O„zbekiston repsublikasi oliy va o„rta mahsus ta‟lim vazirligi


II-BOB.  “Qarshi  yog„-ekstraksiya”    ochiq  hissadorlik  jamiyatining


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana05.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#217772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ishlab chiqarishni operativ boshqarishni samarali tashkil etish (1)

II-BOB.  “Qarshi  yog„-ekstraksiya”    ochiq  hissadorlik  jamiyatining 

boshqaruv va iqtisodiy ko„rsatkichlari tahlili 

2.1.  “Qarshi  yog„-ekstraksiya”    ochiq  hissadorlik  jamiyatining  tashkiliy-

iqtisodiy tavsifi 

Qashqa  vohasida  urushdan  keyingi  kunlarga  qadar  (1945  yillar)  birorta  ham 

yirikroq sanoat korxonasi yо‗q edi. Ammo, о‗lkamizning serunum yeri, otashin quyoshi 

yer osti va yer usti zahiralarga boyligi uning kelajagi porloq, istiqbollari nurli ekanidan 

dalolat berib turardi. Bu borada Qarshi chо‗lini о‗zlashtirish uchun boshlangan harakat 

katta tarixiy ahamiyatga molik voqealardan biri bо‗lib hisoblansa, undan bir oz avvalroq 

Qarshi  yog‗  korxonasiga  asos  solinishi,  ana  shu  xayrli  tadbirlarning  debochasi  bо‗lib 

maydonga  chiqqandi.  Shul  bois  ham  kelajak  rejada  Qashqadaryo  viloyatida  paxta 

maydonlarini kengaytirish, mavjud ekin maydonlarida intensiv ishlab chiqarishni yо‗lga 

qо‗yib,  ilg‗or  agrotexnika  qoidalarini  qо‗llash  yо‗li  orqali  va  hosildorlikni  kо‗tarish 

tadbirlarini  ishlab  chiqish  bilan  bir  qatorda  yetishtirilgan  hosilni  tо‗laligicha 

viloyatimizning  о‗zida  qayta  ishlash  istiqbollari  ham  belgilangandi.  Chunki,  о‗sha 

davrda  vohamizning  ikki  tumanida  Shahrisabz  va  Yakkabog‗da  paxta  tozalash 

korxonalari  bо‗lib,  ularda  ishlab  chiqarilgan  chigit  qayta  ishlov  berish  uchun  chetga 

chiqarilardi. 

Ana  shularni  hisobga  olib  vohada  paxta  tozalash  korxonalarining  sonini 

kо‗paytirish  va  Qarshi  shahrida  yog‗  korxonasi  qurilishining  rejalashtirilishi 

viloyatimizda sanoatning dastlabki dadil qadamlari edi. 

Shunday  qilib,  1947  yilning  22  dekabrida,  sutkasiga  150  tonna  chigitni  qayta 

ishlash  quvvatiga  ega  bо‗lgan  Qarshi  yog‗  korxonasini  loyihalashtirish  ishlari  boshlab 

yuborildi.  1949  yili  korxona  poydevoriga  birinchi  g‗isht  qо‗yildi.  Qurilish  ishlari  besh 

yilgacha  davom  etib,  u  1954  yili  muvaffaqiyatli  yakunlandi.  Bir  yil  chо‗zilgan  qabul 

topshiruv ishlaridan sо‗ng 1955 yili korxona tо‗la quvvatda ishlay boshladi. 

Bugungi  kunda  korxona  Ochiq  aksiyadorlik  jamiyati  shaklidagi    «Qarshi  yog‗-

ekstraksiya»  korxonasi «Ozik ovkat sanoati korxonalari» uyushmasi tarkibiga kiradi va 

aksiyadorlik tarkibida 58.04 % davlat ulushi mavjud. 

Korxona ustav fondi 

 

 



 

1 118 304 m.s. 




Shundan: korxona jamoasi 

5,59% 


62 563,2 m.s. 

Davlat ulushi 

 

 

58.04 % 



649 080 m.s. 

Erkin savdo ulushi  

 

2,65% 


29 635,2 m.s. 

―OIL TRANSPORTATION PROGRESS  MChj 33.71% 

377 025,6 m.s. 

Jami  aksiyalar  oddiy  hisoblanadi,  soni  465  960  dona,  egasi  yozilgan,  nominal 

qiymati 2400 sum bо‗lgan aksiyalariga bо‗linadi. 

О‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2010  yil    sentabrdagi  1401-sonli 

karoriga  asosan  korxonada    ustav  fondidagi  davlat  ulushini  kamida  51%  ga  yetkazish 

maksadida  Ustav  fondiga  davlat  aktivlarini  kiritish  xisobiga  ustav  fondi  oshirildi. 

Xozirgi  kunda  korxona  ustav  fondi  1  mlrd  118  mln  304  ming  sumni  tashkil  kiladi. 

Ustav fondi ulushlar buyicha kuyidagicha taksimlangan bо‗lib,  Davlat ulushi 58,04%-

270 450  dona  -  649 080  ming  sumni,  Mexnat  jamoasi  5,59%-26  068  dona  -  62 563,2 

ming  sumni,  Erkin  savdo  ulushi  2,65%-12 348  dona  -  29 635,2  ming  sumni,  «OIL 

TRANSPORTATION PROGRESS» MChj  33,71% 

 157 094 dona 377 025,6 ming 

sumni tashkil etadi. 

Davlat  ulushi  aksiyalarini  boshqarish  Davlat  vakili  zimmasiga  yuklatilgan  va 

ishonchli vakil tomonidan nazorat qilib boriladi.  

Ishlab  chiqarish  uskunalari  asosan  paxta  chigiti,  soya  doni  va  barcha  turdagi 

noananaviy  uruglarni    qayta  ishlashga  mо‗ljallangan  bо‗lib,  uzluksiz  ish  tartibida 

ishlaydi. Ishlab chiqarishning bir sutkalik quvvati korxona pasportiga asosan 400 tonna 

paxta  chigitini  tashkil  qiladi.  Bu  esa  bir  yilda  126,0  ming  tonna  paxta  chigitini  qayta 

ishlash  imkonini  beradi.  Asosiy  maxsulot  bо‗lgan  paxta  yog‗i,  juvoz  va  ekstraksiya 

yо‗li  bilan  olinadi  Paxta  chigiti  mag‗izi  shelushitellar  yordamida  ajratib  olinib, 

valsovkalarda  ezilib  pomol  holiga  keltiriladi  va  jarovni  ya‘ni  qovurish  uskunasi 

yordamida  qovurilib  YETP-20,  YETP-20-16  preslariga  uzluksiz  uzatib  turiladi.  Bu 

presslar  yordamida  mag‗iz  tarkibidagi  taxminan  68-78  foiz    paxta  yog‗ini  siqib  olinib 

chiqarilgan kunjara tarkibida qolgan yog‗ni olish uchun ekstraksiya sexiga uzatiladi va 

keyingi  jarayon  kunjarada  qolgan  yog‗ni  ekstraksiya  yо‗li  bilan,  ―ND-1250‖  rusumli 

vertikal  ekstraktorda  kunjara  tarkibidagi  yog‗ni  ekstro-benzin  bilan  eritirilib,  ushbu 

aralashma  ya‘ni  missella  tarkibidan  yog‗ni  birlamchi  va  ikkilamchi  distilyatsiya 

qurilmasi  yordamida  ajratib  olinadi.  Ajralgan  benzin  esa  sovutilib,  qayta  ishlab 

chiqarish jaryoniga uzatiladi. Shu jarayon natijasida ajratib olingan tostirlangan shrotni  

kamgossipolli  shrot  ishlab  chikarilgandan  keyin    uzatish  qurilmasi  yordamida  shrot 

omboriga iste‘molchilarga yetkazib berish uchun yuboriladi. 

Jamiyatning asosiy ishlab chiqarish jarayonlari quyidagilardan tashkil topgan: 

 



Paxta chigitini qabul qilish va saqlash. 

 



Paxta chigitini tozalash, namlash, chaqish. 

 



Paxta  chigitini  magzini  puchog‗idan  ajratib,  keyingi  ishlab  chiqarish 

jarayoniga yuborish. 

 

Chigit  mag‗ziniyanchish  va  uni  issiqlik  va  namlik  yordamida  yog‗ini 



olishga tayyorlash. 

 



Uni qovurib juvoz yordamida mag‗izni siqib yog‗ini olish va olingan qora 

yog‗ni tozalab oqlov sexiga uzatish. 

 

Kunjarasini keyingi jarayonlarga uzatish. 



 

Juvozdan  chiqqan  kunjarani  ekstraksiya  sexida  qayta  ishlab  tarkibida 



qolgan yog‗ni olib oqlov sexiga uzatish. 


 

Olingan  tostirlangan    shrotni  esa  shrot  omboriga  uzatib    kamgossipolli 



shrot ishlab chikarish va  iste‘molchilarga sotish. 

 



Juvozdan  va  ekstraksiya  sexidan  olingan  qora  yog‗ni  yog‗  oqlov  sexiga 

quvurlar  orqali  uzatilib,  qayta  ishlanadi,  ya‘ni  ishqorli  eritma  yordamida  neytrallanib 

uning tarkibidagi soapstok ajratib olinadi.Neytrallangan yog‗ qaynoq suvda yuviladi va 

vakuum  quritish  apparatida  quritiladi.Bu  jarayon  bajarilgach  yog‗  filtrlanib  tayyor 

maxsulot – paxta yog‗i olinadi. Oqlash jarayonida ajralib chiqqan soapstokdan esa SJK, 

DJK  ishlab  chikarib  sovun  ishlab  chiqarishga    yoki  boshqa  zavodlarga  xom-ashyo 

sifatida  sotiladi.  Ekstraksiya  sexidan  kelgan  qora  yog‗ni  oqlab,  olingan  yog‗ni  boshqa 

qayta  ishlash  korxonalariga  xom-ashyo  sifatida  sotiladi    yoki  doglash  sexida  dog‗lab 

iste‘mol  yog‗i  sifatida  kadoklab  sotiladi.  Juvoz  usulida  olingan  qora  yog‗ni  xam 

oqlanadi.  

 

Oklangan  yog‗ni  xidsizlantirish  sexida  xidsizlantirilib,  xidsizlantirilgan 



yog‗ning xammasi kadoklash sexiga uzatiladi. 

 



Xidsizlantirilgan  yog‗ni  1-2-5  litrli  PET  idishlarga  kadoklanadi  va 

iste‘molchilarga sotiladi. 

Korxonada quyidagi sex va bо‗limlar mavjud: 

Asosiy sexlar: 

Forpress,  ekstraksiya,  yog‗  oqlov  va  dog‗lash,  1-2  sonli 

kadoklash sexlari, sovun ishlab chikarish sexi, DJK sexi, kandolatchilik sexi 

Yordamchi sexlar: chigit  xо‗jaligi,  bug‗-qozonlari  bо‗limi,  mexanika  sexi,  elektr 

sexi, markaziy va gaz-chang laboratoriyalari, nazorat о‗lchov uskunalari va avtomatika 

bо‗limi, markaziy ombor, tayyor maxsulotlar omborlari. 

Bundan  tashqari  korxonada  qurilish  guruxi,  qurilish  montaj  guruxi,  madaniyat 

saroyi, mexmonxona, choyxona, tovuk fermasi mavjud. 

Korxona  tо‗xtovsiz,  uch  smenali  ish  tartibida  ishlaydi.  Zavodning  100  %  xom-

ashyog‗a nisbatan choraklar bо‗yicha qayta ishlashga yetkazib  berilishi quyidagicha: 

   


 

1-chorak 

 

30,8% 


   

 

2-chorak 



 

18,5% 


   

 

3-chorak 



 

4,6  % 


   

 

4-chorak 



 

46,1% 


Korxona  doimo  foyda  olib  ishlab  kelgan.  Korxona  raxbarlari  va  mutaxassislari 

tegishli  ilmiy-tekshirish  institutlari  bilan  hamkorlikda  ish  olib  boradilar  jumladan, 

Toshkent  kimyo  Texnologiya  instituti  ―Yengil  rafinatsiyalangan  paxta  moyi  va  kam 

gossipolli  shrot  ishlab  chikarish  texnologiyasi‖  joriy  kilinganligi  uchun    doimiy  yakin 

aloqada bо‗lib  tajriba almashib turadilar. 

Jamiyatda ishlab chiqariladigan asosiy maxsulot turlari va sifati: Korxona asosan 

oqlangan paxta yog‗i, shrot, sheluxa va soapstok ishlab chiqaradi. Jami tovar maxsulot 

amaldagi narxlardagi summasi hajmida maxsulotlarning miqdori:  

paxta yog‗i  37,2 %  

shrot      26,94 % 

sheluxa    7,76% 

soapstok  0,40% 

Doglash xizmati       3,65% 

Kadoklash xizmati   11,89 % 

Kasanachilik va chetga  

doglash xizmatidan  0,12 %  




DJK ishlab chikarish 

2,13 % 


va hokazo 9,96 % ni tashkil qiladi. 

Xom ashyo sifati ―Sifat‖ hududiy boshqarmasi tomonidan korxona mutaxasislari 

bilan  hamkorlikda  muntazam  ravishda  ishlab  chiqarish,  jо‗natish,  qabul  qilish 

jarayonlarida tekshirib turiladi. 

Ishlab  chiqariladigan  maxsulotlar  zavod  hududida  joylashgan  markaziy 

laboratoriya  tomonidan  tekshirib  boriladi.  Barcha  maxsulotlar  muvofiqlik  sertifikati 

bilan  ta‘minlangan.  Ishlab  chiqariladigan  maxsulotlar  GOST  va  texnik  shart 

meyorlariga  tо‗liq  javob  beradi.  Korxona  ma‘muriyati  va  mutaxasislar  maxsulotlar 

sifatini  oshirish  bо‗yicha  doim  izlanishdalar.  Shu  sababdan  maxsulotlar  sifati  xam 

chikish  mikdori  xam  yildan-yilga  faqat  yaxshilanib  kelmoqda.  Korxona  2009  yil  ISO 

9001:2000 xalkaro standartlari asosida Sifat menejmenti va 2013 yilda ISO 22000:2005 

Ozik-ovakt  maxsulotlarning  xavfsizligini boshkarish  tizimi  buyicha  sertifikatlariga ega 

bulgan. 


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling