O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Rim adabiyotining “oltin davri”
Eramizdan oldingi 31 yilda Yunonistonning g‘arbi-janub 
qirg‘og‘idagi Aksium jangida Oktavian qo‘shinlarining Antoniy 
qo‘shinlari ustidan g‘alaba qozonishi natijasida eski respublika tu-
zumi tamomila yemirilib, Rim tarixining yangi davri – yakka hukm-
ronlikka asoslangan imperatorlik saltanati boshlanadi. Zamonasin-
ing anchagina o‘qimishli kishisi va san’at ishlariga bir daraja yaqin 
turgan Avgust, adabiyotining kattakon targ‘ibotchilik imkoniyatlari-
ni yaxshi tushunadi va hokimiyatni qo‘lga olgan kunlaridan boshlab
o‘zining idora usullarini xalq ommasiga ma’qul qilish maqsadida 


81
shu imkoniyatlardan keng suratda foydalanishga kirishadi. San’at 
va adabiyot ishlarini uyushtirishda mehnatlari singan va shu yo‘lda 
Avgustga juda katta xizmat ko‘rsatgan kishilar orasida eng mashhuri 
Metsenatdir. Nomi keyinchalik san’at va adabiyot homiysi timso-
liga aylanib ketgan bu odamning o‘zi ham uncha-muncha she’r yo-
zar, adabiy harakatlarga yaqindan qatnashar edi. Metsenat Vergiliy 
hamda Goratsiy kabi shoirlarning noyob iste’dodini payqab, shular 
ishtirokida maxsus yozuvchilar to‘garagi tashkil qiladi. Rim hayo-
tining badiiy ijod markazi hisoblangan bu to‘garak, yangi imperiya 
adabiyotining shakllanishi va rivoj topishida benihoyat muhim rol 
o‘ynaydi. Respublika tuzumidan imperatorlik sistemasiga o‘tish 
paytidagi adabiyotning asosiy xususiyati madhiyabozlikdan iborat-
dir. Ammo, shunga qaramay, Oktavian zamonasi, Rim poeziyasining 
badiiy jihatdan bemisl yuksak darajalarga ko‘tarilgan “oltin davri” 
bo‘lgan. Darhaqiqat Avgust saltanati yillarida ijod qilgan Vergiliy, 
Goratsiy, Ovidiy kabi ulug‘ shoirlar o‘zlarining asarlari bilan Rim 
poeziyasining klassik davr yunon adabiyotidan qolishmaydigan va 
keyinchalik jahon adabiyoti taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazishga 
qodir bo‘lgan kamolot bosqichiga olib chiqadilar.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling