O’zbekiston o’rta asrlar savdo inshootlarining bugungi kundagi holati


Download 77.52 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi77.52 Kb.
#1308371
Bog'liq
Savdo inshootlarining bugungi kundagi holati



O’zbekiston o’rta asrlar savdo inshootlarining
bugungi kundagi holati

Savdo inshootlarining aksaryat qismi bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. Saqlabib qolgan savdo inshootlari hozirgi paytda ham o’z vazifasini bajarib kelmoqda. Bunga Buxorodagi Toqi Zargaron Toqi Telpakfurushon Toqi Sarrafonlarni misol qilish mumkin. Bugungi kunda bu savdo inshotlari o’z vazifasini biroz o’zgartirgan holda bajarmoqda. Barcha qadimiy bino va inshootlarda turistlar uchun sovg’a salom sotiladigan rastalar mavjud. Bu shuni ko’rsatadiki Savdo inshooti hisoblangan bunday binolar faqat barcha tarixiy binolar qilyotgan ishni davom ettirayabdi degan xulosaga kelish mumkin.


Samarqand shaxridagi temuriylarning Klavixo tilga olgan o’sh mashhur usti yopiq bozori asrlar o’tib yo’l chetida rastalar to’la savdo ko’chasiga aylantirildi. Bu bozor samarqandlik hunarmand mohir ustalarning o’z ishlarini namoyiq qilish va ularni sotish uchun qulay jay sifatida tanildi. Kocha chetidagi rastalarda kulolchilik buyumlari, to’qimachilik mahsulotlari Samarqand qogozlari ustiga ishlangan naqsh va rasmlar, turistlar uchun har hil sovg’a buyimlari sotiladigan dam oladigan turistik ko’cha sifatida shakillangan.
Samarqandga Amir Temur davrida shuncha ko`p kasb sohiblari olib kelindiki, shaharning aholisi turli millatlarga mansub bo`lib, 150 mingga etdi. Shaharga Rusiya va Tataristondan charm va surp, Хitoydan ipak matolar, lal va gavharlar, mushk, Hindistondan muskat yong`og`i, qalampir munchoq, mustak guli, dolchin, anbar va boshqa noyob mollar keltirilgan. Samarqand shu davrda savdo markazi bo`lib, maydonlar kechayu-kunduz odamlar bilan gavjumligi bois doimo qizg`in savdo bo`lib turgan. Amir Temur o`z faoliyatida dehqonchilik, chorvachilikni rivojlantirishga, suv omborlari, to`g`onlar qurdirib, ariq va kanallar qazdirib, yangi yerlarni o`zlashtirishga, qo`l ostida bo`lgan barcha yerlardan foydalanishga katta e`tibor bergan, ekin ekish mumkin bo`lgan barcha yerlarni chorva yaylovlari, ekinzor bog`larga aylantirgan. Amir Temur o`z qo`l ostidagi hududlarda ilm-fanga katta e`tibor berib, katta-kichik har bir shahar va qishloqda masjid, madrasa, xonaqohlar bino etdirgan hamda qashshoqlikni bartaraf etish uchun faqiru miskinlarga boshpanalar, yo`lovchilarga qo`nib o`tadigan rabotlar, etim-esirlarga ovqat beriladigan uylar, g`aribxonalar qurdirgan, bemorlar uchun shifoxonalar barpo ettirgan va ularda ishlash uchun xodimlar, tabiblar tayinlab, maoshberilgan. Amir Temur iqtisodiy siyosatida savdoni, shu jumladan tashqi savdoni rivojlantirishga katta e`tibor berilgan. Movaraunnahrga Misr, Farangiston, Ispaniya, Dashti qipchoq, sharqiy Turkiston, Хitoy va boshqa qo`shni davlatlardan elchilar, savdogarlar muntazam ravishda kelib turgan. Amir Temur Angliya, Farangiston va boshqa davlatlar qirollariga murojaat qilib, ular bilan savdo aloqalarini o`rnatdi va rivojlantirgan. Markaziy Osiyo orqali o`tadigan Ipak Yo`lida savdogarlarning ahvolini yaxshilash, safarini engillashtirish, xavfsizligini ta`minlash uchun yo`llar atrofiga karvonsaroylar qurdirib, ularda barcha qulayliklarni yaratgan. Chunki, hudud yo`lning eng serqatnov, serdaromad, gavjum va osoyishta qismi hisoblangan. Shu sababli yo`lga soqchilar qo`yilib ular savdogarlarni va sayohatchilarni qo`riqlaganlar, o`g`rilar, qaroqchilar, odamlar joniga qasd qiluvchilarga shafqat qilinmagan. Bozorlarda tartib va narx-navo ustidan doimiy nazorat o`rnatilgan. Хaridor xaqiga xiyonat qilgan sotuvchilar qattiq jazolangan. Bozor narxlarining beo`rin oshirmasliklari uchun chayqovchilarga qarshi qat`iy choralar ko`rilgan. 1404 yilda Amir Temur shaxsan o`zi qozilik qilib, go`shtni baland narxda sotishda ayblangan qassobni o`lim jazosiga hukm qilgan. «Har bir mamlakat va diyorga savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular qaerga bormasin, … u yurtlarning nafis matolari va boshqa tovarlaridan keltirishsin, o`sha mamlakatlarda yashovchi fuqarolarning hol-ahvoli, turish – turmushlari haqida menga xabar olib keltirsinlar, har bir mamlakat hukmdorining o`z raiyatiga qanday muomalayu munosabatda ekanliklarini aniqlasinlar» deb yozadisohibqiron.1
Buxoro savdo inshootlari ichida Toqi Sarrafon saqlanib o’z vazifasini bajaryotgan savdo inshooti hisoblanadi. Bugungi kunda Toki Sarrophon mashhur diqqatga sazovor joy bo'lib, uning ichida asosan yodgorlik do'konlari va antiqa buyumlar, esdalik sovg'alari, idish-tovoq, kiyim-kechak, tanga, zargarlik buyumlari, haykalchalar, gilamchalar, kitoblar, musiqa asboblari, rasmlar va boshqalarni sotadigan savdo do'konlari joylashgan. Buxoroning tarixiy markazida, Bahouddin Naqshbandiy va Arabon ko'chalarida, Shahrud kanalining yonida (ushbu kanalning katta qismi hozirda er osti), Lyabi Xauz majmuasidan yuz metr janubi-g'arbda joylashgan. Bozor binosining bir qismida xuddi shu nomdagi kichik masjid, shuningdek Sarrophon hamamasi joylashgan.
Toqi Telpakfurushon yana bir savdo inshooti hisoblanadi. Bugungi kunda Toki Telpakfurushon mashhur diqqatga sazovor joy bo'lib, uning ichida asosan eskirgan buyumlar, esdalik sovg'alari, hunarmandchilik buyumlari, masalan idish-tovoq, kiyim-kechak, tangalar, zargarlik buyumlari, haykalchalar, gilamchalar, kitoblar, musiqa asboblari, rasmlar va hk. shuningdek, ustaxonalar bor. Bozor binosi Buxoroning tarixiy markazida, Xakikat ko'chasida, qadimiy shaharning boshqa diqqatga sazovor joylari yonida joylashgan.
Toqi zargaron yana bir Buxoro savdo inshoti hisoblanib hozirgi kunda Toki Zargaron sayyohlarning mashhur diqqatga sazovor joyi bo'lib, uning ichida asosan yodgorlik do'konlari va qadimiy buyumlar, esdalik sovg'alari, hunarmandchilik buyumlari, masalan idish-tovoq, kiyim-kechak, tanga, zargarlik buyumlari, haykalchalar, gilamchalar, kitoblar, musiqa asboblari, rasmlar va boshqalar sotiladi. shuningdek, zargarlar va temirchilar ustaxonalari. Bozor binosi Buxoroning tarixiy markazida, Xakikat va Xo'ja Nurobod ko'chalarida, Poi-Kalyan ansamblidan 20 metr shimoli-sharqda, Ulug'bek madrasasi yaqinida joylashgan.
Xiva O‘zbekistondagi noyob shahardir. Qadimgi Ichan-qal'a shahri o'rta asrlarning ta'mini saqlab qolgan. Bu yerda, siz abadiy va qaytarib bo'lmaydigan o'tmishga tushib qolasiz. Bu yerda boshqacha davr, boshqacha turmush tarzi. YUNESKO himoyasiga olingan Ichan-qal'a obidalar markazi hisoblanadi. Ulardan biri tim (yopiq bozor) va Alla Qulixon karvonsaroyidir, bugungi kunda ular yagona inshootga o'xshaydi. Allax Qulxon timi o’zining qadimiyligini bildirib turadigan muxitga ega, savdo inshootida hunarmandchilik buyumlari, turli eski buyumlar va turistlar uchun estalik sovg’alari oladigan joy sifatida o’z faolyatini olib bormoqda. Xivaning savdo inshootlarida hunarmandchilik markazlarini ham tashkil qilingan bo’lib, bu asosida turli xil qo’l mennatida yasalgan hunarmandchilik buyumlari sotiladi.

Download 77.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling