O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

“Makr va muhabbat” tragediyasi “Bo‘ron va tazyiq” drama-
turgiyasining shoh asari bo‘lib qoldi. Asarda ilk bor nemis hayoti 
chuqur va ishonarli tasvirlangan bo‘lib, unda tasvirlangan voqea 
real sharoitdan olinib, hukm surayotgan axloqiy pastkashlik, gersog 
saroyining dabdabasi va buzuqligi ko‘rsatilgan. “Makr va muhab-
bat” pyesasida bir-biriga murosasiz bo‘lgan ikki qarama-qarshi gu-
ruh vakillarining to‘qnashuvi aks ettiriladi. “Makr va muhabbat” 
tragediyasi bilan Shiller ijodining ilk, shtyurmerlik davri yakuniga 
yetdi. 1783-yildan 1787-yilgacha yozilgan “Don Karlos” fojiasi us-
tida ishlash jarayonida dramaturg bir qancha o‘zgartirishlar kiritdi. 
Asarda isyonkorlik ruhi yo‘qolib, mavjud tuzumni ma’rifat yo‘li 
bilan tuzatish mumkin, degan ishonch paydo bo‘ldi. “Don Karlos” 
tragediyasidan keyin Shiller deyarli 10 yil dramatik asar yozmadi. 
80-yillarning o‘rtalarida u kam sonli she’rlar yaratdi. 
90-yillargacha kelib, Shiller tarixiy mavzuga murojaat qildi. 
O‘ttiz yillik urush davrini hikoya qilgan “Vallenshteyn” trilogiyasini 
(1797–1799) yozdi.
“Vilgel Tell” (1804) – Shillerning ijodiy yo‘lini yakunlovchi 
drama bo‘lib, unda yozuvchi o‘zining vatani, xalqi taqdiri haqidagi 
o‘y-fikrlarini bayon qiladi. Asar dramaturgning o‘ziga xos poetik 
vasiyati edi. 1803-yilning 18-avgustida yozgan maktubida Shiller 
quyidagilarni bayon qiladi: “hozir “Vilgelm Tell” bilan juda band-
man... Mavzu juda qiziqarli va o‘zining xalqchilligi bilan teatrga 
juda mos”.


153
Dramaturg o‘zining dramasida xalq afsonalaridan foydalanib, 
xalq ichidan chiqqan Vilgelm Tell obrazi orqali xalqning ozodlik, 
milliy birlik haqidagi orzu-istaklarini va unga erishish yo‘lidagi 
mashaqqatlarini ko‘rsatib beradi.
Shillerning “Makr va muhabbat” fojiasi 1936-yili Komil Yas-
hin, 1939-yili Ma’ruf Hakim tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qil-
ingan, Asqad Muxtor esa 1954-yili “Qaroqchilar” tragediyasini 
o‘zbekchalashtirgan. Har ikki asar Milliy Akademik drama teatrida 
sahnalashtirilib, zo‘r muvaffaqiyat bilan namoyish qilindi. 
1795-yilda «Kishini estetik jihatdan tarbiyalash to‘g‘risida xat-
lar» nazariy maqolasini yozadi. Uning fikricha, inson go‘zallik ta’siri 
ostida, insonparvarlar haqqoniy bo‘ladi va hayotdagi nuqsonlar bar-
taraf etiladi va aql-idrok, ozodlik, tenglik hukm suradi. 
U yozuvchilarni o‘z asri farzandi (quli emas) bo‘lishiga, o‘z 
davri ehtiyojiga qarab yozishga chaqiradi. «Qaroqchilar» (1781-
yil)da Graf Maksimilian fon Moorning ikki o‘g‘li Karl ( Lepsigda 
o‘qiydi) va Frans (shuhratparast) bor. Karl qarzga botib, yordam 
so‘rab yozgan xatlarini Frans qari otasiga buzib, soxtalashtirib 
o‘qib beradi, akasiga tuhmat qiladi. Graf Karldan voz kechadi. 
Ilojsiz Karl qaroqchilar guruhini tuzadi(Butun mamlakatga dah-
shat soladi). Otasi bundan xabar topadi. Frans bir kishini yollab, 
otasiga Karlning o‘limi haqida yolg‘on xabar beradi. Hasta graf 
olamdan o‘tadi. Frans otasi o‘rnini egallaydi va saroyda adolatsi-
zlik o‘rnatadi. Begona kishi qiyofasida saroyga kelgan Karl bar-
chasidan xabar topadi. Sevgan qizi Amaliyani qaroqchilar tutib 
qaroqchilar huzuriga keltiradi. Ammo Karl sevgan bilan birga 
Amaliyaga xanjar uradi. O‘zini hukumat qo‘liga topshirmoqchi 
ekanini qaroqchilarga ma’lum qiladi. Qaroqchi Karl jamiyatni 
o‘zgartirmoqchi bo‘ladi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling