Oʻzbekiston Prezidenti


Nogironligi bo‘lgan yoshlarga


Download 51.45 Kb.
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi51.45 Kb.
#1549434
1   2   3   4   5
Bog'liq
Botirov Islombek

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, shuningdek, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya

Yoshlar ishlari agentligiga

13.

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan hamda maxsus sertifikatni olgan, shuningdek, tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya

Yoshlar ishlari agentligiga

MAHALLALARDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA


Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida:


1. Har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada (keyingi oʻrinlarda – mahalla) yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilsin.
2. Quyidagilar mahalladagi yoshlar yetakchisining (keyingi oʻrinlarda – Yetakchi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;
mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq oʻyinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;
yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini ragʻbatlantirish hamda hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish;
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash;
huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʻlgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga koʻmaklashish.
3. Yetakchilar oʻziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini quyidagi asosiy yoʻnalishlarda amalga oshiradi:
madaniyat va sanʼatni targʻib qilish borasida – “Sanʼat gʻunchalari” koʻrik-tanlovi, maqom, baxshichilik va estrada boʻyicha “Yoshlar ovozi”, “Yosh musavvirlar” tanlovlari hamda “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivalini oʻtkazadi, shuningdek, yoshlar va bolalar teatr jamoalarini tashkil etadi;
sogʻlom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida – mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish boʻyicha musobaqalarni tashkil etadi, salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni hamda “Yosh ekolog” aksiyasini oʻtkazadi;
axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida – “Bir million dasturchi”, “Dasturlashga birinchi qadam” loyihalarini amalga oshiradi, kibersport chempionati va “Axborot texnologiyalari bilimdoni” tanlovini oʻtkazadi;
maʼnaviyat va kitobxonlikni targʻib qilish borasida – “Zakovat” musobaqasi, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zukko kitobxon”, “Yosh kitobxon”, “Yosh kitobxon oila”, “Xorijiy tillar bilimdoni” va “Yosh poliglot” tanlovlari hamda “Munozara” intellektual va milliy xalq oʻyinlarini tashkil etadi;
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish borasida – “Yosh chegarachi”, “Yosh qutqaruvchi”, “Quvnoq startlar”, “Temurbeklar”, “Toʻmaris malikalari”, “Shunqorlar”, “Yosh huquqshunos”, “Yosh saylovchi”, “Yosh deputat” tanlovlari hamda “Men ham askar boʻlaman” aksiyalari va harbiy qismlarga sayohatlarni tashkil etadi;
tadbirkorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash borasida – “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” va “Mahallaning ishbilarmon tadbirkori” tanlovlari, “Biznesga birinchi qadam” grant loyihasi hamda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etadi.
4. Yetakchilar ushbu qarorning 3-bandida nazarda tutilgan tadbirlar mahalladagi yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda har kuni oʻtkazilishini taʼminlab borsin.
5. Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi (Turdiyev) va Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev):
har bir mahallada “Bir nuroniyga oʻn nafar yosh”, “Keksa avlod uchrashuvlari” loyihalarini amalga oshirsin;
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda “Yoshlar nuroniylar eʼtiborida” rukni ostida turkum koʻrsatuvlar tayyorlanishi va efirga uzatilishini taʼminlasin;
mahallalarda yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mamlakatda amalga oshirilayotganislohotlarga daxldorlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan turkum tadbirlarni tashkil etish choralarini koʻrsin.
6. Turizm va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston sport federatsiya (assotsiatsiya)lari rahbarlari:
har chorakda hududlar kesimida kamida bir marotaba havaskor yoshlar orasida musobaqalar oʻtkazilishi boʻyicha yillik reja-grafiklarini tasdiqlab, amalga oshirilishini taʼminlasin;
musobaqalarda ijobiy natijalarga erishgan yoshlar sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishi va professional sportchi boʻlib yetishishi uchun ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrsin.
Madaniyat vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar Yetakchilar tomonidan mahallalarda tadbirlar oʻtkazilishida amaliy yordam koʻrsatib borsin.
7. Belgilansinki:
har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat boʻyicha eng ilgʻor 100 nafar Yetakchilar bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
faoliyatini samarali tashkil etayotgan, oʻzining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna boʻlayotgan va ularga yetakchilik qilayotgan Yetakchilar “Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi.
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-martdan boshlab:
1-ilovada koʻrsatilgan yordam turlari Yetakchining tavsiyasi asosida beriladi;
Yetakchi yoshlarning tadbirkorlik gʻoyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish boʻyicha mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi bilan hamkorlik qiladi;
Yetakchi yuqorida koʻrsatiladigan yordam turlarini berishni koʻzda tutilgan har bir murojaatning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini chuqur oʻrgangan holda ularni berish uchun masʼul idora va tashkilotlarga oʻz tavsiyasini taqdim etadi;
Yetakchi beriladigan tavsiyalarning asosliligi, haqqoniyligi va adolatliligi uchun masʼul hisoblanadi.
Yoshlar ishlari agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan yordam turlarini berishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlardagi mexanizmlarni ixchamlashtirish va soddalashtirish yuzasidan hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasida xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida 3 nafar shtat birligidan iborat boʻlgan Yoshlar ishlari shoʻbasi;
Yoshlar ishlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari tuzilmalarida mahalla va taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash boʻlinmalari tashkil etilsin.
10. Davlat oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallaridagi yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektorga (direktor oʻrinbosariga) birinchi prorektor (direktorning birinchi oʻrinbosari) maqomi berilsin.
Davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablarida direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari yoshlar masalalarida idoralararo hamkorlik va Yetakchilar faoliyatiga koʻmaklashish uchun masʼul deb hisoblansin.
11. Belgilab qoʻyilsinki:
Yoshlar masalalari bilan shugʻullanish va hududlarda ushbu faoliyatni muvofiqlashtirish shaxsan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan amalga oshiriladi;
Yetakchilarning hamda Yoshlar ishlari agentligining mahalla va taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash boʻlinmalari xodimlarining shtat birliklari umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi 10 008 nafar yoshlar yetakchilari shtat birliklarini qisqartirishhisobidan shakllantiriladi;
Yetakchi lavozimiga nomzodlar tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;
Yetakchi lavozimiga yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarni ergashtira oladigan, shaxsiy fazilatlari bilan namuna koʻrsatgan, fidoyi, sadoqatli va vatanparvar nomzodlar tayinlanadi.
12. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarning ish bilan taʼminlanishi choralarini koʻrsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi:
ish faoliyati natijalariga koʻra Yetakchilarni Milliy kadrlar zaxirasiga kiritsin, bunda ushbu Yetakchilar tanlovsiz toʻgʻridan-toʻgʻri yuqori lavozimlarga oʻtkazilishi mumkin;
ikki yillik mehnat faoliyati natijalariga koʻraEtakchilarning lavozimini oshirish yuzasidan vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taklif kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar Yetakchilar uchun yangi joriy etilayotgan tizimning tub mohiyati va samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha oʻquv seminarlarini tashkil etsin.
Oʻquv seminarlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga oʻquv seminarlarini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish vazifasi yuklansin.
14. Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilansin:
xonadonlar soni 500 tagacha boʻlgan mahallada – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravarimiqdorida;
xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha boʻlgan mahallada – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida.
Yoshlar ishlari agentligiga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, Yetakchilarni har chorak yakuni boʻyicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlash huquqi berilsin.
15. Belgilansinki:
boshqa hududlardan kelib oʻz faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha boʻlgan miqdorda turar joy ijara toʻlovi qoplab beriladi;
yil yakuni boʻyicha oʻziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan Yetakchilarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son farmoniga muvofiq belgilanadigan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori boʻlmagan miqdordasubsidiya beriladi;
ushbu qarorning 7-bandi ikkinchi xatboshisi, 14-bandi va ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan tadbirlarning moliyalashtirilishi belgilangan tartibda Davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi;
Yetakchi lavozimiga ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi, Yetakchi lavozimidagi ish staji navbatdagi harbiy va maxsus unvonlar olishda hisobga olinadi, shuningdek, ularga oldingi ish joyiga qaytganida qonunchilikda belgilangan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq kadrlarning amaldagi zaxirasini shakllantirish vakolatiga ega boʻlgan vazirlik va idoralar Yetakchi lavozimiga ishga qabul qilingan xodimlarini kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritib safarbar qiladi.
16. Yoshlar ishlari agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan byudjet mablagʻlari hisobidan har bir Yetakchining ish faoliyatini toʻliq raqamlashtirsin hamda quyidagi yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi elektron reyting tizimini (KPI) joriy etsin:
mahallada yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlarini kunlik amalga oshirish holati;
tadbirlarda mahalladagi yoshlarni toʻliq qamrab olinganlik darajasi;
“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalarini raqamlashtirish darajasi;
xorijda yurgan mahalla yoshlari bilan yaqindan aloqaning yoʻlga qoʻyilganligi.
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2022-yil 1-martga qadar:
Yetakchilar uchun qulay sharoitga ega boʻlgan xizmat xonalarini ajratsin va ularni moddiy-texnik jihozlar (mebel, kompyuter toʻplami, aloqa, Internet va boshqalar) bilan taʼminlasin;
mahalliy byudjet mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Yetakchilarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga ulangan, masofadan turib hisobotlar taqdim etish hamda videokonferensaloqa shaklida yigʻilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi planshetlar bilan taʼminlasin.
Yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda planshetlarda foydalaniladigan dasturiy taʼminotni ishlab chiqsin va Yetakchilarga taqdim etsin.
18. Moliya vazirligi ushbu qaror bilan ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining qoʻshimcha daromad va iqtisod qilinadigan mablagʻlari doirasida ajratilishini taʼminlasin.
19. Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Yetakchilarning faoliyatini samarali tashkil etish, ularga oʻz vazifalarini lozim darajada amalga oshirishi uchun uslubiy koʻmaklashish;
mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yaxlit vertikal “mahalla – tuman – viloyat – respublika”boshqaruv tizimini yaratish boʻyicha ishlar samaradorligini nazorat qilish;
Yetakchilar faoliyatida vujudga keladigan muammolarni hal qilish yuzasidan idoralararo hamkorlikni taʼminlash.
20. Yoshlar ishlari agentligi:
ikki hafta muddatda Yetakchining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, vakolatlari va javobgarligini belgilash boʻyicha namunaviy nizomni tasdiqlasin;
har haftada hokimlar va Yetakchilar ishtirokida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib borsin;
Yetakchilar faoliyatining samarali tashkil etilishini taʼminlash maqsadida har haftada hududlarga chiqib, mahallabay ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlarni joyida oʻrganib borsin;
har oyda amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasiga axborot kiritib borsin;
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
21. Yetakchilarni ularning vazifa va faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilish va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli boʻlmagan vazifalarni yuklash taqiqlansin.
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar (shaharlar) mahalliy byudjetlarida shakllangan qoʻshimcha manbalarning kamida 15 foizimiqdorida mablagʻlarni har chorakda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasigaajratilishini qatʼiy taʼminlab borsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
24. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi raisi K.K.Kuranbayev, Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z.Saʼdullayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida har olti oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.


Xulosa
Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi karantin kunlarida ham oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda. Axir, yurtimiz baxtiyor yoshlar mamlakati boʻlib, mamlakatimiz aholisining qariyb 64 foizini yoshlar, yaʼni­ 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil etadi. Albatta bu, davlatimiz zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklashini koʻz oldimizga keltirsak, juda katta eʼtibor, gʻamxoʻrlikni talab etadi, ikkinchi tomondan yoshlarimizga koʻrsatiladigan eʼtibor, ertaga ulkan yutuq va natijalarini ham beradi. Chunki hozir Oʻzbekiston mehnat resurslarining yarmidan­ koʻpi yoshlardir. Kelgusida har uchinchi rahbar ham yoshlardan boʻladi.
Shu bois ham, yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida eʼtirof etib kelingan. Sharq Uygʻonish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida yoshlarning oʻrni beqiyos boʻlgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yoʻnaltirib va qoʻllab-quvvatlab turishni talab etadi... Bu esa, davlat tomonidan yoshlarning mamlakat manfaatlari­ yoʻlida erkin ijtimoiylashuvi va oʻzini samarali namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi yoshlarga oid davlat siyosatini anglatadi. Shu bois, mamlakatimizda eng katta eʼtibor mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor,shijoatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan boʻlib, bu vazifa Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son, 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-son, 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5313-son farmonlari, shuningdek, koʻplab qaror va yoshlarga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilangan. Ayniqsa, bu borada “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini yaratish sohasidagi yangilik boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.Maʼlumki, mazkur qonun 4 bob, 33 moddadan iborat boʻlib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatlarini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan. Unda belgilangan normalar yoshlar huquq va erkinliklarini taʼminlangan.
Xususan; ushbu qonunning 5 moddasida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilangan. Ushbu yoʻnalishlardan davlat tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida qanchalik ulkan vazifalar qamrab olinganligini, endilikda mazkur qonun yoshlarga qanday imkoniyatlarni kafolatlayotganligini koʻrish mumkin.
Shuningdek, qonunda yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari, iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni, yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, yoshlar ijtimoiy xizmatiga oid normalar oʻz aksini topgan. Jumladan, Oʻzbekistonda buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli oʻtkazilgan, uning mantiqiy davomi sifatida fizika boʻyicha Ahmad Fargʻoniy, kimyo fani boʻyicha Abu Rayhon Beruniy, biologiya boʻyicha Abu Ali ibn Sino, astronomiya boʻyicha Mirzo Ulugʻbek nomlaridagi xalqaro fan olimpiadalari tashkil etilishi, iqtidor va isteʼdodli yoshlarni qoʻllab quvvatlashdir. Mana, amalda bugun ijod, prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyati, oltin,kumush medal joriy etilgani, fan olimpiadasi gʻoliblari, Zulfiya, “Mard oʻgʻlon” “Kelajak bunyodkori” kabi davlat mukofotlarini joriy etilganining tub maqsadi, qonunning hayotiyligi va ijrosini taʼminlashdir. Qonunning ahamiyatli tomoni yana shundaki, unda Yoshlarning tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari uchun sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illatlar taʼsiridan himoya qilish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etish maqsadida “Yoshlar –kelajagimiz” davlat dasturi doirasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshida “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi tuzilib, yoshlar biznes tashabbuslarini, startap, gʻoya va loyihalarini amalga oshirishlari uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz miqdorida imtiyozli kreditlar va lizing xizmatlari koʻrsatish; hamda dastur doirasida ajratilayotgan kreditlar miqdorining 50 foizidan oshmagan miqdorda kafilliklar berish kabi imtiyozlarni amalga oshirdi. Shuningdek, dastur doirasida yosh tadbirkorlarning biznes tashabbuslari, startap, gʻoya va loyihalarini amalga oshirishda maslahat, huquqiy, buxgalteriya va boshqa xizmatlar koʻrsatish, forumlar, master klass hamda seminarlar tashkil etish maqsadida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari ham amaliy yordamga yoʻnaltirilgandi.
Ayniqsa, uyushmagan yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi chora-tadbirlar soʻnggi yillarda yangi bosqichga koʻtarildi. Bunda tuman va shaharlarda ushbu hududlar prokurorlari boshchiligida, tuman hokimining yoshlar siyosati boʻyicha oʻrinbosari, ichki ishlar boʻlimi boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tuman va shahar kengashlari raislari hamda tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlarining rahbarlari ishtirokida yosh tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash boʻyicha komissiyalar tuzish belgilab qoʻyilgandi. Besh tashabbusning har bir yoʻnalishini tuman va shaharlarda tizimli amalga oshirish boʻyicha vazifalar belgilandi.
Yoshlarimiz uchun , ayniqsa, qizlarimizning yana-da ilmli boʻlishlari uchun, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga xotin-qizlarni oʻqishga qabul qilish uchun 30 foiz maqsadli kvota ajratish masalasi koʻtarilgan boʻlsa, endilikda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi qarorida Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozlar belgilangan edi. Jumladan, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan tan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga tavsiyanoma asosida: Oliy taʼlim muassasalariga kirishda tanlovsiz, belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida oʻqishga kirish imtiyozi berilgandi.Bu imtiyoz yoshlar uchun kutilmagan eʼtibor: ularda vatanparvarlik va ota-onasiga nisbatan yana-da gʻurur va iftixor baxsh etganining guvohimiz. Chunki, mazkur tavsiyanoma va taqdimnomalarning amal qilish muddati uch yil deb belgilab ham hikmatli qadamdir. Qadimda Aristotel litsey, Aflotun akademiya tashkil etib aholining bilim saviyasini oshirishga xizmat qilishgan boʻlsa, jadidlarimiz oʻz mablagʻi hisobidan maktab ochgan boʻlsa, hozirgi davrda yoshlar masalasi eng dolzarb mavzuligini bir daqiqa ham unutmasligimiz shart va zarur. Aynan ertangi kunimiz unib-oʻsib kelayotgan yoshlarning idroki, dunyoqarashi, bilimi va hunariga bevosita bogʻliq boʻladi. Yoshlarning bilim olish istagini hamisha birinchi galdagi vazifa sifatida qaralishi muhimdir. , 2020/2021 oʻquv yili bakalavr darajasiga 145 mingdan ortiq, yaʼni oʻquv yiliga nisbatan 15,6 foizga koʻproq talaba qabul qilish koʻzlanmoqda, bu yilgi yaʼni 2020/21 oʻquv yili uchun OTMlarga qabulda 8694ta imtiyozli grant kvotasi ajratilgani ham diqqatga sazovordir. Imtiyozli kvotalar 7 xil toifadagi abituriyentlarga berilmoqda.. Yangi oʻquv yilidan boshlab Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega boʻlgan qizlar uchun kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha tasdiqlangan davlat grantlariga nisbatan 4 foiz miqdorda alohida grant oʻrinlari ajratiladi. Shuningdek, 2020/2021 oʻquv yilida “Matematika” va “Tabiiy fanlar” taʼlim sohalari boʻyicha magistratura mutaxassislari uchun davlat buyurtmasi parametrlari toʻliq davlat granti asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, Soʻx tumanida istiqomat qiluvchi umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilariga OTMlarga kirish uchun alohida 500ta davlat granti kvotasi ajratilgani ham xushxabardir. Har tugul davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish, shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilishi ham yoshlar uchun yaratilgan eng maqbul imkoniyatdir. Bu Oʻzbekistonning kelajagi yoshlarimizning umid yulduzidir.
Bunday davlat siyosatini koʻrgan yoshlar albatta, davlatimiz rahbarining Vatan iftixorlari instituti tashkil etish, yoshlar orasida oilaviy ajrimlar sonini kamaytirish maqsadida Faxriylar ibrati maslahat kengashi faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifini qoʻllab-quvvatlaydi. Prezidentimiz 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvida Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tashkil etish tashabbusi, oʻsib kelayotgan avlod auditoriyasiga yoʻnaltirilgan tele va radiokanallar, bosma nashrlarni birlashtirib, “Yoshlar media xoldingi” tashkil etish taklifi ayni muddaodir. Albatta, hayotda yoshlar nimani koʻrsa, albatta, unga ishonadi va ergashadi. Xususan, oʻtgan yillar davomida yoshlarga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 20 dan ortiq qonun, mamlakatimiz Birinchi Prezidentining 30 dan ortiq farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 100 ga yaqin qarorlari qabul qilindi. Xususan, qonun hujjatlarida yoshlar uchun mustahkamlab qoʻyilgan qoʻshimcha kafolatlar: bepul umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi olish, taʼlim muassasalarida oʻqishga imtiyozli kreditlar taqdim etish, taʼlim muassasalarini bitirganidan keyin yoshlarning bandligini taʼminlash, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash, yoshlarning dam olish va sogʻlomlashtirish tashkilotlari tizimini rivojlantirish va boshqa shu kabi muhim masalalar alohida moddalarda koʻrsatilgan.
Shuningdek, mazkur qonun orqali mukofotlar, stipendiyalar belgilash, taʼlim grantlarini taqdim etish, fan, madaniyat va sanʼat sohasida ijodiy ustaxonalar va maktablarni tashkil etishga koʻmaklashish, sport seksiyalari faoliyatini tashkil etish orqali isteʼdodli yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash masalalari ham tartibga solmoqda.
Ayniqsa, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun amalda Oʻzbekistonda yoshlar huquq-manfaatlarining huquqiy kafolatlari yana-da kuchayayotganligini anglatish barobarida ertangi kunda mamlakatimiz yoshlarining yangi-yangi marralarni zabt etishiga, ularning yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishiga zamin yaratmoqda.
Demak, bunday keyin “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonun mamlakatimizda yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustahkamlashga, yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarishda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar masʼuliyatini kuchaytirishga, ushbu sohada sogʻlom, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

Download 51.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling