bilan yoki qiz shogirdlariga noto'g'ri ko'z bilan qaramasligi
muallim qalbining pokligidan darak beradi.
Muallimning boyligi shu shogirdlari ekanligini esdan chiqar-
masligi kerak. Nainki, u shu shogirdlariga ma'naviy oziq bermoqda,
kelajak avlod uchun ulardan hosil kutmoqda. Shogirdlarini biridan-
birini kamsitmasin, dilini og'ritmasin. ‘T o y n i toy dema-toy ham bir
kun ot bo'ladi”, - deydi xalqimiz.
Dehqon uchun dalasi, dalasida o'stirayotgan paxtasi uning rizqi-
ro'zi, boyligi. Dehqon dalasidagi paxtasining hamma nihollari,
navlari bir hilda o'sm asligi mumkin. Ba'zi birlari egri yoki nimjon
o'sishi mumkin, bunda dehqon hech qachon nimjon yoki egri paxta
niholni sug'irib otib yubormaydi, uni qo'lidan kelganicha parvarish-
laydi, undan hosil kutadi. Muallim shogirdlarining ham zehni bir xil
bo'lmaydi,
zehni
pastlari, tarbiyasi sal chatoqlari ham bo'ladi.
Ularni
sening zehning past, o'zlashtirolmayapsan — deb davradan chiqarib
haydab yuborishi insoniy insofdan emas, u bilan qattiq, astoydil
ishlash kerak. Dehqon o'zining paykalidagi nimjon yoki hosili kam
niholga muomala-mehnat qilganday munosabatda bo'lish muallim
ning insoniy burchi. Chunki muallim ham shu shogirdlariga ta'lim
tarbiya berish hisobidan haq olib o'z bola-chaqasini bog'adi,
ro'zg'orini tebratadi.
O'ylashi kerak, “shu shogirdlar bo'lmasa,
u n in g
muallimligi kimga kerak.
Demak, shular uning rizqi, obro'si,
kelajagi. Bu yo'lda xatoga yo'l qo'ygan muallimni Alloh kechir-
maydi. Muallim o'zi o'qitadigan fanini yaxshi bilishi, o 'z xalqining
m illiy mafkurasini anglashi, o'z millatining tilini va adabiyotini,
Do'stlaringiz bilan baham: |