Oʻzbekiston Prezidenti
Download 51.45 Kb.
|
Botirov Islombek
Kirish Yoshlar ishlari agentligi — yoshlar bilan bogʻliq muammolarni yechish, iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish bilan shugʻullanadigan agentlik. Agentlik Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son farmoni bilan tashkil etildi. Yoshlar ishlari agentligining vazifalari Oʻzbekiston Prezidentining farmoniga muvofiq belgilandi va bular quyidagilardan iborat: yoshlar bilan bogʻliq soha va yoʻnalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yoʻnalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; mamlakatda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni „Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari!“ gʻoyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash; yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini amalga oshirishda faol ishtirok etish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish; yoshlarga oid dasturlar, loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash; tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini taʼminlash; iqtidorli yoshlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga taʼlim olish uchun yuborish, xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini taʼminlash, yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari boʻyicha savodxonligini oshirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish, ularning intellektual salohiyati va isteʼdodini rivojlantirish; yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot koʻnikmalarini puxta egallashlari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan taʼminlash jarayonlariga koʻmaklashish; yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakat mavqeini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrish, xorijda taʼlim olayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish; yoshlar faoliyati bilan bogʻliq sohalarga xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish. Shuningdek, Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyun kungi „Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ-4768-son qarori qabul qilinib, agentlikning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. Download 51.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling