O’ZBEKISTON RESPBLIASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALIShER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT
UNIVERSITETI
ChIZMA GEOMETRIYA VA MUXANDISLIK GRAFIKASI
MA’RUZALA TO’PLAMI
Kafedra: Umumtexnika fanlari
Tuzuvchi: Jiyanqulova R.
SAMARQAND-2011.
CO’Z BOSHI.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach barcha sohalarda jumladan, fan-texnika, ta’lim, ishlab chiqarish, medisina, moliya sohalarida o’zgacha o’zgarishlash sezilarli darajada bo’ldi. Ayniqsa ta’lim tizimini tubdan isloh qilish maqsadida, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risidagi» qonunlar ishlab chiqildi. Buning maqsadi kelajak avlodni barkamol, komil inson qilib yetishtirishdan iboratdir.
Narsalarni tekislik ustida tasvirlash va bu tekislik tasvirlari bo’yicha narsalar orasidagi pozision va metrik munosabatlarni aniqlash usullarining nazariy asoslarini chizma geometriya ilmi o’rgatadi. Chizma geometriya qonunlariga asoslanib bajariladigan chizmalar va ular so’zsiz amal qiladigan davlat standarti talablari, ularni taxt qilish va h.k. ni chizmachilik o’rgatadi.
Muhandislik grafikasi bu buyumlarni tekislikda tasvirlash masalalarini o’rganuvchi fan bo’lib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: murakkab bo’lmagan buyumlarni kompleks chizmada va aksonometrik proyeksiyalarda tasvirlashni o’rgatish: yig’ish chizmalari va sxemalarni o’qish hamda chiza olish ko’nikmasini shakllantirish: chizmani o’qish ya’ni buyumlarning shaklini va o’lchamlarini ularning chizmalari bo’yicha fikran tasavvur qilish malakasini hosil qilishi: chizmalar va sxemalarga qo’yilgan USKD va davlat standartlarining asosiy qoidalaribilan tanishtirish: chizma chizish texnikasi va malakasini o’zlashtirish hamda o’zida shakllantira olishni:
Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanini o’rganish talabalarda fazoviy tasavvurni va mantiqiy fikrlashni rivojlantirib, ijodiy qobilyatini shakllantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |