O‘zbekiston-ona vatanim!


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/49
Sana21.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1791479
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
1-sinf soati

II.Asosiy qism: 
-She`r nima haqida ekan? (Xotira va qadrlash haqida ekan) 
-Demak,bugungi darsimizda “Xotira va Qadrlash” kuni haqida suhbtlashamiz. 
Yurtboshimiz farmoniga ko`ra,xalqimizning Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun jon fido etgan farzandlari xotirasini 
abadiylashtirish,bugun ham el-yurtimiz obro`yini yuksaltirishga,siz yoshlarni tarbiyalashga hissa qo`shayotgan 
faxriylarni ardoqlsh maqsadida 9-Mayni” Xotira va Qadrlash kuni” sifatida keng nishonlash an`anasi qaror topdi. 
Bugungi darsimizda noan`anaviy tarzda “Eng muqaddas kun” ruknida boshqaramiz. 


O`qituvchi:-Bolajonlar siz musobaqa deganda nimalarni tushunasiz? 
O`quvchilarIkki yoki bir necha guruhning o`zaro savol – javob yoki o`yin orqali musobaqalashuvini. 
O`qituvchi: -Qanday musobaqa turlarini bilasiz? 
O`quvchilar:-Birin-ketin bilgan musobaqalarini aytadilar. “Bilimlar 
bellashuvi”,”Futbol”,”Suzish”,”Volleybol”,”Kurash” 
O`qituvchi: -Balli! Sizlar musobaqalarni juda yaxshi bilar ekansizlar. 
Aziz bolajonlar!. 
Hozir sizlar qo`lingizdagi vizitkangizda yozilgan so`zga asoslanib o`rningizni topib o`tirasiz. O`quvchilarning
qo`llarida dars boshida o`zlari tomonidan tanlangan rangli kartochkalar bo`lib, ularda “Do`stlik”,“E`zoz” 
yoki”G`urur” so`zlari yozilgan. Mana, sizlar uch guruhga bo`lindingiz. Endi guruhlar o`zingiz haqida ma`lumot
bering. 
“ Do`stlik” guruhi 
Do`st mushkulini oson- 
Qilishni istar inson
Olam to`lsin ziyoga, 
Do`stlik kerak dunyoga. 
“E`zoz” guruhi
Tinchlik juda soz, 
To`kin-sochin yoz. 
O`q tovush chiqmas, 
Yangrar qo`shiq,soz,-
G`urur”gurur 
Tinchlik bo`lsin hamma yoq, 
Buning uchun hamma vaqt. 
Kurashar jam bo`lib xalq 
Urushga yo`l bermaymiz, 
Tinchlik yengar,tinchlik haq. 
O`qiituvchi:1-topshiriq: Keling shirin so`zlar orqali uchala guruh kayfiyatlarini 
ko`tarib, darsimizni davom ettiraylik.O`quvchilar o`z tilaklarini o`rik, bodom va shaftoli gullariga yozib,o`rik va 
bodom daraxtlari maketlariga osadilar. 
Masalan: 
Sizga omad yor bo`lsin,xush kelibsiz, sog` bo`ling, barakalla, ko`p yashang,
ofarin, niyatingizga yeting, Baraka toping, dunyo turguncha turing, omon


bo`ling,yaxshi dam oling. (guruhlar tilak daraxtlari bilan o`zaro almashadilar) 
O`qituvchi: Rahmat bolajonlar. Endi musobaqa darsimizni davom ettiramiz.
Hozir o`lkamizda qanday fasl hukm surmoqda? Bahor fasli 
Bahor faslida qanday bayram va kunlarni nishonlaymiz? 
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni 
21 – mart Navro`z bayrami 
9 – aprel Sohibqiron Amir Temur bobomiz tavallud topgan kun 
9 – may Xotira va Qadrlash kuni 
25 – may So`nggi qo`ng`iroq kuni 
Bir necha yillardan buyon Xotira va Qadrlash kuni yurtimizda keng
nishonlanmoqda. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling