O'zbekiston Respiblikasi Xaliq Talimi vazirligi Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang'ch ta'lim fakulteti sirtqi ta'lim shakli jismoniy madaniyat yonalishi 2-kurs talabasi sindarova sharifa


Download 76.35 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi76.35 Kb.
#1532008
1   2
Bog'liq
02.ABDUXALILOV MUZAFFAR

Jismoniy madaniyat bazasi maxsus ma'lumot va jismoniy tayyorgarlikni ta'minlaydi.
Jismoniy madaniyatning boshlang’ich tagzamini shartli ravishda
«maktabgacha va maktab jismoniy madaniyati» orqali yaratiladi. Bu bilan maktabgacha yoshdagi bolalar, umumiy ta’lim maktablari va boshqa o’quv tarbiya muassasalarida jismoniy madaniyat o’quv predmeti sifatida majburiy mashg’ulotlar tarzida tashkillanadi. O’z navbatida bu mashg’ulotlar umumiy jismoniy ma’lumotga ega bo’lishi uchun asos yaratadi.
Jismoniy qobiliyatlarining har tomonlama rivojlanishi, mustaxkam sog’liq bazasining vujudga kelishiga sababchi bo’ladi. Bu bilan xar tomonlama jismoniy rivojlangan shaxs uchun zarur bo’lgan jismoniy salohiyat darajasining asosini yaratishga kafolat vujudga keladi.
Maktab jismoniy madaniyati esa o’quvchi jismining tarbiyasi uchun zaminni shakllanishiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Maktabdagi jismoniy tarbiya shu jihatdan qaraganda bazali jismoniy tarbiyaning fundamental qismidir.
Bazali jismoniy tarbiya maktabgacha va maktabdagi jismoniy tarbiya shakllari bilan chegaralanmaydi. U jismoniy tayyorgarlik darajasini maktabdan ko’ra yuqori ta'minlaydi, shuningdek, kelajakdagi jismoniy tayyorgarlikni o’z ichiga oladi.
Jismoniy tayyorgarlik. Individning tashqi ko’rinishiga qarab jismoniy tayyorgarligiga baho berish hozirgi kungacha ham uchrab turadi. Qaddi qomatning kelishganligi bu jismoniy jihatdan barkamolik belgisi emasligi maxsus adabiyotlarda qayd qilingan.
Jismoniy tayyorgarlikni yo’lga qo’yishning asosiy shartlaridan biri tana shaklini yaxshilashdir. Bu asosan tana mushaklarini rivojlantirish, uning vaznini izga solish (vaznni boshqarish), qaddi-qomatni rassomligini yo’lga qo’yish tarbiyalash, rostlash (tuzatish) tarzidagi qator boshqa ishlar amalga oshiriladi. Qayd qilinganlar jismoniy tayyorgarlik jarayoni deb atash qabul qilingan.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, jismoniy madaniyat bashariyat madaniyatining bir qismi bo’lib, kamroviga ko’ra o’zining keng mazmunida fanning yetakchi tushunchalarini, jismoniy madaniyatning turlarini tatbiqiy (amalda foydalanilayoggan) ish, sog’lomlashtirish hamda sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyatini, uning jamiyat va jamiyat a’zolari uchun xizmatlarini, jamiyat a’zolarining jismoniy madaniyatliligi darajasini o’zida mujassamlashtiradi, uning tag zamini esa shartli ravishda «maktabgacha va maktab jismoniy madaniyati» orqali qo’yiladi.
E’TIBORNGIZ UCHUN RAHMAT
Download 76.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling