O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Shiller (1759–1805). Ulug‘ nemis shoiri va dramaturgi Fridrix 
Shiller 1759-yili Marbah shahrida (Vyurtemberg gersogligi) har-
biy feldsher oilasida tug‘ilgan. 1773-yili 14 yoshlik Shiller harbiy 
bilim yurtiga (keyinchalik harbiy akademiyaga) o‘qishga berildi. 
Vyurtemberg gersogi Karl Yevgeniy tashkil qilgan ushbu o‘quv 
yurtida bo‘lajak shoir nemis sharoitining qorong‘i tomonlari bilan 
to‘qnashgan edi. Harbiy akademiyada zobitlar, tibbiyot xodimlari 
va huquqshunoslar tayyorlanardi. Akademiyada Shiller o‘zining ilk 
ijodini boshladi. 1776-yili shoirning “Oqshom” she’ri chop etildi, 
shu yerda birinchi dramatik asari “Qaroqchilar” ustida ish boshladi. 
Tragediya 1781-yili yozib tugatildi va tez orada Mangeym shahri 
teatrida sahnaga qo‘yildi va favqulodda muvafaqqiyat qozondi. Asar 
premerasiga borgan Shillerni gersog Karl Yevgeniy ikki haftaga 
qamab qo‘yadi. Karl Yevgeniyning zulmidan qutulish uchun shoir 
Mangeymdan Leypsigga, Drezden shahriga kelib joylashadi. 1782-
yili u “Genuyadagi Fiesko fojiasi”, 1783-yili keyin “Makr va mu-
habbat” deb nomlangan “Luiza Miller” drammalarini yozdi. 1787-
yili Shiller Veymarga kelib, Gyote bilan tanishadi. Gyote bilan ham-
korlikda Veymar teatriga asarlar yozadi. 
80–90-yillarda Shiller estetikaga oid bir qancha asarlar yozdi. 


152
“Zamonaviy nemis teatri haqida” (1782), “Teatr ma’naviy muassasa 
sifatida” kabi nazariy asarlarida erkinlik va go‘zallik tushunchalari 
orasidagi o‘zaro munosabatlar masalasini hal qilar ekan, Shiller 
inson kamoloti va jamiyatini qayta qurishda estetik tarbiyaning, 
go‘zallikning roliga muhim ahamiyat beradi. Adib tarix, qadimgi 
yunon san’ati bilan shug‘ullanib, odamlarni go‘zallik g‘oyasi bilan 
tarbiyalash mumkin, degan nazariy xulosaga keladi. U antik dun-
yo san’atida o‘z ideallarini ko‘radi. Shiller 46 yoshida, ayni ijodiy 
kuchga to‘lgan bir pallada vafot etadi. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling