Sana: Darsning maqsadi
Download 365.21 Kb. Pdf ko'rish
|
root videos 3-dars.Axborotlarni kodlash usullari .pdf filePath 3-dars.Axborotlarni kodlash usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-dars. Mavzu
Saparboyev Artikboy Alimovich Amudaryo tumani 42-sonli maktab 1 Fan :Informatika 7- sinf Sana: Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga axborotlarni kodlash usullari bilan tanishtirish. Tarbiyaviy maqasd: O’quvchilarni Mustaqillikni qadrlashga, vatanparvarlikka, tashkilotchilikka, mustaqil fikrlashga, aniqlikka tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad: Musstaqil ravishda o’z bilimlarini mustahkamlay olishi,Kognitiv kompitensiyani (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi) rivojlantirish. Shakllanadigan kompetensiyalar: Tayanch kompetensiyalar: TK1A2, TK2A2, TK3A2, TKA26. Fanga oid kompetensiyalar: MA2,KA2 O’quv jarayonini amalga oshirish texnalogiyasi Dars turi: Yangi bilim berish Dars usuli : Induktiv (amaliyotdan nazariyaga qarab borish) Vosita: Darslik ,multimediya vositalari(vidioproektor,kompyuter) I.Tashkiliy qism (3 daqiqa) – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash; 2.O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik (8-daqiqa) – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish; 3. Yangi mavzuni yoritish: (21 daqiqa) Belgi va belgilar sistemasi Insoniyat o‘z ongidagi ma’lumotlarni kelajak avlodga moddiy holda saqlab qo‘yish maqsadida tasvirlay boshlaganda turli belgilardan foydalangan. Belgi biror obyektning o‘rnini bosuvchi aksi bo‘lib xizmat qiladi, shu sababli belgilar uzatuvchiga qabul qiluvchining ongida obyektning mos aksini hosil qilish imkonini beradi. Umuman, belgi– bu oshkor yoki oshkormas holda hissiy idrok etilayotgan obyektga aniq mazmun berish kelishuvidir. Agar belgining ko‘rinishi uning mazmunini fahmlash imkonini bersa, u holda kelishuv oshkordeb ataladi. Bu holda belgilarni piktogramma(tasviriy yozuv)lar deb atashadi. Masalan: , , , , . Bu belgilar ma’nosini tasavvur qilish orqali tushunish mumkin. Hozirgi kunda insoniyat belgi vabelgilar sistemasini keng qo‘llamoqda. Masalan, odamlar birbiri bilan muloqot qilish hamda fikrni ifodalashi uchun qo‘llaydigan til sistemasi, hisobkitob ishlarini bajarish uchun sanoq sistemasi, harakatlanishni tartibli boshqarish uchun yo‘l harakati belgilari sistemasiva boshqalar. Demak, insoniyat axborotni qayta ishlash uchun uning ko‘rinishini o‘zgartirish bilan azaldan shug‘ullanib kelgan. Axborotlarni kodlash jarayonida har bir belgiga bitta kod, ya’ni belgi yoki belgilar ketmaketligi mos qo‘yiladi. Kodlangan axborotni birlamchi ko‘rinishiga o‘tkazish dekodlashdeb ataladi. 3-dars. Mavzu: Axborotlarni kodlash usullari Inson axborotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash qulay ham da qisqa ko‘rinishda bo‘lishi uchun turli belgilashlardan foydalanadi. Bunga tovushlarni harf va raqamlar orqali, musiqa tovushlarini notalar orqali, matematik, fizik, biologik qonuniyatlarni formulalar orqali ifodalanishini misol qilish mumkin. Kodlash– axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo‘lishi uchun ularni aniq bir qoidalar asosida boshqa ko‘rinishga o‘tkazishdir. Kodlashda belgiga mos qo‘yilgan kod uzunligi turlicha bo‘lsa, notekis kodlashusuli, belgiga mos qo‘yilgan kod uzunligi bir xil bo‘lsa, tekis kodlashusuli deyiladi. Saparboyev Artikboy Alimovich Amudaryo tumani 42-sonli maktab 2 Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo‘lishi uchun emas, balki axborotni sir saqlash uchun ham qo‘llanilgan. Kodlashning bu ko‘rinishi shifrlashdeb ataladi. Shifrlangan axborotni birlamchi ko‘rinishiga o‘tkazish deshifrlashdeb ataladi. Qadimda axborotlarni kodlash Hayotda axborotni kodlashning ko‘pdan ko‘p usullari mavjud. Birinchi kodlashni qo‘llagan inson Qadimgi Gretsiyaning sarkardasi Lisandro hisoblanadi. U axborotni mahfiy saqlash, ya’ni kodlash uchun ma’lum bir qalinlikdagi «Ssital» tayoqchasini o‘ylab topgan. Qadimgi Rim imperatori Yuliy Sezar ham axborotning mahfiyligini saqlash uchun matnni kodlash usulini o‘ylab topgan. «Sezar shifri»da matndagi harf alifboda o‘zidan keyin kelgan uchinchi harfga almashtiriladi. Bunda alifbo doiraviy yozilgan hisoblanadi. Bu kodlash usuliga alifboni surish usulideyiladi. Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin. 4.Mustahkamlash. (9 daqiqa) 1. Axborotni hosil qilish, to‘plash, soddalashtirish jarayonlariga misollar keltiring. 2. Axborotni nusxalash, o‘lchash, buzish jarayonlarini tahlil etib bering. 3. Axborotlarni uzoq masofaga uzatish usullariga misollar keltiring. 5.Baholash. (2 daqiqa) Darsda qatnashishi, uy vazifasi bahosi, savollarga bergan javobiga qarab o’quvchilarni reyting asosida baholayman. 6.Uyga vazifa berish. (2 daqiqa) Download 365.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling