O’zbekiston Respublikamizda hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar tizimi. Reja: Kirish


Download 43.32 Kb.
bet4/6
Sana01.03.2023
Hajmi43.32 Kb.
#1241738
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston Respublikamizda hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar tizimi.

4. Baxtsiz xodisalarni tahlil etish.
Korxona ma'muriyati ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni tekshirish va xisobga olish haqida Nizomga binoan mehnat faoliyatini yo'qotishga sabab bo'lgan har bir shikastlanish hollarini tekshirib chiqib, shu xaqida N-1 namuna bo'ycha 4 nusxada dalolatnoma tuziladi. Bosh muhandis dalolatnoma va ko'riladigan chora-tadbirlar rejasini tayyorlaydi. Baxtsiz hodisa sababini bartaraf qilish haqida buyro'q birinchi rahbar tomonidan tasdiqlanadi va uni bajarish uchun ma'sul kishi tayinlanadi, amalga oshirish muddati belgilanadi.
Guruhiy, og'ir jaroxat va o'lim bilan tugagan shikastlanishlarda N-1 namunali dalolatnomani tuzish bilan bir vaqtda baxtsiz hodisalar maxsus jurnalga qayd qilib qo'yiladi. N-1 namunasi bo'ycha tuzilgan dalolatnomalarga asoslanib korxona ma'muriyati hisobot tayyorlaydi va yuqori tashkilotlarga yuboradi, bunda mehnat faoliyati faqat uch kundan ortiq yo'qotilgan hodisalarnigina inobatga olinadi. N-1 namunali dalolatnomalar idora arxivida 45 yil saqlanishi kerak.
Baxtsiz hodisani o'z vaqtida, to'g'ri o'rganish va hisobga olish, uning sabablarini puxta tahlil qilish hamda bunday xodisalar takrormasligi uchun butun javobgarlik hodisa sodir bo'lgan idoraning birinchi rahbari zimmasiga yuklanadi. Hisobotlar ishi sanoat tarmoqlarida, xalq xo'jaligidagi ishlab chiqarish va transportda ro'y bergan shikastlanishlar dinamikasini baholash va unga qarshi kurash yo'llarini belgilashga imkon beradi. Shikastlanish ishlash qobiliyati yo'qotilgan yoki yo'qotilmaganligidan qat'iy nazar har bir hodisani to'la hisobga olish uchun tibbiyot shaxobchalari va sanitariya qismlarida ro'yxatga olib boriladi.
Shikastlanishni har tomonlama to'lduruvchi belgilarini nazarga olgan holda tahlil qilish, unga qarshi kurashning samarador rejasini tuzishga imkon beradi. Bunday rejani mehnat gigienasi bo'ycha shifokor, mehnat muhofazasi muhandisi va tibbiyot-sanitariya qismining shifokori birgalikda tuzib, uning muddatida bajarilishini nazoratga oladi.
Shikastlanishning oldini olish ishini tashkil etishda signalizasiya yo'li bilan hisoblash va tahlil qilishning tezkor shakli mavjud bo'lib, bu juda qisqa muddat ichida (hafta, oy) o'tkaziladi. Unga qo'ydagi ma'lumotlar kiritiladi:
1. tsex;
2. asbob-uskunalar turkumi;
3. vaqti.
Shular asosida shikastlanish xavfi bo'lgan joylar aniqlanadi va uning sabablari bartaraf etiladi.
Ishlab chiqarishda shikastlanish deb, korxona xududida bo'lgan davrda kishi tanasining biror a'zosi tasodifan shikatslanishi natijasida salomatligiga putur etishiga aytiladi.
Baxtsiz hodisalar sodir bo'lishining oldini olish, asosan, ma'muriyat rahbarlari javobgarligida bo'lib, nazorat ishlari mehnat muhofazasi bo'limi zimmasida bo'ladi. Shikastlanishning sabablarini o'rganish, muhandis-texnik sohasiga tegishli masalalar, profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ishchilar salomatligini mustahkamlashga oid masalalarni hal etishda tibbiyot-sanitariya qismidagi shifokorlar ma'suldirlar.
Shikastlanishlar turiga qarab:
• mexaniq (yara toshishi, sinish);
• termik (issiqlanish, kuyish, sovuq urish);
• kimyoviy (kuyish, o'tkir zaharlanish);
• elektr quvvatidan shikastlanishlarga bo'lanadi.
Shikastlanishlar kelib chiqishining asosiy sabablari. Texnik jixozlarning nosozligi natijasida dastgohlarning to'xtab qolishi, tasmalarning uzilib ketishi va shu kabi hodisalar shikastlanishga olib keladi. Bunga ularning o'z vaqtida ehtiyot yuzasidan ta'mir qilinmaganligi, uzliksiz ishlashi natijasida ayrim qismlarning ishdan chiqishi sabab bo'lishi mumkin. Shunday xodisalar ro'y bermasligi uchun mehnat xavfsizligi bo'ycha javobgar shaxslarning doimiy nazorati talab etiladi.
Texnologik jarayonning buzilish natijasida termik, kimyoviy jarohatlanish va o'tkir zaharlanishlar yuzaga keladi. Buning oldini olish uchun reja asosida ishchilarning bilimini o'z vaqtida tekshirib turish va yo'riqlov o'tkazib turish katta ahamiyatga egadir. Qul kuchi bilan boshqariladigan ishlar, transportlarga yuk ortish va tushirish jarayonlarining etarli darajada mexanizasiyalashtirilmaganligi mehnat sharoitini yaxshi tashkil qilinmaganligini bildiradi.
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ish korxonalarining kichiklik qilib qolishi, tayyor mahsulotlarni saqlash xonaning sharoiti qoniqarli bo'lmasligi , mahsulotni tayyorlov joylaridan o'z vaqtida olib ketilmasligi, yo'llarining tor bo'lishi shikastlanish xavfining ortishiga sabab bo'ladi.
Korxonalarda sanitariya holati qoniqarsiz bo'lishining asosiy sabablariga xonalar sathining sirpanchiqligi va tekis bo'lmasligi, korxona hovlisidagi yo'lakning o'ydum-chuqurligi, yoritish qurilmalari quvvatining kamligi, deraza oynalarning chang bosib ketishi, chang va gazlar miqdorining me'yoridan ortiq bo'lishi natijasida diqqat-e'tiborining kuchayishi, shovqin bosimining yuqori bo'lishini misol qilib keltirish mumkin. Shikastlanishning ko'p uchraydigan sabablaridan biri ishchilarning toliqib qolishidir, chunki bunda ishga diqqat-e'tibor pasayibgina qolmay, balki ishchilardagi harakat yo'nalishi ham buziladi. Bunday hollarda shikastlanish mehnat kuning so'nggi soatlarida yoki rejada ko'rsatilgandan ortiqroq mehnat qilish natijasida yuz beradi.

Download 43.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling