mahoratini ishga solib mehnatidan rohatlangan. Charchab chiqqani
esa buning aksi sifatida notiqlikda no'noq. U albatta charchaydida,
chunki tinglovchilar uni yaxshi qabul qilmagan, fikrlarini ko'ngil-
dagidek qilib etkazolmagan.
Uning nutq quroli nosoz, uni charh-
lash va moylash kerak.
Buni o'sha muallimning o'zi ham yaxshi
biladi.
Muomala madaniyati
“M uomala” so'zi zamirida butun insoniyat taqdiri mujassam.
Uning ildizi Odam Ato va Momo Havomiz o'rtasidagi muomala va
muloqotlariga borib taqalsa ham ajab emas. Shundan buyon insoni
yat muomalaning to'g'ri va ravon yo'llarini izlaydi, ba'zan topgan-
day bo'ladi, yana yo'qotadi va yana izlaydi...
Shunchalar mushkulmi muomala madaniyatiga erishish? Bu
yo'lda odamzodga nima to'siq bo'lmoqda, deya o'ylaysan, kishi.
Birdan-bir to'siq bu — inson qalbidan chuqur joy olgan “men”i
88
emasmikan? Odam bolasi eng ко'p .o'z “m e n ’ini o'ylaydi. Bu “men”
qurg'ur shunchalar yopishqoq illat ekanki, inson qalb to'riga shu
qadar o'm ashib olganki, hatto “men” egasini dunyoga keltirgan zo t-
volidai muhtaramasidan, padari buzrukvoridan ham o'zini ustun
qo'yarkan. O 'z “men”ining soyasida qolgan odam o'zligini yo'qotib
qo'yarkan. Hazrat N avoiy aytganlaridan: “El nedb topgay menikim,
men o'ziinni topmasam”.
Madomiki, shunday ekan, biz “muhtaram” “men”lar orasida
yashayotgan ekanmiz, ularning do'q-po'pisalari bilan ham, erkalik-
lari-yu, maqtanchoqliklari bilan ham, o'zaro muloqotlarimizda sal
kechirimliroq bo'lishim izga to'g'ri keladi. Ayniqsa, o'smir yoshidagi
“muhtaram men”laming g'ururiga tegadigan gap so'zlarimiz oqibati-
Do'stlaringiz bilan baham: |