O’zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi
Download 26.23 Kb.
|
OfferI lat
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O’zbekiston respublika tovar-xomshyo birjasi» AJ Toshkent shahri, Bobur ko’chasi, 77 STIR: 200933985 IFUT : 66110
(Jismoniy shaxslar uchun) “O’zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ ning axborot tizimida oshirilgan to’lov stavkasi asosida avtotransport vositalari uchun ro’yxatdan o’tkazish uchun davlat raqam belgilarini (RO’DRB) sotish bo’yicha xizmat ko’rsatishga shartnoma tuzish yuzasidan Ommaviy oferta 1. “O’zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan, Ustav asosida ish yurituvchi boshqaruv raisi v.v.b. Nagaev A., mazkur taklif yordamida yuyidagi shartlarda birja axborot tizimida oshirilgan to’lov stavkasi asosida avtortransport vositalari uchun ro’yxatdan o’tkazish davlat raqami belgilarini (RO’DRB) sotish bo’yicha xizmat ko’rsatish yuzasidan shartnoma tuzishga tayyorligini bildiradi: - jismoniy shaxslarni, ular internet tarmog’I orqali Birja saytida ro’yxatdan o’tganlarida so’ng, talabgor sifatida savdolarga qo’yish; - jismoniy shaxslarning to’ldirilgan ma’lumotlarning to’g’riligi bo’yicha javobgar ekanligi; -ro’yxatdan o’tgan vaqtdan boshlab 1 soat ichida elektron pochta yordamida shaxsiy kabinet faollashtirilmagan hollarda, foydalanuvchi to’ldirgan ma’lumotlarni Birja bazasidan o’chirish; -foydalanuvchi shaxsiy kabinetga kirish login va parolining saqlanishi va xavfsizligi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi; - Jismoniy shaxslarning shaxsiy kabinetiga biriktirilgan Uzcard-so’m plastic kartochkalarida (SPK), savdolarda qatnashish uchun boshlang’ich narxning 10 % miqdorida zakalat pulini va Birja xizmatlari uchun bitim qiymatidan 5 % miqdoridagi komission yig’imlarga yetarli pul mablag’larining mavjudligini ta’minlashi.Shaxsiy kabinetga bir nechta SPK ni biriktirish mumkin; - dasturiy majmua avtomatik ravishda talabgor arizani topshirishi bilan bir vaqtda, biriktirilgan SPK dan talabgorning HKKP dagi shaxsiy raqamiga zakalat summasi va komissiya yig’imlarini o’tkazib yuborishi, narx takliflarini ko’rib chiqishi va raqobat jarayonining g’olibini tanlashi va uni birjaning axborot tizimida aks ettirishi; - bitim Birjaning axborot tizimida ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng, g’olib tomonidan 5 ish kuni ichida tuzilgan bitim yuzasidan moliyaviy majburiyatlarni to’liq qoplash uchun o’zining HKKP dagi shaxsiy raqamiga qo’shimcha mablag’larni o’tkazilishi; - talabgor to’lovni rad qilgan ,undan boshqacha tarzda bosh tortgan yoki bitim bo’yicha to’lov to’liq hajmda o’z vaqtida o’tkazilmgan holatlarda, axborot tizimi avtomatik rejimda quyidagilarni amalga oshiradi: 1 – vakaolatli organ va raqobat tartiboti g’olibi deb topilgan talabgor o’rtasida bitimni bekor qilingan deb e’tirof etadi; 2 –taklif qilgan narxi birinchi g’olib taklif qilgan narxdan so’ng eng yuqori bo’lgan talabgorni (ikkinchi g’olibni) raqobat tartiboti g’olibi deb e’tirof etadi; 3 – birinchi g’olibning zakalatlarini shartnoma majburiyatlari ijro etilmaganligi tufayli jarima sifatida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti foydasiga o’tkazadi; - talabgor, agar yengib bo’maydigan kuch yoki bunday sharoitlarda oldini olib bo’lmaydigan (fors-major) vaziyatlariga duch kelganligini isbotlasa,to’liq to’lov bo’yicha majburiyatlar ijrosidan ozod qilinadi.Bunday holatda, talabgor tomonidan ariza zakalat jarima sifatida o’tkazilgunga qadar birjaga yuboriladi, bu yerda uning arizasi besh ish kuni mobaynida ko’rib chiqiladi; - talabgorning aybi bilan RO’DRB ning IIV YHXBB bo’linmalarida, RO’DRB uchun to’lov to’liq HKKP ga kiritilgandan so’ng 10 kalendar kuni ichida rasmiylashtirilishi ta’minlanmasa, HKKP tomonidan bitim qiymatining 50 % miqdorida mablag’ jarima sifatida o’tkazilishi; - auksion g’olibi to’liq to’lov summasini to’lagandan so’ng belgilangan tartibda avtotransport bositasini IIV YHXBB hududiy organlarining davlat ro’yhatidan o’tkazishi lozim, ayrim sabablarga ko’ra avtotransport vositasiga band solingan, transport vositasining agregat raqamlari ro’yxatlash hujjatlariga mos kelmasa yoki shunga o’xshash sabablar mavjud bo’lgan taqdirda avtotransport vositalarini ro’yxatga olish belgilangan muddatdan kechiksa talabgorning aybi bilan sodir bo’lgan deb hisoblanadi; - raqobat jarayonlarini o’tkazishga oid masalalar yuzasidan nizo va ziddiyatlarni, sud tomonidan o’rnatilgan tartibda ko’rib chiqilishi. 2. Talabgorlar birja axborot tizimida “oshirilgan to’lov stavkasi aosida avtotransport vositalari uchun ro’yxatdan o’tkazish davlat raqami belgilarini (RO’DRB) jismoniy shaxslarga sotish” bo’yicha xizmat ko’rsatishga foir ommaviy shartnoma tuzgan deb hisoblanib, uning muhim shartlari quyidagilar bilan belgilangan: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 qabul qilingan PQ-3127 sonli yilning 11 iyul kuni “Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 avgust kunidagi 249-sonli “Elektron yarmarkalar, auksion va tanlovlar tashkilotchilarining–axborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda 2017 yil 31 avgustdagi 683-sonli “Avtomototransport vositalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va ularga ro’yxatdan o’tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to’grisida”gi qarori, Birjaning ichki hujjatlari. 3. Talabgorlar RO’DRB sotish bilan bog’liq hujjatlar almashinuvini faqat elektron aloqa vositasida va to’lovlarni «WoyWo» elektron to’lov tizimi orqali amalga oshirishga rozilik bildiradilar. 4. Talbgorlar “O’zbekiston respublika tovar-xomshayo birjasi aksiyadorlik jamiyati axborot tizmida jismoniy va yuridik shaxslarga oshirilgan to’lov stavkasi asosida avtotransport vositalari uchun ro’yxatdan o’tkazish davlat raqam belgilarini (RO’DRB) sotish tartibi to’g’risida” gi Nizomni to’liq va so’zsiz bajarishga tayyorliklarini bildiradilar. 5. Shartnoma mazkur oferta talabgor tomonidan qabul qilingandan vaqtdan tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi, bundan keyin Birja o’z majburiyatlarini bajarishga kirishadi va u tugatilishiga qadar qonunchilik talablariga muvofiq ish olib boradi. 6. “O’zRTXB” AJ rekvizitlari: «O’zbekiston respublika tovar-xomshyo birjasi» AJ Toshkent shahri, Bobur ko’chasi, 77 STIR: 200933985 IFUT: 66110 Telefon: +99871-213-3333 Download 26.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling