O‘zbekiston re
Mantiqiy elementlarni ishlab chiqarish texnologiyalari
Download 0.59 Mb.
|
RAVSHANBEK raqamli qurilmalarni loyixalash (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy elementlarning asosiy parametrlari va xarakteristkalari.
- Bu shartlarga mos mantiqiy funksiyalar asosida solishtirish sxemasini qurish mumkin.
Mantiqiy elementlarni ishlab chiqarish texnologiyalari
Raqamli hisoblash texnikasida asos elementlari bo'lib mantiqiy ―va‖, ―yoki‖, ―inkor‖ elementlari xizmat qiladi. Mantiqiy elementlarni ishlab chiqarish texnologiyalarining bir qator turlari mavjud bo'lib, ularning har biri o'z yutuq va kamchiliklariga ega. Masalan: unipolyar tranzistorlarga asoslangan texnologiyalar kristalda joylashgan elementlar zichligini yuqoriligi, kam quvvat talabligi, narxining arzonligi bilan xarkterlanadi, lekin tashqi ta‟sirlarga o'ta ta'sirchan, nisbatan tezkorligi past; bipolyar texnologiyadagi elementlar o'ta tezkorligi va ishonchli ishlashi bilan xarakterlanadi, lekin elementlar zichligi kam va ko'p energiya talab qilinadi, tan narxi qimmat Mantiqiy elementlar: a) «YoKI» elementi; b) «VA» elementi; c) «INKOR» elementi. Mantiqiy elementlarning asosiy parametrlari va xarakteristkalari. Mantiqiy elementning asosiy xarakteristkasi uning uzatish xarakteristkasi hisoblanadi.Chiqish kuchlanishining kirishlardan biridagi kuchlanishga bog‟liqligiga uzatish xarakteristkasi deyiladi.Bunda qolgan kirishlardagi kuchlanish o‟zgarmas bo‟lishi kerak. Mantiqiy elementning turiga qarab, uzatish xarakteristkasining ko‟rinishi ham turlicha bo‟ladi. MElar invertirlovchi va invertirlamaydigan MElarga bo‟linadi. Invertirlovchi MEning chiqishida kirish signaliga nisbatan invers (teskari) signal olinadi. Masalan: «EMAS», «VA-EMAS», «YoKI - EMAS» amallarini bajaruvchi MElar invertirlovchi MElarga kiradi. Invertirlanmaydigan MEning chiqishida kirish signaliga mos (to‟g‟ri) signal olinadi.Masalan: «VA», «YOKI» MElari invertirlamaydigan MElar hisoblanadi. Mantiqiy elementlar asosida turli qurilmalarni loyihalash.Raqamli hisoblash texnikasining asosiy qurilmalaridan biri – summatordir. Bir razryadli ikkilik sonlarni qo'shish uchun qo'llaniladigan «Yarim summator» sxemasini loyihalash jarayonini ko'rib chiqamiz: Berilgan ―a‖ hamda ―b‖ bir razryadli ikkilik sonlarni qo'shish natijasida ―s‖ - yig'indi razryadi va ―p‖- o'tish razryadi hosil bo'ladi. ―a‖ va ―b‖ bir razryadli qo'shiluvchilardan faqat bittasi «1» ga teng bo'lsa, yig'indi razryadi s=1 bo'ladi va ―a‖ va ―b‖ bir vaqtda «1» ga teng bo'lgandagina p=1 bo'ladi. Shu holatlar uchun mantiqiy funksiyalar quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi: s=a & b v a & b, p=a & b Bir razyadli yarim summator sxemasini shu ifodalarga mos ravishda mantiqiy elementlar asosida qurish mumkin. rasm. Bir razryadli yarim summatorning sxemasi. Ikkita 2 razryadli ikkilik sonlarni solishtirish vazifasini bajaruvchi qurilmani yaratish bilan bog'liq masalani ko'rib chiqamiz: A = a1a2 va B = b1b2 – ikki razryadli sonlar. Shunday solishtirish sxemasi(SS)ni yaratish kerakki u 4 ta kirishga (a1, a2, b1, b2), hamda 3 ta chiqishga (Y1, Y2, Y3) ega bo'lsin. Bu sxemaning chiqishlari quyidagi shartlarni qanoatlantirsin: Y1=1 bo'lsin, agar A>B bo'lsa, Y2 =1 bo'lsin, agar A=B bo'lsa va Y3 =1 bo'lsin, agar A Bu shartlarga mos mantiqiy funksiyalar asosida solishtirish sxemasini qurish mumkin. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling