Mavzu: Mehnat va texnika turlari bo`yicha sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan tashkiliy ishlar
Download 31.69 Kb.
|
16-seminar mashg\'uloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
- Umumiy ma’lumotlar. O`quvchilar bilan individual ishlar olib borish.
№ 16. Seminar mashg‘uloti. Mavzu: Mehnat va texnika turlari bo`yicha sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan tashkiliy ishlar. (2 soat) Ishning maqsadi: O`quvchilar bilan individual ishlar olib borish haqida ma’lumotlar, o`quvchilarni maktabdan tashqari ishlarga jalb qilishning guruh va ommaviy shakllari, ishning yo`nalishini tanlash, dastur va reja, to`garakni komplektlash va tashkiliy ishlash va to`garakni komplektlash va tashkiliy ishlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish. Ishni bajarish tartibi: 1.Umumiy ma’lumotlar. O`quvchilar bilan individual ishlar olib borish haqida ma’lumotlar. 2.O`quvchilarni maktabdan tashqari ishlarga jalb qilishning guruh va ommaviy shakllari. 3.Ishning yo`nalishini tanlash, dastur va reja, to`garakni komplektlash va tashkiliy ishlash. 4.To`garakni komplektlash va tashkiliy ishlar. 5.Olingan natijalar to‘g‘risida yozma hisobot tayyorlash. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1.To`garak ishlarining yo`nalishlari kim tomonidan va qanday qilib belgilanadi? 2.To`garak ishlarini rejasi, strukturasida qanday bo`limlar bo`lishi tavsiya etiladi? 3.O`quvchilarni texnik to`garaklarga qabul qilishning qanday me’zonga amal qilinadi? 4.O`quvchilarning mehnat va texnika turlari bo`yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini qanday guruhlarga ajratish mumkin? 5.Guruh shaklida texnik yechimlarni ishlab chiqish yuzasidan uyushtiriladigan bahslar qanday vazifalarni hal qilish imkonini beradi? 6.Maktabdan tashqari ishlarning qanday shakllari kengroq tarqalgan? Umumiy ma’lumotlar. O`quvchilar bilan individual ishlar olib borish. O`quvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni har xil shakllarda tashkil qilishning asosiy vazifasi, ularni ijtimoiy foydali faoliyatda faol ishtirok etishni, shaxsiy qiziqishlarini, moyilligi va imkoniyatlarini to`liq ishga solishdan iboratdir. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarga pedagogik rahbarlik qilishdan maqsad o`quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash faqat maktabdagina emas, balki ijtimoiy tashkilotlar orqali texnik ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi o`quvchilarni umumiy o`rta ta’lim muassasalarida fanlardan olgan bilimlari asosida texnik masalalarni yechishga to`liq safarbar etishdan iborat. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va olib borish ta’lim va tarbiyaning umumiy printsiplari asosida amalga oshiriladi. O`quvchilarning mehnat va texnika turlari bo`yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlari quyidagi 3 ta guruhga ajratiladi: 1. O`quvchilarning individual ishlari. 2.O`quvchilarning qiziqishiga qarab to`garaklar, klublar, ijodiy birlashmalariga guruhli mashg`ulotlar. 3.Juda ko`p sonli o`quvchilar ishtirokidagi ommaviy tadbirlar. 4.O`quvchilarning individual ishlar bilan shug`ullanishi bu ijodiy jamoada ishloviga zamin yaratadigan ijodga qiziqishning boshlang`ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o`quvchilar o`zidan katta yoshdagi o`quvchilar, o`qituvchi yoki boshqa mutaxassisning rahbarligida har xil texnika va texnologiyalarni modellashtirish va loyihalashtirish bilan shug`ullanishida texnikaning biror turiga qiziqadigan o`quvchilar bir-biri bilan xabarlashib guruhlarni tashkil qiladi, natijada texnik to`garaklar paydo bo`ladi. To`garaklardan yetishib chiqqan o`quvchilarni ta’lim yo`nalishi bo`yicha chuqur shug`ullanishga rahbarlik qilish ham individual ish turiga kiradi. Download 31.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling