O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Fransuz romantizmi
 1789–1794-yillarda sodir bo‘lgan fransuz inqilobi natijasida pay-
do bo‘lgan fransuz romantizmi adabiyoti ikki bosqichni bosib o‘tdi. 
Birinchi bosqich 1800–1810-yillarni, ikkinchi bosqich 1820–40 yil-
larni o‘z ichiga oladi. Lekin J.Sand, V.Gyugo singari romantiklar 
ijodi mazkur davriylashtirish chegarasidan chetga chiqadi. Tasviriy 
san’atda esa romantizm 1860-yillargacha saqlanib qoldi. 
Birinchi bosqichda yaratilgan asarlarda keskin syujet kuzatil-
maydi. Yozuvchilarning e’tibori kuchli his-tuyg‘u, ehtiroslarni tas-
virlashga qaratiladi. Shu bois Ovrupa mamlakatlari romantiklarining 
sevimli yozuvchisi bo‘lgan Shekspir Fransiyada ajabtovur vaziyat 
va o‘xshashi yo‘q tuyg‘ular tasvirchisi sifatida talqin etilgan. 1796-
yili Jermena de Stal “Tuyg‘ularning alohida shaxslar va xalqlar sao-
datiga ta’siri” nomli traktatini e’lon qiladi. Bu davrda muhabbat ma-
vzusidan tashqari ozodlik mavzusi ham muhim o‘rin tutadi. Erkka 
intilish ham kuchli ehtiros darajasini olishi mumkin. 
B.Konstanning “Adolf” romanlari Shatobrianning “Atala”, 
“Rene” qissalari ana shu mavzuga bag‘ishlangan. 
Mavjud ijtimoiy tuzumni inkor etish va ozodlikka intilish tabiat
ayniqsa, yovvoyi tabiat tasviriga qiziqishning ortishiga olib keldi. 
Bu borada tabiat tasviri, sevgi va yolg‘izlik mavzulari singari fran-
suz romantizmining asosiy jihatlariga aylandi. Amerikadagi hindu 
qabilalarining hayoti, ekzotik Sharq o‘lkalaridagi mahalliy peyzaj 
tasviri nursiz real borliqqa qarshi qo‘yiladi. Fransuz romantizmining 


171
har ikki davri uchun ham xarakterli bo‘lgan orientalizm (Sharq ma-
vzusiga murojaat) paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, bu davrda san’at, 
ayollar erki mavzulari J.De Stalning “Korinni”, “Delfina” romanlari 
orqali talqin etildi. 
Ikkinchi bosqichda his-tuyg‘ular, qahramon iztiroblari tahlili 
o‘rnini o‘tkir syujet egallaydi. 1830-yillardagi ijtimoiy-siyosiy zid-
diyatlar dramatik turning rivoj topishiga sabab bo‘lgan. V.Gyugo, 
Lamartin, Myusse lirikasida inson ruhiy olami tasviri asosiy o‘rin 
egalladi. Mazkur bosqichda tarixiy roman va drama paydo bo‘ldi. 
A.De Vinining “Sen-Mar”, V.Gyugoning “Parij Bibi Mariyam ibo-
datxonasi”, “Xo‘rlanganlar”, “Kulgich odam”, “To‘qson uchinchi 
yil” romanlari, V.Gyugo, A de Myusse va A.Dyuma (otasi) ning tar-
ixiy dramalari ikkinchi bosqichda yaratilgan asarlardir. Fransuz ro-
mantizmidagi tarixiylik o‘ziga xosdir. Ijodkorlar uchun tarixiy haq-
iqatdan ko‘ra sodir bo‘layotgan voqea-hodisaning ruhiy-ma’naviy 
mohiyati muhimdir. 
Fransuz romantizmining ikkinchi bosqichida Ovrupa romantikla-
rining ko‘plab asarlari tarjimalari paydo bo‘ldi: Shlegelning “Drama-
tik san’at va adabiyot haqida ma’ruzalar”i, Bayron she’rlari, fransuz 
romanchiligiga katta ta’sir ko‘rsatgan V.Skott romanlari, Gofman 
ertak va novellalari shular jumlasidandir. Aslida nemis adabiyoti va 
falsafasiga bo‘lgan qiziqish birinchi bosqichda J.De Stalning “Ger-
maniya haqida” (1813) kitobidan so‘ng paydo bo‘lgan. 
Bu davr tasviriy san’atida David (1748–1825), Jeriko (1791–
1824), E.Delakrua (1796–1863) singari rassomlar ijodida roman-
tizm yo‘nalishining eng sara asarlari yaratiladi. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling