PAB boshlig‘i Q.Egamov
Piskent sh
2023 yil «__ »_____
_____ – son
"O‘ZBEKISTON POCHTASI" AKSIYADORLIK JAMIYATI TOSHKENT FILIALI PISKEN PAB
BUYRUG’I
Nomli buyumlarni saqlanishi, ulardan to‘g‘ri foydalanish, kunlik topshirdi-qabul qilish va doimiy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul-javobgar hodim tayinlash to‘g‘risida
Bog‘lama va aloqa bo‘limlarida nomli buyumlarni aloqa bo‘limi boshliqlari, pochtalonlar va operatorlarga topshirish-qabul qilish ishlarini amalga oshirish, nomli buyumlarni saqlanishi, nomli buyumlardan foydalanilishi ustidan doimiy nazoratni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ul-javobgar hodimlar tayinlash maqsadida buyuraman:
1- toifali nazoratchi Z.Mo‘minovaga:
Markaziy aloqa bo‘limida kunlik taqvim tamg‘a izi muxrlari, nazorat gerald muxri va boshqa barcha mavjud muxrlarning but saqlanishi va ulardan to‘g‘ri foydalanilishi hamda markaziy bo‘lim operatori va pochtalonlarga nomli buyumlarni kunlik “topshirdi-qabul qildi” vazifasini olib borish yuklatilsin.
2. Barcha aloqa bo‘limi boshliqlariga:
Aloqa bo‘limida kunlik taqvim tamg‘a izi muxrlari, nazorat gerald muxri va boshqa barcha mavjud muxrlarning but saqlanishi va ulardan to‘g‘ri foydalanilishi hamda pochtalonlarga shtamplarni kunlik “topshirdi-qabul qildi” vazifasini olib borish yuklatilsin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Bog‘lama, bog‘lama tarkibidagi markaziy bo‘lim hamda aloqa bo‘limlarida nomli buyumlarni saqlanishi, ulardan to‘g‘ri foydalanish, kunlik topshirdi-qabul qildi va nomli buyumlarning umumiy hisobini yuritilishi boshliq o‘rinbosari M.Nurmatovaga yuklatilsin.
4. Mas’ul etib tayinlangan xodimning mexnat ta’tili, hizmat safari hamda mexnat shartnomasi bekor qilingan vaqtda uning o‘rniga kelgan xodim mas’ul etib tayinlansin va tanishtirilsin.
5. Ushbu buyruqning bajarilishi bo‘yicha nazorati o‘z zimmamda qoldiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |