ham konsern ma’muriyati uni ishlab chiqarishni to’xtatmoqchi emas.
«Ford Ka» Ispaniya, shuningdek Buyuk Britaniya, Gollandiya, Turkiya va Yaponiyada xaridorlarning ko’proq muhabbatiga sazovor bo’lgan. Bu o’rinda shuni alohida aytib o’tish kerakki, aynan shu rusumdagi avtomashina xaridorlar e’tiborini ilgari ularning aloqasi bo’lmagan «Ford» avtomobiliga qaratildi. «Ford Ka» xaridorlarning 65 foizi hayotlarida ilk marotaba mana shu rusumdagi avtomobilni oladilar. Dastlab chiqarilgan mana shu turdagi mashinaning 6 ming 500 donasi yangi mashina rasman savdoga chiqqunicha reklama va ko’rgazma avtomobillari sifatida konsern hamkorlari orasida tarqatilgan.
Yana shu holat ham qiziqki, avtomobil biron-bir g’ayrioddiy texnik yechimga ega emas. Unda oddiy motor o’rnatilgan va kichkinagina asosiy hamda qo’shimcha jihozlar ro’yxatiga ega. Mutaxassislarning fikricha «Ford Ka»ga bo’lgan qiziqish kamaymasligiga uning o’tgan olti yil ichida eskirmagan g’ayrioddiy tashqi ko’rinishi yordam bermoqda. SHuningdek, u xaridorlarni avtomobilning asosiy modelidan, qo’shimcha jihozlari, g’ayrioddiy butlanishi yoki kuzovini o’ziga xos bo’yalishi bilan farq qiladigan maxsus turkumlari taqdim etilishi bilan ham o’ziga jalb qilib kelmoqda.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing va unga savollar tuzing

  2. Matnda berilgan fe’llarni toping va turini aniqlang.

1. Qaysi mashinaning dvigateli orqa tomoniga o’rmatilgan?


a) Moskvich b) Jiguli s) Zaporojets d) Volga

2. "Korsika" modeli qaysi avtomobil ishlab chiaradigan kompaniyaga tegishli?


a) Sitroen b) Shevrolet s) BMW d) Opel

3. BMW avtomobillari ishlab chiqarilganligiga necha yil to’ldi?


a) 80 yil b) 67 yil s) 62 yil d) 65yil

4. Sitroen avtomobilini reklama qilgan top model?


a) Naomi Kempbel b) Mila Yovovich
s) Klaudiya Shiffer d) Mixael Shumaxer

5. "Reno" firmasining flagmani qanday nomlanadi?


a) Clivir b) Vellsotis s) Nubira d) Honda Prelu

6. Ssang Yong firmasining birinchi yengil avtomobili qanday nomlanadi?


a) Atos b) Corando s) Chairman d) BMW

7. "Kangu" modeli qaysi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaga tegishli?


a) Reno b) Xonda s) Mitsubisi d) Mersedes

8. Honda firmasining flagmani qanday nomlanadi?


a) Honda Legend b) Honda Accord s) Nonda Prelu d) Honda
9. "Goodyear" shinalari nechanchi yildan boshlab ishlab chiqariladi?
a) 1898 y. b) 1896 y. s) 1899 y. d) 1895 y.

10. VAZ - 2109 avtomobili qanday kuzov tipiga ega?


a) Universal b) Xetchbek s) Sedan d) Kupe

18-variant


«Mitsubisi Motors» kompaniyasi va «Daimler Chrysler» konserni yuk avtomashinalari ishlab chiqarishdagi o’zaro ta’sir doiralari xususida kelishuvga erishdi. Unga ko’ra «Daimler Chrysler» konserni ikki tonnagacha yuk ko’tarish imkoniyatiga ega bo’lgan yengil yuk tashish avtomashinalari ishlab chiqarishni to’xtatadi. Shundan so’ng to’la hajmli va og’ir yuk ko’tarishga mo’ljallangan yuk mashinalari ishlab chiqarishni rivojlantiradi. «Mitsubisi» o’z navbatida tijorat avtomobillari ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi bo’linmasini ajratib chiqaradi, DC konserni bilan hamkorlikda qo’shma korxona tashkil etadi. «Daimler Chrysler»ning qo’shma korxonadagi ulushi 30 foizni tashkil etadi.
«Daimler Chrysler» yangi reja doirasida «Mitsubishi»ning «Canter» turkumidagi yuk mashinalarini o’z savdo belgisi bilan sotishni ham yo’lga qo’yadi. Mutaxassislarning fikricha bu tadbir ancha tejalidir. Negaki DC o’tgan yilda bor yo’g’i 16 ming dona yengil yuk mashinalari sota olgan. Xolbuki «Mitsubishi»ning ishlab chiqarish hajmi shu vaqtda 80 ming avtomobil atrofida bo’lgan. Bu o’rinda yana shuni ham aytib o’tish kerakki, «Daimler Chrysler» konserni 2002 yilning oxiridan boshlab Osiyo bozorlarida o’z savdo belgisi yapon yuk mashinalari ham boshlagandi.
DC tez orada o’zining «Mitsubishi» belgisi bilan chiqadigan yuk avtomashinalari uchun 20 litr sig’imli dvigatellarni yetkazib bera boshlaydi.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing va matn mazmunini so’zlab bering.

  2. Matnni o’qib, unga sarlavha qo’ying.

1. "Mersedes" komnaniyasi o’zining djip rusumli avtomobilini qanday indeks bilan belgilaydi?


a) MD b) ML s) MG d) DMX

2. Ferrarining eng arzon modeli qanday nomlanadi?


a) Ferrari "Testa rossa" b) Ferrari 360 Modena s) Ferrari F40 d) Ferrari F10

3. "Audi" o’zining polnoprivodniy avtomobilini qanday indeks bilan belgilaydi?


a) 4x4 b) Kvatro s) 4WD d) 3WD

4. Avtomobil moyi ishlab chiqarish bo’yicha 1-o’rinda turuvchi kompaniya?


a) Shell b) Texaso s) Excom Mobil d) Mobil 1

5. «Treshka» deb nom olgan model qaysi firmaga tegishli?


a) Mersedes b) Sitroen s) BMW d) Opel

6. Lambordjini firmasi birinchi bo’lib nima ishlab chiqargan?


a) Avtomobil b) Traktor s) Buldozer d) Shina

7. Linkoln kimning nomidan olingan?


a) Muhandis b) Prezident s) Konstruktor d) Polkovnik

8. M.SHumaxer “Formula I” avtopoygasida nechanchi yildan qatnasha boshlagan?


a) 1990 y. b) 1991 y. s) 1992 y. d) 1995 y.

9. "Tahoe" modeli qaysi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaga tegishli?


a) Sitroen b) Porshe s) Shevrole d) Honda

10. "Bora" modeli qaysi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaga tegishli?


a) Sitroen b) Mazerati s) Folksvagen d) Shevrole

19-variant


«Toyota Motor Korporeyshn» kompaniyasi dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri. 1938 yili «Xonda» zavodi tashkil etilib, «Toyota AA sedan» avtomobilini ishlab chiqara boshladi. Bu avtomobillar xaridorlarga juda yoqdi.
1962 yili kompaniya 1 millioninchi avtomobilini chiqardi. 1996 yilgacha esa u 90 milliontadan ko’p avtomobil ishlab chiqardi. Avtomobillar va ularning ehtiyot qismlaridan tashqari yana yig’ma uylar ham ishlab chiqaradi. «Toyota» komapaniyasida 71000 kishi ishlaydi.
Butun jahonda hozirgi kunda kompaniyaning 45 000 000 avtomobili harakatlanmoqda. Ular uchun «Toyota» o’z servis xizmati saroylarini, texnik va o’quv markazlarini, tadqiqot poligonlarini tashkil etgan. Jahonda 12000 ta servis markazlari bo’lib, ularda 100 000 ta mutaxassis ishlaydi.
Hozirgi kunda MDH mamlakatlarida 20 ta «Toyota Markaz»i faoliyat ko’rsatmoqda. Moskva va Vladivostok shaharlarida xizmatchilarni tayyorlaydigan o’quv markazlari bor. To’qqizta shaharda yangi markazlar ochish haqida bitmlar tuzilgan.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing va savollar tuzing.

  2. Matnda berilgan sonlarni so’z bilan yozing.

1. "Opel" firmasining birinchi miniveni qanday nomlanadi?


a) Opel astra b) Opel omega s) Opel Zafira d) Opel veklra

2 . "Honda" kompaniyasi ishlab chiarishiga mo’ljallayotgan superkupe avtomobili qaysi sportsmen nomi bilan atalgan?


a) M.Shumaxer b) Eddi Irvin s) Aleks Zonardi

3. "Formula I " avtopoygasidagi "Ferrari" komandasining eng asosiy homiysi?


a) Shell b) Filip Morris s) Fiat d) Audi

4. Sedan kuzov tipiga ega bo’lgan "Condor" modeli qaysi avtomobil ishlab chiqaruvchi firmaga tegishli?


a) Toyota b) Audi s) Daewoo d) BMW

5. "Daewoo" firmasining flagmani qanday nomlanadi?


a) Magnus b) Nubira s) Kondor d) Takuma

6. "Daewoo" firmasining birinchi mineveni qanday nomlanadi?


a) Assol b) Orion s) Takuma d) Nubira

7. Mitsubisi so’zi qanday tarjima qilinadi?


a) Uch olmos b) Uch brilliant s) Uch yoqut d) Uch sapfir

8. "Mersedes" kompaniyasi o’zining sport avtomobillarini qanday indeks bilan belgilaydi?


a) SLK b) MGL s) MGL d) SLI

9. Tyuning bilan shug’ullanuvchi "Brabus" firmasi qaysi


avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaga tsgishli?
a) Volvo b) Ferrari s) Mersedes d) Toyota

10. BMW 5 va Z3 AQSH ning qaysi shtatida ishlab chiqariladi?


a) Florida b) Texas s) Kaliforniya d) Kuin
20-variant
AVTOMOBIL MOYI HAQIDA.
Moy o’z ishini yaxshi bajarishi uchun dvigatelning hamma zarur nuqtalariga yetib borishi kerak. Bu vazifani moylash tizimi bajaradi. Bu tizim har qanday dvigatelning ajralmas qismini tashkil etadi. Zamonaviy dvigatelda ular yagona prinsip asosida tuzilgan. Eng zarur nuqtalarga moy bosim ostida kanallar orqali silindr va golovka tuzilishida mo’ljallangandek uzatiladi. Qolgan bog’lamlar sachratish va o’z oqimi bilan ta’minlanadi.
Moy bilan yaxshi ta’minlanish dvigatelning yaxshi ishlashiga zamin yaratishini isbotlamasa ham bo’ladi. Bosimning yetishmasligi bog’lamlar va nuqtalarning moyga muhtojligini keltirib chiqaradi. Bundan ildiz va shatun podshipniklar, kalenval zarar ko’rishi mumkin.
Motor moylarining asosiy vazifalari:
Dvigatel detallarining ishqalanishini va yeyilishini kamaytirish, silindr devori bilan porshen aylanmasi orasidagi porshen ustki joyini mustahkamlash.
Gidrouzatgichli moylanuvchi bog’malar va tuzilmalarda bosim hosil qilish:
Porshenlar, sirg’aluvchi podshipniklardan issiqlikni uzoqlashtirish.
Dvigatelni korroziyadan saqlash.
Kukun va laksimon chiqindilar to’planishiga qarshilik qilish.
YOnilg’i yonishi va moy chuchuklanishi oqibatida hosil bo’luvchi kislotalarni zararsizlantirish.
Moy o’tgazgichlar va karterda cho’kinmalar hosil bo’lishini oldini olishdir.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing va savollar tuzing.

  2. Matnda berilgan «yo»lagshgan unlilar ishtirok etgan so’zlarni ajratib yozing va ular ishtirokida gap tuzing.

1. Toyota Land Cruser modeli ishlab chiqarilganiga necha yil to’ldi?


a) 30 y. b) 55 y. s) 50 y. d) 60 y.

2. "Sitroen" ning buyuk rassom nomi bilan ataladigan modeli?


a) Van Gog b) Salvador Dali s) Pikasso d) Filipp Moris

3. "Ferrari" ning "Testa rossa" deb nomlanadigan modeli qanday tarjima qilinadi?


a) Qizil boshqaruv b) Porloq yo’l s) Kelajak sari d) Istiqbol

4. VAZ samosvalida nechta g’ildirak bo’ladi?


a) 8 ta b) 10 ta s) 12 ta d) 9 ta

5. Dunyodagi eng katta djip qaysi?


a) Ford Ekskyorshn b) Grand chiroki s) Mitsubisi Padjero d) BMW

6. "Honda" kompaniyasi o’zining sport avtomobillarini qanday indeks bilan belgilaydi?


a) Ture X b) Type R s) Type S d) Type L

7. "Audi" firmasining flagmani qanday nomlanadi?


a) Audi AL 2 b) Audi A 8 s) Audi TT d) Audi LM

8. BMW kontsernining djip rusumli aitomobili qanday nomlanadi?


a) BMW *4 b) BMW *5 s) BMW *7 d) BMW *3

9. Carisma modeli qaysi avtomobil ishlab chiqaruvchi firmaga tegishli?


a) Toyota b) Mitsubisi s) Honda d) Espero

10. Omega MV6 Opel kompaniyasining qaysi klassiga mansub?


a) V Class b) S Class s) ye Class d) L Class

21-variant


Keyingi ming yillikda «Forol» uni qachonlardir mashhur qilib turgan «Thunderbird» («Bo’ron qushi») nomini qayta tiklamoqchi. 60-yillarda bu sport rusumi haqiqiy afsona bo’lgan. YAngi avlod «Thunderbird»ida firma qadimgi «Bo’ron qushi»ning qiyofasini yaratmoqchi: burun bezagi, orqa suyanchiqlardagi dumaloq oynalar.
Biroq sport lyuks-kupesini ichki tomoni juda zamonaviy bo’ladi. Unga «Lincoln LS/Jaguar x 200» orqayuritmali platformasi asos bo’lib xizmat qiladi. Avtombil «Jaguar»ning V8lari bilan jixozlanadi. Lekin bloklar kallagi quvvatni kamaytirish va kichik aylanishlar sonida burovchi daqiqa zahirasini oshirish maqsadida o’zgartiriladi. Avtomat UQni standart jihoz sifatida taqdim etish rejalashtirilmoqda. Mexanik UQ qo’shimchalar ro’yxatiga kiradigan bo’ldi.
YAngi «Thunderbird» 35000-40000 $ atrofida turishi kutilmoqda. Bu narx rusumning raqobatchilik qilishi kerak bo’lgan «Porshe Boxter» va «Mercedes SLK»larning narxidan arzonroqdir.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing va matn mazmuniga mos sarlavha toping.

  2. Matnda berilgan fe’llarning qo’shimchalariga qarab fe’l zamonlarini ajratib yozing.

1. Linkolnning djip rusumli avtomobili qanday nomlanadi?


a) Navigator b) SR s) G 500 d) BMW

2. Dyurango modeli qaysi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaga tegishli?


a) Dodj b) Subaru s) Infiniti d) Ferrari

3. Parij Dakar 94 rallisining marafon klassida g’olib bo’lgan avtomobil nomi?


a) Isury Trooper b) Mitsubisi Pegero s) Ford ekspedishn d) BMW

4. Devid Byuik birinchi bo’lib nimani ixtiro qilgan?


a) Yangi avtomobil modeli b) Vannani emallashning yangi usuli
s) Yangi motor moyi d) Yangi silindr

5. BMW kompaniyasi birinchi bo’lib nimani ishlab chiqara boshlagan?


a) Motor b) Aviamotor s) Gildirak d) Bamper

6. Subaruning qaysi modeli "O’rmonchi" ya’ni "lesnik" deb tarjima qilinadi?


a) Subary Impresa b) Subary Forester
s) Subary Legasy d) Subary Classik.

7. Sitroenning eng uzun modeli?


a) Berlingo b) Durango s) Sima d) Lemans

8. Aston Martinning 12 silindrli motor bilan jihozlangan modeli qanday nomlanadi?


a) DV 7 Vantage b) Lemans s) Cuma d) Kype

9. Cadillac nomi kimning sharafiga qo’yilgan?


a) Ingliz polkovnigi b) Fransuz aristokrati
s) AQSHlik olim d) Ingliz olimi

10. Avtomobilning yog’ bosimi qanday o’lchov birligi bilan o’lchanadi?


a) Ot kuchi b) Kilopaekal s) Selsiy d) Atmosfera

22-variant


«SAMKOCHAVTO» ZAVODI
«SamKochavto» qo’shma korxonasi 1999 yil 17 matrda Samarqandda, O’zbekiston va Turkiya Prezidentlari ishtirohida ochildi. Bu O’zbekistondagi «O’zDeuavto» va «AvtoSHA»dan keyingi uchinchi yirik avtokorxonadir. U juda oz vaqt ichida «O’zavtosanoat» uyushmasi va «Kochxolding» Turk kompaniyasi o’rtasidagi shartnoma asosida qurib bitkazildi. Zavod zamonaviy Germaniya va Italiya asbob uskunalari bilan jihozlangan. Qurilish-montaj ishlarining tender g’olibi «Dama» Turk qurilish kompaniyasi bajardi. Hududdagi bu yirik avtozavod Respublikamizda sinovdan yaxshi o’tgan «Otayo’l» avtobuslari va kichik yuk mashinalarini ishlab chiqaradi.
Italiya – Ispaniya «Iveko» konstruksiyalari Turkiyada takomillashtirilgan va turli avtomobillar ishlab chiqarishga imkon beradi. Bugunda ehtiyot qismlarining 25% O’zbekistonda ishlab chiqarilmoqda.
«Kochxolding» Turkiyadagi kompaniya bo’lib, yillik aylanma mablag’i 20 mlrd. AQSH dollariga teng. Bu kompaniyada 12 ming ishchi-xodim ishlaydi. Uning tarkibiga «Toshaf» («Fiat» Italiya) va «Karson» («Tejo» Fransiya) avtomobil zavodlari maishiy elektrotexnika uskunalari ishlab chiqaruvchi «Archelik» zavodi kiradi. Bu kompaniya mamlakatimizda «SamKochavto» zavodidan tashqari lizing faoliyatini amalga oshirishni, muzlatgich ishlab chiqaruvchi qo’shma korxona qurishni rejalashtirmoqda. Bu zavodning narxi 100 million dollarga teng.
«Kochxolding» kompaniyasi respublikamizning faoliyat Markaziy Osiyoda bizning mamlakatimiz investorlar uchun eng ishonchli hamkor ekanligini bildiradi.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing va matn mazmunini so’zlab bering.

  2. Matnda savollar turing.

1. Ford konsernining eng kichik modeli qanday nomlanadi?


a) Ford Ta b) Ford Ka s) Ford La d) Ford Sa

2. Tiko avtomobili qanday kuzov tipiga ega?


a) Universal b) Miniven s) Xetchbek d) Sedan

3. Afrikaning qaysi davlatida «Formula 1» avtopoygasi o’tkaziladi?


a) Mazaibik b) Nigeriya s) Jar d) YUAR

4. Damas avtomobili qanday kuzov tipiga ega?


a) Universal b) Miniven s) Sedan d) Xetchbek
5. Avtomobillar vazifasiga ko’ra necha va qanday turga bo’linadi?
a) 3 ta, trasport yuk va maxsus b) 2 ta, trasport va poyga
s) 3 ta, trasport, maxsus va poyga d) 4 ta, transport, yuk, maxsus va poyga

6. Yo’lovchi avtomobillar sakkiztadan ko’p o’ringa


mo’ljallangan bo’lsa qanday nomlanadi?
a) avtobus b)yengil avtobus s) mikroavtobus d) miniavtobus

7. Harakatni ma’lum tartibga uzatuvchi va o’zgartiruvchi birikma qanday nomlanadi?


a) agregat b) mexanizm s) uzel d) detal

8. Porshenming tirsakli val o’qidan eng uzoqlashgan holati qanday nomlanadi?


a) Pastki chekka nuqta b) Takt s) Sikl d) Yuqoridagi chekka nuqta

9. Porshen yuqoridagi chekka nuqtada turganda uning yuqorisida hosil bo’lgan hajmi nima deb ataladi?


a) siqish bo’linmasining hajmi b) siquvchanlik
s) silindr hajmi d) dvigatel hajmi

10. Antifrizning muzlamaydigan moddasi qanday nomlanadi?


a) etilenetrol b) etelenglikol s) glitserin d) glitseringlikol

23-variant


Amsterdamdagi motor-shouda ovropa avtomobilsozlari mahsulotlari ko’proq namoyish etildi: «Audi», «BMW», «Opel», «Renault». Avtomobilsozlikda ko’p chalkashliklar bor. «General Motors» ishlab chiqarayotgan «Opel»ning «millati» qanaqa? «Volvo»ni «Ford» firmasi bilan hamkorligidan so’ng amerikalik avtomobil deyishimiz kerakmi? Unday bo’lmasa kerak, chunki mashinalar Amerikada emas, balki Ovropada chiqarilmoqda. Ularni nemislar va shvedlar yaratmoqdalar.
«Auto RA1»ning rasmiy ma’lumotlarida seriyali avtombillar soni konsept modellar soniga tengligi ta’kidlandi. Yildan yilga eksperimental mashinalar soni ortib boradi deb taxmin qilinmoqda.yetakchi avtomobilsoz firmalar har yili yangi modeldagi avtomobilni ishlab chiqmoqchilar. Ba’zilari esa ikkita yangi mashina yaratishni rejalashtirmoqdalar. SHuning uchun zamonaviy avtomobilsozlikning asosiy muammosi – texnik muammo emasdir. Muammo firmalarning yangi mashinalar yarata olishlari imkoniyatlaridadir.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing va rus tiliga tarjima qiling.

  2. Matndan teng va ergashtiruvchi bog’lovchilarni toping.

1. Klapanlar necha turga bo’linadi?


a) 3 ta b) 4 ta s) 2 ta d) 5 ta

2. Bir necha tuilmalarni bir butun qilib birlashtirilgan holda ishlovchi birikma qanday nomlanadi?


a) uzel b) detal s) mexanizm d) agregat

3. Avtomobilning konstruktiv xususiyatlari va vazifalaridan tashqari qanday asosiy qismlari?


a) kuzov, dvigatel, shassi b) kuzov, dvigatel
s) dvigatel, motor, yurish qismi d) dvigatel, uzatish qtisi

4. Shassi quyidagi javoblardan qaysi birini o’z ichiga oladi?


a) kuch uzatmasi b) yurish qismi
s) kuch uzatmasi, yurish qismi, boshqarish tarmog’i
d) kuch uzatmasi, boshqarish tarmog’i

5. Porshenning tirsakli val o’qiga eng yaqinlashgan holati qanday nomlanadi?


a) yuqori chekka nuqta b) takt s) pastki chekka nuqta d) sikl

6. Porshen pastki chekka nugtada turganda uning ustida hosil bo’lgan silindr bo’shlig’i qanday nomlanadi?


a) silinrning to’la hajmi b) siqish hajmi s) porshen yuzasi d) porshen etagi

7. Antifrizning nechta turi mavjud?


a) 3 b) 2 s) 4 d) 5

8. Sovuq dvigatelni qizitishni tezlatib, sovitish g’ilofidagi suyuqlikning maqbullashga haroratini o’z-o’zidan rostlab uni belgilangan haroratini ta’minlab turish uchun xizmat qiladigan qurilma bu...


a) termostat b) radiator s) tormoz sistemasi d)ventilyator

9. Porshen bir chekka nuqtadan boshba chekka nuqtaga harakatlanganda bajarilgan harakat bu ...


a) Takt b) Sikl s) YU.U.N. d) P.U.N.

10. Yonilg’i aralashmasini tayyorlash yoki havo va benzinni aralashma sifatida uzatuvchi qurilma qanday nomlanadi?


a) Radiator b) Filtr s) Richag d) Karbyurator

24-variant


FIAT VA GAZ
«FIAT-GAZ» qo’shma korxonasi uncha katta bo’lmagan sedan «Siena», universal «Polio Weekenl» va bugungi kunga qadar eng katta «Fiat Marea» rusumli mashinalarini ishlab chiqarmoqda.
«Siena» va «Polio Weekenl» o’zidan yagona «butunjahon» rusumli bir o’zginasining ikki modifikatsiyasini namoyish etadi. Ikkalasi-oldingi g’ildirak yuritmali komplekt va unchalik qimmat bo’lmagan oilaviy avtomobil namunasi. Kamtarin tashqi ko’rinishiga, qaramay avtomobil ichi juda kengdir. Haydovchini hisobga olgan holda o’ziga beshta odamni sig’dira oladi. Yukxona hajmini oshirish uchun orqa o’rindiq (divan) ni yig’ishtirib qo’yish mumkin.
Mashinalar 1,6 l. hajmli 4 silindrli motorlar bilan jihozlanadi. Har bir silindrda ikkita klapanga ega bo’lgan birinchisi 87 o.k. ni, 16 klapanli ikkinchisi esa 100 o.k. niyetkazib beradi. Mashinaning baquvvat varianti 185 km/soat tezlikkacha erisha oladi., 0-100 km/soat tezlanish uchun esa 10,2 s. vaqt sarflaydi.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing va matnga savollar tuzing.

  2. Matndan ravish turkumiga oid so’zlarni topib, ajratib yozing.

1. Moylash tarmog’i moylash turiga qarab qanday turlarga bo’linadi?


a) Sachratib moylash va bosim orqali aralash b) Sachratib moylash
s) Bosim orqali moylash d) Aralash moylash

2. Mexanizm va mashinalarning yig’ish ishlarisiz tayyorlangan ayrim qismlari qanday nomlanadi?


a) Agregat b) Detal s) Uzel d) Mexanizm

3. Boshqarish qismi nechta alohida qismlarga bo’linadi?


a) 2 b) 3 s) 4 d) 5

4. Ta’minlash tarmog’iga kiruvchi asbob-uskunalar necha guruhga bo’linadi?


a) 4 b) 5 s) 6 d) 7

5. Benzinning suyq holatidan buts holatiga o’tish iaroratini aniqlaydigan ko’rsatkichni toping?


a) Siiluvchanlik b) Uzatuvchanlik s) Butlanuvchanlik d) YUnuvchanlik

7. Aralashma tarkibini bir xil saqlab turish qanday nomlanadi?


a) Kompensatsiya b) Korbyuratsiya s) koeffitsient d) sovitish
8.Yengil avtomobillar dvigatellarining ish hajmiga qarab necha turga ajratiladi?
a) 4 b) 5 s) 3 d) 2

9. Bitta umumiy vazifani bajaradigan qismlar yig’indisini nomini ko’rsating?


a) tarmoq b) Uzel s) sistema d) aralash

10. Boshqarish tarmog’ining alotsida ismlari qaysi javobda tщtsri ko’rsatilgan?


a) Rul chambaragi, yurish qismi b) Boshqarish qismi va yurish qismi
s) Rul boshqarmasi, tormozlash d) Rul boshqarmasi va chambaragi

25-variant


FILTR UCHUN BELBOG’CHA.
«Jiguli» va «Moskvich» avtomobillarining havo filtrini almashtirish chog’ida filtrning va korpus detallarining yonlaridagi tirqishlardan kirgan chang izlarini ko’rish mumkin. Ushbu hol, bundan tashqari, filtrning bizdan chang yo’llarda tezda ifloslanishi meni mavjud elementga kichkina qo’shimcha qilishga undadi.
10-12 mm qalinlikdagi porolondan kengligi 80-90 mm va uzunligi 680 va 700 mm bo’lgan tasma kesib oldim. Tasmani halqa shaklida tikib, motor moyi shimdirgach, yangi element ustidan kiydirdim. Har 5 000 kilometrda porolon halqani yechib olib, oddiy kir yuvish poroshogi solingan suvda yuvaman, shundan so’ng quritib, motor moyi shimdirgach, yana joyiga o’rnataman.
Natijada filtr ortidagi chang izi butunlay yo’qoldi.

Topshiriq.



  1. Matnni o’qing va rus tiliga tarjima qiling.

  2. Matndan ot turkumiga xos so’zlarni topib ajratib yozing.

1. Foydalanish ish bajarish uchun zarur bo’lgan ketma-ket sodir bo’luvchi jarayonlarning majmui qanday nomlanadi?


a) Ish sikli b) Takt s) Sirkulyatsiya d) Butslanish

2. Sovitish tizimi sovutishiga qarab qanday turlarga bo’linadi?


a) Suyuqlik va havo orqali b) Suyuqlik s) Havo d) Kombinatsiya

3. Yonilg’i aralashmasini tayyorlash qanday jarayon deyiladi?


a) Serkulyatsiya b) Karbyuratsiya s) Vibratsiya d) Sistema

4. Passajir avtobuslari 8 tadan kam kishiga mo’ljallangan bo’lsa qanday nomlanadi?


a) Maxsus b) Yuk avtomobili s) Avtobus d) yengil avtomobil

5. ZIL-130 Avtomobil dvigateliga qaysi karbyurator o’rnatiladi?


a) KA-24 b) K-88 NE s) S-94A d) D-94AK

6. Ishlayotgan dvigatelning silindrlar devorida o’rtacha harorat qancha bo’ladi?


a) 110-120*S b) 10-120*S s) 1200-1400*S d) 2400-2600*S

7. Mashina dvigatelning qaysilari aylanma harakat qiladi?


a) Maxovik b) Porshen s) Klapan d) Shatun

8. GAZ-53A avtomobilida dvigatel nechta nuqtada mahkamlanadi?


a) 3 ta b) 4 ta s) 5 ta d) 6 ta

9. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida sovitish tarmog’ining asosan qanday turi ishlatiladi?


a) havo b) suyuqlik s) havo va suyuqlik d) to’g’ri javob yo’q

10) Krivoship matunli mexanizmning qaysi detallari harakatlanuvchi detallar hisoblanadi?


a) porshen, tirsakli val b) silindr,porshen
s) silindr, kallagi, matun d) Tsilindr, matun
Download 158 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling