O‘zbekiston-ona vatanim!


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/49
Sana21.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1791479
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49
Bog'liq
1-sinf soati

 
MMIBDO`:
 
 
 
 
 
______________ 
Sinf rahbar:
 
 
 
 
 
______________ 
 
Sana _____________________ 
Mavzu: Men sevgan ertak qahramoni 
I.Kirish: 
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda ertaklarni o`qishga qiziqish tuyg`usini tarbiyalash.Ertak 
qahramonlari timsolida o`quvchilarni kamtar,insonparvar,yaxshilarni qadrlashga,kattalarni hurmat qilishga o`rgatish. 
Tayanch kompetensiya elementlari: 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. 
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga 
o’zini tuta bilish. 
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni 
bilish va bir-biridan farqlash 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat. 
Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti. 
II.Asosiy qism: 
O`qituvchi:“Bir bor ekan,bir yo`q ekan,qadim-qadim zamonda…”.Bolajonlar,bu nima? 
O`quvchi: Bu ertak. 
O`qituvchi:Qanday ertaklarni bilasiz? 
O`quvchilar: ”Bo`g`irsoq”,”Echki bolalari va Bo`ri”,”Sholg`om”,”Zumrad va Qimmat”,”Uch og`a-ini botirlar” va 
boshqalar ertak nomlarini aytishadi. 
Ertaklar doimo yaxshilikka yetaklaydi.Ertakda xalq og`zaki ijodining xususiyatlari to`laligicha namoyon 
bo`ladi.O`tmishda ham,hozirgi zamonda ham ertaklar yozma adabiyot vakillari tomonidan ham 
yaratilgan.Demak,ularning barchasi og`zaki tarzda yaratilgan desak xato bo`ladi 
Ertaklarda asosan,hayvonlar,turli afsonaviy jonzotlar qahramon sifatida qatnashadi.Aksariyat o`zbek 
ertaklarida mardlik,halollik,va`daga vafo,adolat,ota-onaga,katta-kichikka hurmat,Vatanga muhabbat,jasurlik kabi 
tushunchalar va fazilatlar ilgari tushuniladi.
III.Yakuniy qism: 
1-topshiriq:”Tarmoqlash” metodidan foydalaniladi 
O`quvchilarga varoqlar tarqatiladi.Ularga o`zlari yoqtirgan ertak nomi va uning qahramonlarining nomlarini yozish 
topshiriladi 
2-topshiriq. 
O`zingiz yoqtirgan ertak qahramonining ijobiy va salbiy fazilatlarini yozing: 


“T”sxemasi asosida yozishadi 
O`quvchilar fikri umumlashtiriladi. 
Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling