O„zbekiston repsublikasi oliy va o„rta mahsus ta‟lim vazirligi
Xususiy va qarzga olingan mablag„lar nisbati koeffitsiyenti
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
ishlab chiqarishni operativ boshqarishni samarali tashkil etish (1)
Xususiy va qarzga olingan mablag„lar nisbati koeffitsiyenti (Kx.q.m.)
ularning shakllanish manbalarini inobatga olgan holda, pul mablag‗lari bilan ta‘minlanganlik darajasini aniqlaydi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi: Kxqm= P1/P2- Iqk Bu yerda: P1 – xususiy mablag‗lar manbalari (Nizom jamg‗armasi, qo‗shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda va hokazo). Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti (Kmm) korxona moliyaviy mustaqilligining kamayishi (ko‗payishi), kelajakda moliyaviy qiyinchiliklarga uchrash xavfining kuchayishi (pasayishi) haqida ma‘lumot beradi hamda korxona o‗z majburiyatlari oldida javob berishining kafolatlarini belgilab beradi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi: Kmm= P1/ IB. Bu yerda: IB — korxona balansi aktivi yoki passivining yakuni. Xususiy aylanma mablag‗lar bilan ta‘minlanganlik koeffitsiyenti (Kx.a.m) korxonaning barqaror ishlab chiqarish- xo‗jalik faoliyatini yuritish uchun zarur bo‗lgan aylanma vositalar mavjudligini tavsiflaydi. Shuningdek u, korxona egalari va kreditorlar manfaatlaridagi munosabatlarni ham aks ettiradi. Mazkur koeffitsiyent quyidagi formula asosida hisoblanadi: K xam=P1- A1/ A2
Bu yerda: A1 – uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, kapital qo‗yilmalar, nomoddiy aktivlar va hokazo). Ko‗rsatkichlar tizimini tayyorlagan mualliflar tomonidan korxonaning to‗lovga qobiliyatligi yoki nochorligini aniqlovchi o‗lchamlar belgilab berilgan. Masalan, to‗lov qobiliyati koeffitsiyenti hamda xususiy va qarzga olingan mablag‗lar nisbati koeffitsiyenti 2 dan kichik bo‗lsa (Kt.q<2; Kx.q.m<2), moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti 0, 5 dan kichik bo‗lsa (Kmm<0,5), xususiy aylanma mablag‗lar bilan ta‘- minlanganlik koeffitsiyenti 0, 1 dan kichik bo‗lsa (Kxam<0,1) korxonalar nochor deb topiladi. Korxona nochorligi, demak, xo‗jalik faoliyatining samarasizligi to‗g‗risidagi yakuniy qaror, nochorlik o‗lchamlarining umumiy summasi 4,6 dan kichik bo‗lgan holda qabul qilinadi. Xo‗jalik faoliyati samaradorligini oshirish juda ham murakkab jarayon bo‗lib, buning hamma uchun to‗g‗ri keluvchi yagona yo‗li mavjud emas. Har bir korxona bu masalani echishda o‗z imkoniyatlari va yuzaga kelgan iqtisodiy shart- sharoitlaridan kelib chiqqan holda harakat qiladi. Biroq barcha hollarda ham samaradorlikning asosida
foydani maksimallashtirish yoki xarajatlarni minimallashtirish yotadi. Shartli misol keltirib o‗tamiz. Aytaylik, korxonaning 10mln. so‗m miqdorida mablag‗i bo‗lib, bu mablag‗larni ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflash mo‗ljallangan. Hisob-kitoblar shuni ko‗rsatadiki, korxona 10 mln. so‗m sarf qilganda qo‗shimcha 11 mln. so‗mlik mahsulot ishlab chiqaradi, ya‘ni foyda 1 mln. so‗mni yoki qo‗shilgan kapitalning 10 % qismini tashkil qiladi. Agar korxona ushbu mablag‗ni bankka yiliga 12 %li depozit hisobiga qo‗yganida, foizlar uchun 1, 2 mln. so‗m foyda olgan bo‗lar edi. Demak, muqobil xarajatlarni hisoblaganda korxona 0, 2 mln. so‗m miqdoridagi qo‗ldan chiqarib yuborilgan foydani ham hisobga olishi lozim. Biroq ishga bunday yondashishning, bugungi bozor munosabatlari sharoitlarida keng tarqalgan bunday usulida, ya‘ni eng ko‗p foydaga ega bo‗lish tamoyili asosidagi usulda, korxona foydani maksimal darajaga chiqarsada, ishlab chiqarishni kengaytirishga erisha olmaydi. Ishlab chiqarishni kengaytirish esa, barchaga ma‘lum bo‗lganidek, iqtisodiyotning rivojlanishi uchun eng muhim talablardan biri hisoblanadi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling