O’zbekiston resbublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika


Download 126.08 Kb.
bet2/2
Sana09.02.2023
Hajmi126.08 Kb.
#1179268
1   2
Bog'liq
11 M

Ich yumshatuvchi vositalar


Bunday hollarda ich yumshatuvchi yoxud surgi dorilardan foydalanish juda bahsli masala. Uzoq muddat qo’llanilganda organizmda bunday vositalarga o’rganib qolish rivojlanadi. Bu nafaqat dori vositalarining samarasini kamaytiradi, balki muammoni kuchaytirib ham yuboradi. Ba’zi tadqiqotlarga
ko’ra, aksariyat hollarda ich qotishida ich yumshatuvchi vositalar qabul qilish shart emas.

Xalqona vositalar


obrisavtshqvoIati-alvqanisudyhigc a lan
ishinqotjdkrloahzntuakigduiam .Muammo
siabtlvyoruaknugdiazmam aa,bdalamchisababni tirnhnlcarlouvahsumynkzndiyjgy,abh na ga ishi
mumkin.

  • Bir litr sabzi sharbatiga 300 ml`dan lavlagi va bodring sharbati qo’shiladi. Barchasi aralashtiriladi, so’ng ovqatlanishdan oldin 100 ml`dan yoki kun davomida bir qultumdan qabul qilinadi.

  • Ikki qism olma sharbatiga bir qism lavlagi sharbati qo’shib, aralashtiriladi. Ertalab nonushtadan oldin bir stakandan qabul qilinadi.

  • Ikkita o’rtacha kattalikdagi sabzi qirg’ichdan chiqariladi, so’ng uning sharbati suzib olinadi. Unga bitta olmani qirg’ichdan chiqarib, siqib olingan sharbati va bitta apelsin sharbati qo’shiladi. Ovqatlanishdan oldin 50 ml`dan qabul qilinadi.

Qalampirmunchoq daraxti


Qalampirmunchoq daraxti mirtadoshlar oilasiga mansub, bo'yi 10-12 metrga yetadigan, doimiy yashil daraxt. Tibbiyotda guli (ochilmagan g'unchasi) va efir moyi ishlatiladi. G'unchasi tarkibida ko'p miqdorda efir moylari, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Efir moyi asosan evgenoldan hamda asetil evgenol va boshqa terpenoidlardan tarkib topgan. Efir
moyidan evgenol olinadi. Gulining kukuni va qaynatmasi xalq tabobatida ovqat hazm bo'lishini yaxshilash uchun hamda yel haydovchi vosita sifatida qo'llaniladi. Evgenol tish kasalliklarida og'riq qoldirish va antiseptik dori sifatida ishlatiladi.

Turkiston ismalog'i (Cho'chqa tikan)
Turkiston ismalog'i yoki Cho'chqa tikan sho'radoshlar oilasiga mansub, bo'yi 10-60 sm ga yetadigan bir yillik o't o'simlik. Mamlakatimizda begona o't sifatida sug'oriladigan yerlar, tog'oldi yaylovlari, bug'doyzorlar va hamma ekinzorlarda o'sadi. Xalq tabobatida yer ustki qismi ishlatiladi.
Tarkibida karotin, oqsil, C, B1 va B2 vitaminlari, qandlar, organik kislotalar va boshqa moddalar bor. Tabobatda yer ustki qismi yaxshi yel haydovchi vosita sifatida qo'llaniladi hamda kamqonlik, raxit va boshqa avitaminoz kasalliklarida vitaminlarga boy parhez ovqat sifatida iste’mol qilishga tavsiya etiladi.


Limono't
Dorivor limono't yasnotkadoshlar (labguldoshlar) oilasiga mansub, bo'yi 30- 60 sm ga yetadigan limon hidli ko'p yillik o't o'simlik. Mamlakatimizda tog'li nohiyalarda, tog' etaklaridan o'rta qismigacha bo'lgan yerlardagi daraxt va butalar soyasida, salqin va nam yerlarda, bog'larda o'sadi. Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, C vitamini, kofe, oleonol, ursol va boshqa kislotalar, flavonoidlar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Yer ustki qismining (ba’zan bargining) damlamasi ovqat hazm bo'lishi buzilganida uni tartibga solish, kamqonlik, ba’zi asab va yurak kasalliklarini davolash uchun xamda tirishishga qarshi ta’sir etuvchi, og'riq qoldiruvchi, surgi, siydik va yel haydovchi vosita sifatida qo'llaniladi. Limono't asosan xalq tabobatida ishlatiladi
Download 126.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling