Tabibning so'zlarini qiz eshik ortida eshitib turgan ekan. Birdan
yuragi tez urib, yiqilibdi va xushidan ketibdi. Shu bir og 'iz so'z
ta'sirida qiz ruhiy dardga uchrab vafot etibdi. Oradan ma'lum fursat
o'tgach, qizning otasi tabibni uchratib qolib so'rabdi.
- Taqsir, qizimning bedavo dardini qanday bilgandingiz? - deb
so'rabdi.
- Q izingiz ortidan kelayotib, uning qayta-qayta qon tuflaganini
ko'rgandim.Bu javobni eshitgan ota peshonasiga urib:
- E, attang, qizim o'sha kuni shotut egandi, siz ko'rgan tufuk
shotut sharbatiku! Eh, attang?.. debdi.
Shunda tabib choldan uzr so'rabdi. Shundan so'ng Luqmoni
Hakim:
- Bir so'z bilan soppa-sog' odamni o'ldirish yoki bemorni shirin
so 'z bilan sog'aytirish mumkin ekan, degan xulosaga kelgan. Yunon
tabiblari: “Dardni bilmasang, yaxshisi bemomi tinch qo'y” deb
bekorga aytmagan ekanlar... Bugungi kunda beburd, bebosh, betayin
93
kimsalarning do'q-po'pisa telefon qo'ng'iroqlaridan xastalanib yoki
bu olanrni tark etganlar ham yo'q emas. So'zning qudratini
ko'ryapmizmi?
Butun boshli sobiq Sovet davlatini M .S.Gorbachyov gap bilan
tarqatib yubordi. T o'g'ri, bu tarix hukmi edi. Vazlyat pishib etilgan
edi. Shu tufayli, muhtaram Prezidentimizning xushyorligi va sa'yi
harakatlari bois Mustaqillikni qo'lga kiritdik. O 'zbek tiliga davlat tili
maqomining berilishini eslaylik. Bu ham oson kechmadi. O'sha
kezlarda bir guruh olim lam i viloyatlarga ‘T il qonuni”ni ommaga
tushuntirish bo'yicha safarbar etishdi. Ular orasida kamina ham bor
edi. O' shanda bir tumandagi ichki ishlar xodimlari bilan uchrashib,
ma' ruzamni tugatdim. M en bilan birga yurgan tuman rahbarlaridan
Do'stlaringiz bilan baham: |