O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Nemis ma’rifatchilik adabiyoti
 XVIII asrda Ovrupadagi bir necha davlatlarda (Fransiya, Angli-
ya) markazlashgan mutlaq hokimiyat vujudga kelgan bo‘lsa, Ger-
maniya juda ko‘p martta knyazlik, graflik, imperiya shaharlaridan 
iborat kichik davlatlarga parchalanib ketgan edi.
XVIII asrda Germaniya iqtisodiy qoloq, milliy siyosiy birlikdan 
mahrum, tarqoq mamlakat edi. Mamlakatni 300 dan ortiq katta va 
kichik hukmdorlar – knyazlar, gersoglar, graflar boshqarar edilar. 
Ular mustaqil siyosat o‘tkazar va imperatorga bo‘ysunmas, Ger-
maniyaning birlashuviga asosiy g‘ov bo‘lardilar. Kasb-kor, savdo-
sanoat ishlari va dehqonchilik nochor ahvolga tushib qolgan edi. 
Mamlakatda umum noroziligi hukmron edi. 


149
Na maorif ishlari yo‘lga qo‘yilgan, na matbuot erkinligi va na 
afkor omma bor edi. 
Germaniyaning ana shu ayanchli tarixiy sharoiti nemis 
ma’rifatchilari oldiga asosiy vazifa qilib, mamlakatni milliy jihat-
dan birlashtirish vazifasini qo‘ydi. Aynan mana shunday og‘ir davr 
nemis adabiyotining buyuk davri bo‘ldi, chunki XVIII asrda shoir-
lardan Gyote va Shiller, Lessing va Gerder, faylasuflardan Kont va 
Fixte dunyoga keldilar. 
Nemis ma’rifatchilari o‘z rivojlanishida to‘rt bosqichni bosib o‘tdi:
1) XVIII asrning 20–50-yillarida klassitsizm hukmronlik qildi. 
Yozuvchilar, asosan, o‘tmishga murojaat qildilar;
2) XVIII asrning 60-yillari – bu davrda tasvirning realistik uslubi 
ustun turdi. Lessing realizm nazariyasini yoqlab chiqdi, “Laokoon” 
risolasini va “Minna foy Barnxelm” komediyasini yozdi. Nemis ad-
abiyoti o‘zining yetuk davriga kirdi. 
3) XVIII asrning 70–80-yillar adabiyoti “Bo‘ron va tazyiq” ad-
abiy harakati yosh shoirlarning isyonkorlik ruhida yozilgan asarlari 
natijasida yuzaga keldi. Gyote va Shillerning ilk ijodi davri (Gyo-
tening “Gyos fon Berlixingen” dramasi, Shillerning “Qaroqchilar”, 
“Makr va muhabbat” tragediyalari);
4) XVIII asrning 90-yillari Shillerning “Vallenshteyn” tragediya-
si, “Fojiaviy san’at to‘g‘risida xatlar” nazariy asarlari yozildi. Fran-
suz burjua inqilobining adabiyotga ta’siri. Gyote bir qator balladalar 
(“Korinflik kelin”, “Xazina izlovchi”, “Afsungarning shogirdi”), 
“Vilgelm Meysterning o‘quvchilik yillari” romanini, “Faust” ning I 
qismini yozib tugatdi. 
XVIII asr nemis adabiyoti va madaniyati Lessing va Gotshid, Gel-
lert va Vinkelman, Mendelson va Nikolay kabi shoir va yozuvchi-
larni, “Bo‘ron va tazyiq” adabiy harakatining ajoyib namoyandalari, 
Gyote bilan Shillerni, Motsart va Betxoven kabi kompozitorlarni 
yetishtirdi. XVIII asr nemis ma’rifatchilik adabiyoti o‘z xalqiga mil-
liy birlik, o‘z kuchlariga ishonch, adolatga intilish kabi tuyg‘ularni 
singdirdi. 


150
Nemis ma’rifatchilarining asosiy vazifasi – mamlakatni milliy ji-
hatdan birlashtirish. (Fransiyada inqilobga tayyorlash bo‘lgan). Bu 
davrda falsafa juda ham ravnaq topadi. (Kant, Fixte, Gegel). Yozu-
vchilar o‘z asarlarida falsafiy masalalarga keng o‘rin berdi. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling