O’zbekiston resbublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika


Download 328.63 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi328.63 Kb.
#1179263
Bog'liq
1 mavzu Ibn sino hayoti ijodi (2)


O’ZBEKISTON RESBUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI


KAFDRA
MUSTAQIL ISH


MAVZU:Abu Ali ibn Sinoning hayoti va foliyati
BAJARDI:A'zambekovIzzatillo

TEKSHIRDI:ALIMDIJANOVA G.A



1-Mavzu: Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati.
Reja


1 . Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati


2 . Ibn Sino Jahon fani taraqiyotiga ulkan hissa qo’shgan o’rta оsiyolik buyuk qomusiy olim

Tayanch iboralar: Ibn Sino ta’limoti. Tib qonunlari.




Abu Ali ibn Sino (to’liq ismi Abu Ali Husayn ibnAbdulloh ibn al- Hasan ibn Ali ibn Sino) 980 yil 21 avgust kuni Buxoro yaqinidagi


Afshona qishlog’ida dunyoga keldi. Uning otasi mansabdor shaxs bo’lib, o’z obro’siga ega bo’lgan.
Ibn Sino erta bolalik chog’laridanoq qiziqqonligi bilan ajralib turar, kattalarni o’z savollari bilan qiynab yuborar edi. U avvaliga oddiy musulmon maktabida 10 yil davomida tahsil oldi. Maktab dasturidan tashqari Husayn qo’shimcha ravishda savodxonlik, arab tili, stilistikani o’rgandi. Husayn 10 yoshligida Qur’oni Karimni butunlay yod oldi, qori darjasiga erishdi.

Husaynning atrofidagilar iqtidorli o’smirning erishgan yutuqlaridan hayratga tushar edilar. Otasi o’g’liga yanada


kuchliroq ta’lim berish uchun uni maktabdan chiqarib olib, uyga alohida bilimi kuchli muallimni yolladi. Bu muallim ulug’ yoshdagi
qariya bo’lib, Husaynga fizika, astronomiya, falsafa, geogafiya va boshqa shu kabi fanladan chuqur ta’lim berdi.
Husayn oilada yolg’iz farzand emas edi, uning ukasi ham bor edi. Otasi o’g’illarining ruhiy tarafdan ham bekamu ko’st bo’lishlariga e’tibor berar edi.
Ko’p o’tmay zehni o’tkir Husayn o’quvchi bo’lishiga qaramasdan, uy muallimi bilan bir darajadagi ilmga ega bo’ldi, shundan keyin u turli xil fanlarni mustaqil ravishda o’rganishga kirishdi. Bilim darajasida kattalarni ham ortda qoldira oladigan Husayn 14 yoshida tabobat bilan qiziqa boshladi. Shahardagi barcha ilmiy asarlarni o’qib-o’rgandi, ushbu sohaning sir-asrorlarini o’rganish uchun eng og’ir bemorlarni borib ko’rdi. Ibn Sinoning tabobat bilan shug’ullanishiga o’sha davrning tabibi va tabobat darsligining muallifi – Abu Sahl Masihiy sabab bo’ldi.

Bir kuni saroyda noodatiy holat yuz berdi: mamlakat amiri kasal bo’lib qoldi, biroq saroy tabiblaridan birortasi uni davolay olmadi. Shunda amirni davolash uchun yosh Ibn Sino taklif qilindi. U esa o’z navbatida to’g’ri tashhis qo’yib, kasallik turini aniqlay olgan va amirni muvaffaqiyatli davolagan. Bu paytda Husayn 17 yoshda edi, shunga qaramasdan u amirning shaxsiy tabibi etib tayinlandi.
Ibn Sino saroydagi yangi kitoblarni o’qib, chuqur bilim olishni davom ettirish bilan birga o’z shogirdlarini ham yetishtira boshladiva shu bilan
birga 18 yoshda bo’lishiga qaramasdan Sharq va O’rta Osiyoning buyuk olimu-ulamolari bilan bahslasha olgan.
2. Ibn Sino – Jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan o’rta оsiyolik buyuk qomusiy olim.
Ibn Sino haqiqiy ensiklopedist olim sifatida o`z davridagi fanlarning deyarli hammasi bilan muvaffaqiyatli ravishda shug’ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qaydetilganbo`lsa ham, zamonlar o`tishi bilan ularning ko`pi yo`qolib ketgan va bizgacha faqat 242 ta asari yetib kelgan. Shu 242 asardan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 13 tasi botanika ilmiga, 7 tasi astrologiyaga, 1 tasi matematikaga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo`lgan ilmiy
yozishmalarga bag’ishlangan. Nihoyatda murakkab va mas’uliyatli vazifani Ibn Sino katta mahorat bilan amalga oshiradiki, uning “Tib qonunlari” va bu asarning jahon tibbiyot ilmi tarixida tutgan
mavqei va qozongan shuhrati yorqin guvohlik berib turadi. “Tib qonunlari” sharq mamlakatlarida shu qadar yuksak ahamiyatga molik bo`lib ketdiki, tabobat ilmini usiz tasavvur qilib bo`lmas edi. Sharqda e`tibor qozongan "Tib qonunlari" ko`p o`tmay g’arb mamlakatlarida ham shuhrat topdi. Ma`lumki o`rta asrlarning to uyg’onish davrigacha Yevropa mamlakatlarida ilm-fan sharq mamlakatlarga nisbatan ancha orqada edi. XII asrdan boshlab Yevropada sharq fani, adabiyoti va madaniyatiga bo`lgan qiziqish orta boradi va sharq olimlarining asarlari arab tilidan lotin tiliga tarjima qilish ishlari yo`lga qo`yila boshlandi. Umuman sharq madaniyatining Yevropaga kirib kelishi Ispaniya va Sitsiliya orqali bo`ldi. Tib qonunlari Yevropa vrachlari qo`lida asosiy qo`llanmaga aylangan va universitetlarda meditsina fani shu kitob bo`yicha o`qitila boshlangan, to 1650 yilgacha meditsina fakultetlarining o`quv dasturini yarmini Ibn Sinoning "Tib qonunlari" asari asosida tashkil qigan. Yirik Yevropa olimlarining tabobatga oid kitoblari ham Ibn Sino asarlari ta`sirida edi. Hatto buyuk Leonardo Da Vinchi ham shular jumlasidan bo`lib, uningasarlarida qator arab tibbiyatamalari uchraydi. Qisqacha qilib aytganda "Tib qonunlari" asosiy qo`llanma va darslik sifatida 600 yildan ortiqroq vaqt mobaynida xizmat qildi va hozirga qadar o’z qadr-qimmatini saqlab kelmoqda. Bu kitobga bo`lgan talab shunchalik zo`r ediki, XV asrda kitob chop etish kashf etilgach, birinchi bosilgan kitoblar ichida "Tib qonunlari" ham bor edi. O`sha davrda bir necha fanlarni ayniqsa, tibbiyotni o`z zamonasida yangi va yuqori bosqichga ko`tarilishida Abu Ali ibn Sino o`zining ulkan hissasini
qo`shgan. O`z davridagi fanlarning deyarli barcha sohalarida chuqur iz qoldirgan entsiklopedist olim Ibn Sino ayniqsa, tabobat ilmida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Shu bilan birga Ibn Sino o`zining "Tib qonunlarini puxta kuzatishlari va amaliy ishida qozongan yutuqlari bilan boyitadi. Ibn Sino o`zi yashagan davrdagi ko`p olimlar singari chalkash mulohazalar ta`siriga berilmay faqat tajriba va amaliyotgagina haqiqiy ilmning ob`ektiv asosi bo`la
olishini talqin etadi. Ibn Sino yashagan davrda bunday ilg’or g’oyani ilgari surishga jur`at etgan buyuk olim insoniyatning katta hurmatiga sazovordir. Ibn Sinoning "Tib qonunlari"kitobihozirgi zamon tibbiyotida ham o`z ahamiyatinisaqlab kelmoqda.
Download 328.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling