O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
jaxon adabiyati songisi
(1821–1880)ning ijodida to‘la namoyon bo‘ldi – u XIX asr birin-
chi yarmidagi romantizm zaminida ulg‘aygan Balzak davri realizmi bilan XIX asrning ikkinchi yarmidagi E.Zolya va uning maktabi vakillari tomonidan taqdim etilgan naturalizm davrini bog‘lab tu- ruvchi bo‘g‘in hisoblanadi. Gyustav Flober 1821-yilning 12-dekab- rida Ruan shahrida, shifokor oilasida tug‘ildi. 1840-yili u huquqshu- noslikni o‘rganish uchun Parijga keladi. Otasining o‘limidan keyin Ruan yaqinidagi oilaga tegishli yer-mulkka kelib, umrining oxiriga- cha shu yerda yashadi. Parijga kelganda T.Gote, Gi de Mopassan, E.Gonkur, E.Zolya, I.S.Turgenevlar bilan uchrashib turdi, sayohat qilib Ispaniya, Italiya, Korsika oroli, Gretsiya, Misr, Kichik Osiyo, Jazoir va Tunisda bo‘ldi. O‘zining yoshlik yillarini eslar ekan, u “Meni ikki narsa – adabiyotni sevishim va burjuaga nafratim qo‘llab turdi”, – deb yozgan edi. Jami uch jilddan iborat Floberning ilk asarlari (1835–1849), u o‘z ijodini “eski romantik maktab” yo‘lida boshlaganidan dalolat beradi. (“Biz to‘la ma’noda bema’ni, ajoyib romantiklar edik”, – deb yozgan edi u keyinchalik J.Sandga). Yozuvchining birinchi asar- lari “Margarita Burgundskayaning o‘limi”, “Florensiyadagi vabo”, “Taxtga ikki da’vogar” tarixiy novellalari, “Tentakning xotiralari” va “Noyabr” qissalari lirik romantizm yo‘nalishida yozilgan edi. 200 1849-yilning sentyabrida Flober “Avliyo Antoniyning vasvasasi” romanini yozib tugatdi. Asarni o‘qib chiqqan do‘stlari uni yoqib yuborishni va yarim fantastik qahramonlar emas, kundalik hayot haqida, shoshilmasdan, har bir epizodni maromiga yetkazib, har bir jumlaning ma’nodorligi va aniqligiga e’tibor berib, asar yozishni maslahat berdilar. 1850-yili Misr safaridan qaytib kelgan yozuvchi, jahon adabiyotining durdona asariga aylangan “Bovari xonim” ro- mani ustida ish boshladi. Besh yil davomida yozilgan roman 1856- yili “Ruve de Paris”(“Parij jurnalida”)da bosib chiqarildi. Hukumat asarni axloqsizlikda aybladi, lekin sud noshir va yozuvchini oqlab hukm chiqardi. Aksincha, romanning axloq (xulq) haqida ekaligini asar kompozitsiyasi ham tasdiqlaydi. Asar Sharl Bovari haqidagi hikoyadan boshlanib, aptekachi Ome haqidagi hikoya bilan tugaydi. Emma esa faqat 2-bobdan paydo bo‘ladi. Uning o‘limidan so‘ng yana 3 bob davom etadi. Yozuvchi o‘z oldida juda murakkab vazifani: jamiyat illatlarini aniq va shu bilan birga sodda qilib tasvirlashni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun u shu davrgacha tarkib topgan roman kompozitsiya- sidan foydalanmaydi. Flober ekspozitsiyaga katta o‘rin berdi – 260 bet, asosiy voqealarga –120–160 bet, Emmaning o‘limi va Sharl iz- tiroblariga 60 bet – shunday qilib «tasvir» qismi 320 bet, ya’ni vo- qealar tasviridan 2 barobar ko‘p. Romanda oddiy va jo‘n voqea tasvirlangan. Kollejni tamom- lagan Sharl Bovari, onasining qarori bilan tibbiyot fakultetida o‘qiydi. O‘qishni tugatgach, u Normandiyaning Tost shaharcha- sida vrachlik qila boshlaydi. Bir muncha muddatdan keyin onasin- ing sa’y-harakatlari bilan badavlat, qirq yoshlardan o‘tib qolgan beva ayolga uylanadi. Kunlarning birida Sharl mahalliy fermerni davolash uchun uning uyiga boradi va Ruoning qizi Emma bilan tanishib qoladi. Xotini vafot etgach, Emmalarning uyiga tez-tez borib turadi va uning qo‘lini so‘rashga jazm qiladi. Qizning otasi roziligini beradi va dabdaba bilan qizini uzatadi. Yoshligidan ko‘plab romantik asar- 201 larni o‘qigan, romantik orzularga berilgan qiz, boshqalardan ajralib turmaydigan oddiy qishloq doktoriga turmushga chiqadi va farzan- dli bo‘ladi. Biroq yoshlar birga yashay boshlagandan keyin tez ora- da Emma Sharlni sevmasligini tushunib yetadi. Sharl esa, aksincha, Emma bilan yashayotganidan baxtiyor edi. Yashayotgan hayotidan qoniqmagan ayol, ikkita erkak bilan don olishib yuradi, keyin esa qarzga botib, turmush o‘rtog‘i uni shuncha yillardan buyon sidqi- dildan, sadoqat bilan sevishini xayoliga ham keltirmay, o‘z joniga qasd qiladi. Bu oddiygina voqea yozuvchining yuksak iqtidori tu- fayli ayol qalbini chuqur psixologik tadqiq qilishga aylandi. Shu sa- babli roman kitob holida chop etilgandan keyin, Flober XIX asrning buyuk realist yozuvchisi sifatida e’tirof etila boshlandi. Maktublarining birida Flober o‘z romani qahramoni haqida: “U ma’lum darajada ma’naviy aynigan, poeziya haqida buzuq tasav- vurga ega, his-tug‘ulari buzilgan ayol”, – deb yozadi. Emmaning tabiati “romantik tarbiya” oqibatida buzilgan. Uning asosi qizning monastirda o‘sha paytlarda rusum bo‘lgan romantik romanlarni mukkasidan ketib o‘qigan yillari qo‘yilgan bo‘lib, romantik qoliplar Emma uchun haqiqiy sevgi va go‘zallik mezoniga aylanadi. “U kito- blarda faqat ishq-muhabbat haqida yozilgan bo‘lardi: o‘ynashlar, ma’shuqalar, jazmani ko‘p xotinlar, kimsasiz ayvonlarda o‘zidan ke- tib qoladigan juvonlar, har bir bekatda o‘ldirilgan kucherlar haqida yozilgan bo‘lardi. Kitobning har bir sahifasi holdan toyib o‘lgan otlar, qalin o‘rmonlar, yurak dard-hasratlari, qasamyodlar, ko‘z yo- shlari, o‘pichlar, oy yorug‘i tushib turgan yengil qayiqchalar, chaka- lakzorlardagi bulbul navolari, sher kabi botir, qo‘zichoqdek beo- zor qahramonlar, beqiyos saxovatli, bekam-ko‘st kiyingan, ko‘zlar daryo-daryo yoshlarga to‘lib toshgan bo‘lardi”. Ko‘plab tanqidchilar qahramonning hayotdagi prototipi kim ekanligiga qiziqishib savol berganlarida, adib ularga yozgan mak- tubida: “Agar Bovari xonim bo‘lsa, u menman”, – deb yozgan edi. Garchi roman syujeti oddiy bo‘lsa ham, uning haqiqiy qiymati – de- tallarda va ularni mohirlik bilan tasvirlashda. Flober asarlarini ideal 202 darajaga ko‘tarishga, har doim kerakli va to‘g‘ri so‘zlarni tanlashga intilgan yozuvchi sifatida tanildi. Flober estetikasida asar uslubini mukuammal qilishga bo‘lgan kuchli intilishni alohida ta’kidlash zarur. Bu intilish yozuvchi uchun uni “adoyi tamom qilib, ishini to‘xtatib turuvchi”, “haqiqiy kasallik- ka” aylangan edi (E.Zolya). Tanqidchilar Floberni “uslubning fana- ti” deb atar edilar. Ijodkorning eng iflos, qabih mavzularga ham mu- rojaat qilish huquqini qattiq turib himoya qilgan Flober: “Poeziya, go‘ng uyumini ham quyoshday tovlanishga majbur qiladi”, deydi. Aynan shu “Bovari xonim”da ro‘y beradi. Gyustav Flober 1880-yilning 8-mayida insultdan vafot etdi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling