mazmuni ham sog'liq va iqtisodiy farovonlikka bog'liq.
Ma'lumki, yil sayin tabobat ilmi kuchaygani sari, kasallik turlari
ham ko'payib bormoqda. Hozir qayoqqa qaramang, dorixonaga
k o'zingiz tushadi. Dorilar ko'p, uni sotib olishga pul kerak. Kimlar-
gadir bilinmas, ammo qo'l uchida kun kechirayotganlar uchun og'ir-
lik qiladi. “Besh qo'l barobar” emas deganlaridek, hammaning ahvoli
ham birday yaxshi bo'lib ketayotgani yo'q. Bu holat oldin ham bor
edi, hozir ham bor, keyin ham bo'ladi. Ajdodlarimiz qadim zamon-
lardan beri arzon va hammabop dorini izlab keladilar. Ana shunday
dori haqidagi fikmi ham bobokolonimiz Abu Ali ibn Sino topganlar.
92
Buyuk allomaning fikriga qaraganda, bemorni dori-darmon bilan
birga so 'z bilan davolagan ma'qul ekan.
Bir og'iz shirin so'z... qiziq, zamonaviy tibbiyot uskunalari,
noyob chet el dori darmonlari ham ojizlik qilganda, shu bir og'iz
shirin so 'z yoki muomala kasalga ruhiy dalda, jismoniy qudrat ba-
g'ishlaydi. Chunki shirin muomala bosh miyaga ta'sir qiladi. Bosh
miya esa inson tanasidagi borlig'ni boshqaradi. “Yaxshi so'z - jon
o zig'i, yomon so'z bosh q ozig'i” deganlaridek, shifokor doimo shirin
so 'z va muomala ustasi bo'lm ogi shart.
Bir rivoyatda keltirilishicha, Luqmoni Hakim ko'chada keta-
yotib, bir qizning dam-badam qon tuflab ketayotganini kuzatibdi.
Hakim qiz izidan tushib, qaysi darvozaga kirganini ko'ribdida, qiz
kirib ketgan darvozani taqillatibdi. Qizning otasi chiqib, tabibni tanib
qolib uyiga taklif qilibdi. Suhbat orasida Luqmoni Hakim: “Qizingiz
bedavo dardga chalinibdi, afsus muolajaning iloji. yo'q”, - debdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |