da turli ko'ngilsiz noxush voqealarning kelib chiqishi hech gap emas.
Bunday voqea-hodisalarga hayotimizda guvoh bo'lib turibmiz.
Bunaqa “men” otini minganlarga faqat Yaratgandan insofu tovfiq,
sabr-bardosh va insoniy kayfiyat tilaymiz.
Manmansirash va keraksiz g'urur odamlar boshiga ne-ne kulfat-
larni yog'dirmagan. Islom tafakkurining so'nmas mevasi so'fizm da
inson o 'z “men”idan, g'ururidan kechmay turib Ollohni tanimaydi,
degan aqida mavjud. Inson bolasi shu aqidaga amal qilsagina, o'zla-
ridagi ortiqcha g'urum i sindirishga qurbi etadi. Harbiy xizmatga
chaqirilgan yoshlar xizmat taqozasi bilan bir-birlaridagi ortiqcha g'u-
rurni sindirishadi va bu darddan bir-birlarini xalos etishadi. Qarab-
sizki, xizmatdan qaytganlarning deyarli ko'pchiligi muloyim, odam-
shnavanda bo'lib muomala madaniyatida ham o'zgarish yasaydi.
qisqasi, insoniyatning asab torlari taranglashgan hozirgi serg'alva
zamonda odamlar bilan shirin muomalada bo'lish uchun har birimiz-
dan sabr-toqat, bag'rikenglik va yuksak sahovat talab etiladi.
Tasavvur qiling, farzand o 'z ota-onasini hurmat qilmasa, shogird
ustozining yuziga oyoq qo'ysa, fuqaro o 'z hokimining gapini ikki
qilsa, u yurtda osoyishtalik, farovonlik bo'lmaydi. Musulmonchilik
89
qonun-qoidalariga ко'ra, Allohga, uning Rasuliga hamda hokimlarga
nisbatan e'tiqodda bo'lish buyurilgan: “E y m o'm in la r A llohga itoat
q ilin giz va p a y g'am b arlarga h am d a o'zlarin gizd an b o'lgan
h okim larga b o'y su n in giz!” (Qur'oni karim, N iso surasi, 59-oyat).
Yaratganga beadad shukurlar bo'lsinki, istiqlolga erishganimiz-
dan so'ng yurtimizda juda katta o'sish-o'zgarishlar sodir bo'lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |