Savol va topshiriqlar
1. Kichik yoshdagi o'quvchilar uchun sintaktik bilimlarni o'zlashtirishning aliamiyatini tushuntiring. Boshlang'ich sinflarda ,,Gap" mavzusi materiallarini o'rganishdagi izchillikni asoslang.
2. O'quvchilaniing gapning bosh bo'laklari - ega va kesim bilan qanday tanishtirasiz? Darsda qanday ko'rgazmalardan foydalanasiz?
3. Boshlang'ich sinf o'quvchilari gapda so'zlarning bog'lanishini o'zlash-tirishda qanday qiyinchiliklarga duch keladilar?
4. „Boshlang'ich ta'lim" jurnalida chop etilgan gap ustida ishlashga doir maqolalardan topib, ularga taqriz yozing.
5. Imlo qoidalarining ahamiyatini izohlang. Imlo qoidasi ustida ishlash jarayonining asosiy komponentlarini auiq misollar bilan tushuntiring.
6. O'quvchilar lug'atini boyitishda ona tilining tutgan o'rnini tushuntiring.
7. O'quvchilarning ona tilidan bilirn, ko'nikma va malakalarini tekshirish usullaridan biriga oid topshiriqlar tizimini ishlab chiqing.
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЕТЛАР:
1. "Она тили дарсликлари"1- 4-синф. Т.: «O’қитувчи» 2009-2010.
2. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi. T., TDPU. 2008.
11-mavzu. O’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi
Asosiy masalalar:
1.Nutq va uni o'stirish tushunchasi
2. Nutq o'stirishda uch yo'nalish
3.Nutq turlari
4.Nutq — o'quvchilar tafakkurini o'stirishdagi muhim vosita
Tayanch tushuncha va iboralar: nutq ustida ishlash metodikasi , nutq ifodali bo’lsin, nutq turlari, o'quvchilar nutqini o'stirishning boshqa o'quv predmetlari bilan bog'liqligi,
1-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: talabalarga boshlang’ich sinflarda nutq ustida ishlash metodlari haqida to’liq ma'lumot bеrish, ularda bilim, ko’nikma, malaka hosil qilish.
Idеntiv o’quv maqsadlari
1.1. Nutqni ta'riflaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |