O’zbekiston Respublikamizda hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar tizimi. Reja: Kirish


O‘zbekiston Respublikasi qonunlari


Download 43.32 Kb.
bet5/6
Sana01.03.2023
Hajmi43.32 Kb.
#1241738
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston Respublikamizda hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar tizimi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari:
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida (1999 yil 20 avgust) – 5 ta bo‘lim, 27 moddadan iborat. Qonun aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi va rivojlanishining oldini olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talafotlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni maqsad qilib qo‘yadi.
Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida (2000 yil 26 may) – 4 ta bo‘lim, 23 moddadan iborat. Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi.
Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida (2008 yil 26 dekabr) – 5 ta bob, 31 moddadan iborat. Ushbu Qonunning maqsadi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Xulosa
Respublikada joriy qilingan mehnat sharoitlari bo‘yicha ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish va asbob uskunalarning jarohatlash xavfliligini aniqlash tartibiga muvofiq korxonalardagi mehnat sharoitlari o‘rganilgan holda noqulay mehnat sharoitlarda ishlayotgan xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyoz va kafolatlar belgilab berilmoqda. Bular yuqori tarif stavkalarda belgilangan mehnat haqi, qisqartirilgan ish vaqti, qo‘shimcha mehnat ta’tili, bepul davolash-profilaktika oziq-ovqatlar, imtiyozli pensiyalar. Bugungi kunda 297 ming 561 nafar xodimlarga muntazam ravishda ushbu imtiyoz va kafolatlar belgilanib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 2016 yilning 10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlanib, 25 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ma’qulladi.
2016 yil 22 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahrirda imzolandi. 2016 yil 23 dekabrdan amalga kiritildi.
Yangi tahrirdagi Qonun 36 ta moddadan iborat bo‘lib, uning normalari Respublikamizda yangi qabul qilingan qonunlar va xalqaro me’yoriy talablariga muvofiqlashtirildi, yangi normalar kiritildi hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan va bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan normalar chiqarildi.



Download 43.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling