5 -mavzu: Impulsli ta’minot manbalari


Download 0.9 Mb.
bet1/2
Sana13.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1350466
  1   2
Bog'liq
5-dars-Импульсли-ТМ


5 -Mavzu:Impulsli ta’minot manbalari Hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarayotgan maishiy texnikalarning ravon ishlashi uchun ta’minot manbalarini tuzilishini tubdan o‘zgartirib, impulsli ta’minot manbalaridan foydalanib kelmoqda. Bunday ta’minot manbalari kuch transformatoriga ega bo‘lmay, impuls hosil qiluvchi tizim asosida ishlaydi. Shuning uchun bunday ta’minot manbalari impuls ta’minot manbalari deyiladi. Impuls ta’minot manbayining afzalliklariga quyidagilar kiradi: hajmi, tejamkorligi, iste’mol qilayotgan quvvatining kamligi, qisqa tutashuvda himoyalana olishi va tarmoq kuchlanishining keskin kamayib ketganda ishlay olishi.

Sxema sharhi: impuls transformatorda yig‘ilgan ta’minot manbalaridagi transformatorning birinchi chulg‘amidan o‘zgarmas tok oqib o‘tadi. Lekin transformatorning g‘altaklarida magnit maydoni hosil bo‘lishiga kifoya qilmaydi. Buning uchun impuls o‘zgartirgich sxemasi bo‘yicha kontroller FSD-0265 qo‘llanilgan, kontroller «yumshoq start» rejimida ishlaydi, uning ichki tuzilmasida himoya tizimi bo‘lib, tarmoq kuchlanishi keskin ko‘payib ketishi yoki ta’minot blokida elementlardan biri kuyib qisqa tutashuv sodir etishida himoya tizimi ishga tushib, 6, 7, 8 oyoqchalaridan yuqori voltli impuls ishlab chiqarib himoyalanadi. FSD0265 oyoqchasiga 12 volt kuchlanish kelishi bilan generatsiya rejimida ishlay boshlaydi. Kontroller impuls ishlab chiqarib beradi. Mana shu impuls transformatorning birinchi chulg‘amidan o‘tib magnit maydonini qo‘zg‘aydi va ikkinchi chulg‘amda o‘zgaruvchan kuchlanish hosil bo‘ladi. Kontrollerning uchinchi oyoqchasiga optapara ulangan, optapara ikkinchi chulg‘amdagi kuchlanishni nazorat qiladi, boshqaradi va chiqishdagi kuchlanishni ta’minlaydi.
O ‘zgaruvchan 220 volt kuchlanish F1, C1, Dr1, Dr2 elektr zanjiri orqali diod ko‘prigiga uzatiladi, bu zanjirdagi F1, C1 tarmoq kuchlanishi ko‘payib ketganda ta’minot manbayini himoyalaydi, Dr1, Dr2 drossel orqali ta’minot manbayi kirishiga uzatiladi. Drossel ta’minot manbayidagi xalaqitlarni tarmoqqa o‘tkazib yubormaslik vazifasini bajaradi. Diod ko‘prik sxemasi ikki yarim davrli to‘g‘irlagichdan C2 kondensatorga uzatiladi, kondensator ta’minot filtr vazifasini bajaradi. C2 ichki tuzilishida metall plastina xuddi induktiv g‘altakka o‘xshab o‘raladi. Shunda sig‘im hamda o‘ramlar induktivlik hosil qilib diod ko‘prigidan chiqqan kuchlanishni o‘zgarmas 290 volt kuchlanishga aylantiradi, tok Tr1 birinchi chulg‘ami KT1 tranzistor kollektoriga oqib o‘tadi. C3, R1, KD5, zanjiri orqali IC1 mikrosxemani 1 oyoqchasiga +12 volt kuchlanish, ta’minotning manfiy qutbi 7 oyoqchasiga ulangan. Mikrosxema oziqlanishi bilan avtogenerator impuls ishlab chiqarib, KT1 tranzistor bazasiga uzatiladi. Bu impuls KT1 tranzistorini ochadi va kuchaytirilib kollektordan olinadi. KT1 tranzistor ochilish jarayonida kollektorga kelgan +290 volt emitterga oqib otadi, bazaga uzatilgan impuls kollektordan kuchaytirilib, Tr1 birinchi chulg‘amiga boradi. Tr1 chulg‘amlarida kuchli magnit maydonini qo‘zg‘ab, ikkinchi chulg‘amdan kesib o‘tadi va ikkinchi chulg‘amda o‘zgaruvchan 12 V, 5 V kuchlanish hosil bo‘ladi. Ikkinchi chulg‘amdagi o‘zgaruvchan kuchlanishni o‘zgarmas kuchlanishga aylantiruvchi bir yarim davrli to‘g‘irlagichdan foydalanilgan. Tr1 ning ikkinchi
chulg‘amidagi 12 volt kuchlanish F2 KD6, C5 dan o‘tib, o‘zgarmas kuchlanishga aylantiriladi va KRN7812 da tuzilgan 12 volt stabilizatsiya blokida stabilizatsiyalanadi. 5 volt kuchlanish olish uchun F3, KD7, C6, KRN 7805 lar xizmat qiladi. Apparaturalardagi boshqaruv protsessori ta’minot blokidagi impuls ishlab beradigan mikrosxema bilan bog‘liq bo‘lib, boshqaruv pulti yordamida mikrosxema faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib navbatchi rejimga o‘tkazib qo‘yish imkoniyatlari mavjud.
Zamonaviy apparaturalarning ta’minot manbalaridan optopara IC 2817 dan foydalaniladi, ular kirish hamda chiqish kuchlanishlarini boshqarish uchun mo‘ljallangan. Chiqishda kuchlanish ko‘payib ketsa, kirishdagi kontroller yordamida bu kuchlanishni kamaytiradi. Optoparada yorug‘lik diodi va fototranzistor joylashtirilgan. Optoparada to‘rtta chiqish oyoqchasi bor. Ikkitasi diod uchun, ikkitasi tranzistorning kollektor va emitteri uchun, yorug‘lik diodidan tok oqib o‘tganda tranzistorning bazasiga yorug‘lik nuri tushib, tranzistorni ochadi va unda tok oqib o‘tadi. Yorug‘lik diodining yorqinlik nuri qanchalik ko‘p bo‘lsa, tranzistor shunchalik ko‘p ochiladi va undan ko‘p tok oqib o‘tadi. Optoparani ikkita multi-testerda tekshiriladi. Birinchi HC260 multi-testerning ko‘p vaziyatli kalitini X1 darajasiga qo‘yib, diodning anod va katodiga shchuplarini qo‘yganda multi-testerning batareyasi orqali dioddan tok oqib o‘tib tranzistorni ochadi va tranzistorning kollektor emitteridan tok oqib o‘tishini ikkinchi testerda tekshirib ko‘rish mumkin.
8-jadval

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling