O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

“Faust” Gyote ijodining yirik mahsuli bo‘lgan. Asar XVIII 
asrning oxiri va XIX asrning birinchi choragida yozilgani (1773–
1831yy.) uchun ana shu xilma-xil voqealarga boy bo‘lgan Ovrupa 
hayotini aks ettiradi. Asarda inson hayotiga, uning jamiyatda tutgan 
o‘rniga diqqat qaratilgan. 
Tabiatning, koinotning qudratli kuchlarini inson irodasiga 
bo‘ysundirish, uning qonunlarini o‘rganish va bu sirlarni odamzod 
foydasiga xizmat qildirish ulug‘ mutafakkir olim Gyotening doimiy 
orzusi bo‘lib keldi. Uning buyuk qahramoni Faust ana shu orzuni 
amalga oshirishdek olijanob ishga bel bog‘laydi. Faust haqidagi af-
sona (XVI asr) nemis xalq she’riyatida yaratilgan eng buyuk asar 
bo‘lib, Gyote qo‘liga qalam olgan kunidan boshlab bu haqida asar 
yozishni orzu qilar edi. Ana shu afsonalarda Faust olim, sehrgar, 
shaytonlar bilan munosabatda bo‘lgan kishi sifatida talqin qilinadi. 
Arshi a’loda shayton Mefistofel xudo bilan Faust to‘g‘risida mu-
nozara qiladi. Shaytonning fikricha, koinoti azimda inson ojiz bir 
narsa, u baxtsiz, abadul-abad azob-uqubatda yashaydi. Agar xudo 
unga aql ato qilmasa, inson yomon yashamagan bo‘lur edi. Buning 
ustiga Faust butun koinot va tabiat sirlarini ilm-u fan kuchi bilan 
bilib olmoqchi. Mefistofel Faustning bu intilishlariga ishonmaydi, 
unga shubha bilan qaraydi. Xudo esa, inson adashib bo‘lsa ham, 
izlash, qidirish natijasida kamolot cho‘qqisi tomon boradi, deb unga 
umid bildiradi. Bu umid Gyotening inonparvarlik qarashlarining 
natijasidir. Shayton, men, albatta, Faustning nafsini qo‘zg‘ab, yo-


158
mon yo‘llarga olib boraman, uning intilishlarini, orzularini puchga 
chiqaraman, deydi. Asarning asosiy konflikti va tuguni shu yerdan 
boshlanadi. 
Kim – erk, hayot deb jang qilolsa har kun,
Erk-u hayot uchun o‘sha munosib.
Xuddi shunday mehnat, kurash va havas
Band aylasa yosh-u keksa – har kimni,
Shunday kunda ko‘rsam edim bir nafas
Ozod diyorimni, ozod xalqimni.
Faust tilidan aytilgan ushbu misralar u anglab yetgan haqiqatning, 
inson umrining mazmunini belgilab beradi. Gyote o‘z tragediyasida 
bir-biriga zid bo‘lgan ikki xil kuchlar to‘qnashuvini ko‘rsatadi. Bu 
kuchlarning biri Faust, u ilg‘or dunyoqarash, yorug‘lik timsoli. U 
buyuk olim, ijodkor inson, odamlar baxt-saodati uchun kurashadi. 
Faust ilmga tashna, ilm-ma’rifatning kuchi bilan kishilarga ezgulik 
qidiradi. O‘z xalqini ma’rifatli qilish uchun Injilni tarjima qiladi. 
Shoir tinmay olg‘a yurishni, to‘xtovsiz harakat qilishni targ‘ib qiladi, 
chunki u harakat insoniyat kelajagini munavvar qilishiga ishonadi. 
Gyotening asari zamondoshlarini o‘rta asr uyqusidan uyg‘otishga, 
o‘z hayotini qurishga da’vat qiluvchi chaqiriq ham edi. Shoirning 
qahramoni davr munosabatlarini o‘zida mujassamlashtirgan ki-
shi. Asosiy qahramonlardan biri bo‘lgan shayton Mefistofel o‘zida 
shubha, inkor ham vayronalik kuchlarini mujassamlashtirgan. Shay-
ton hamma vaqt Faustni yo‘ldan ozdirishga, uning yuragida shubha 
qo‘zg‘ashga urinadi. Faustni olijanob intilishlardan chalg‘itib, haq-
iqat, insoniyat oldidagi burchlarini unutishga undaydi. 
Gyote asrining ikkinchi qismida qadimgi Yunoniston mavzusi 
asosiy o‘rin oladi. Yelena antik dunyoning go‘zallik timsoli sifatida 
gavdalanadi. Faust bilan Yelena o‘rtasidagi nikoh ramziy ma’no kasb 
etadi. Faust qo‘lida qolgan Yelenaning kiyimlari qadimiy san’atning 
olijanob tasviri, belgisidir. Gyotening fikricha, oltin davr o‘tmishda 
emas, istiqbolda, kelajakda.


159
“Faust” asari XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi nemis ad-
abiyotining falsafiy va badiiy yutug‘i bo‘ldi. Bu asar ustida Gyote 
60 yil davomida ishladi. «Faust»ni yozish niyati unda studentlik yil-
laridan boshlangan edi.
Afsungar doktor Faust haqidagi afsonalar XVI asrda paydo 
bo‘lgan. 1592-yil. Kristofer Marlo «Doktor Faustning fojiyaviy 
tarixi» sahna asarini yaratdi. XVII-XVIII asarda tabiat sirlarini 
o‘zlashtirgan doktor haqida Germaniyada turli kitoblar bosilib 
chiqqan edi. Demak, tragediyada bir-biriga zid bo‘lgan ikki xil kuch-
ning to‘qnashuvi tasvirlanadi. Faust-ilg‘or dunyoqarash, yorug‘lik 
timsoli. To‘xtovsiz harakat, yaratish, bunyodkorlik uning asosiy shi-
ori. U ilmga tashna, Injilni tarjima qilgan. Myefistofel shubha, inkor, 
vayronachilik kuchlarini mujassamlashtirgan. U Faustni yo‘ldan ur-
moqchi bo‘ladi. 
Jahon adabiyotining shoh asarlaridan biri bo‘lgan “Faust” 
ni o‘zbek kitobxoni shoir Erkin Vohidov tarjimasida ona tilida 
o‘qimoqda. Gyotening buyuk “Faust” fojiasi bilan birga bir qa-
ncha she’rlari o‘zbek tiliga M.Shayxzoda, Shukrullo, Erkin Vohi-
dov, Sadriddin Salimov tomonidan tarjima qilingan. “Yosh Vertern-
ing iztiroblari” romani Yanglish Egamova tarjimasida o‘zbek tiliga 
o‘girilgan. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling