O’zbеkistоn rеspublikas I aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikats iyalarini rivоjlantiris h vazirligi


Download 1.71 Mb.
bet14/23
Sana02.01.2022
Hajmi1.71 Mb.
#194906
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
fhdyo bolimi axborot tizimini loyhalash

II BOB. ASOSIY QISM
2.1-§. Veb texnologiyalar asosida axborot tizimlarini yaratish.
Davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari asosida O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir – biriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash, axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Korporativ elektron ma’lumotnoma ham veb texnalogiyalar asosida yaratilgan axborot tizimi bo‘ladi. Shunday ekan, uni yaratish va amalda qo‘llash axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining amalda bajarilayotganining yaqqol namoyondasidir.
Ma'lumki, insoniyat axborotlashtirish sohasida haqiqiy inqilobiy o‘zgarishlar davrini boshidan kechirmoqda, buning natijasida esa umumjaxon axborotlashgan jamiyati shakllanmoqda. Shu boisdan mamlakatimiz mustaqilligining ilk yillaridayoq Respublika Prezidenti I. Karimov: ”Biz yaqin yillar davomida aloqa va telekommunikatsiya rivoji bo‘yicha jahon standartlari darajasiga ko‘tarilishimiz lozim. Rivojlangan kommunikatsiya tizimi bo‘lmasa, O‘zbekistonning kelajagi bo‘lmaydi. Biz buni aniq xis qilishimiz lozim.” - deb yozgan edi.
Kelgusida axborot-kommunikatsiya tizimi rivojini respublika iqtisodiy taraqqiyotining bosh yo‘nalishlaridan biriga aylantirish uchun quyidagi vazifalarni birinchi o‘rinda hal etish talab etiladi. Soha rivoji uchun qulay bo‘lgan iqtisodiy hamda huquqiy muhitni davr talablariga mos ravishda takomillashtirish, sohada mulkiy munosabatlarni erkinlashtirish va axborot - kommunikatsiya xizmatlari bozorini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanishini kuchaytirish, sohada faoliyat

yuritayotgan firma va kompaniyalar faoliyatini qo‘llab - quvvatlash, eng asosiysi, sohaning respublikada tarkib topayotgan bozor munosabatlari talablariga javob beradigan oqilona boshqaruv tizimini yaratish va bu yo‘nalishda chuqur sifat o‘zgarishlarini amalga oshirish lozim. Tabiiyki bunday sifat o‘zgarishlari chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borishni talab etadi. Ayniqsa bu ilmiy tadqiqotlar bugungi bozor munosabatlari shakllanayotgan jamiyatimiz taraqqiyotiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shadi.


Bugungi kunda zamonaviy kommunikatsiya asosida yangi informatsion texnologiyalar yaratilmoqda. Bu ish yuritishning «qog‘ozsiz usuli», «elektron pochta», «Internet», «kompyuter grafikasi» optik disklar orqali ilgari mavjud bo‘lgan alohida informatsion texnologiya vositalarini birlashtirish va ularni yuqori moslashuvchanlik bilan ishlashni ta'minlash imkonini beradi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillaridayoq bozor munosabatlariga o‘tishni o‘z oldagi maqsad qilib qo‘ygan edi. Shu maqsadda hukumatimiz tomonidan “Taraqqiyotning O‘zbek modeli” ishlab chiqildi. Unga ko‘ra jamiyatimizda bozor iqtisodiga o‘tish bosqichma-bosqich amalga oshirish ko‘zda tutilgan edi. Shuning o‘zi bozor munosabatlari mamlakat hayotida muxim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda jamiyatimizda bozor munosabatlari ustuvor
yo‘nalishiga aylanib ulgirgan. Shuning bozor munosabatlari iqtisodiyotning asosi hisoblanadi. Iqtisodiyotni zamon bilan hamnafas rivojlanishida zamonaviy axborot texnologiyalari muhim o‘rin egallaydi. Shuningdek sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etish bugungi kunda jahon talabiga aylanmoqda.

Hozirgi kunga kelib jamiyatimizning barcha sohalarini zamonaviy


texnologiyalar bilan birgalikda tarmoqlangan(taqsimlangan) texnologiyalar egallamoqda. Tarmoqlangan texnologiyalar bu ishchi stansiyalarning bir-biriga ulab taqsimlangan ish prinsipini tashkil qilishdir.
Hozirga kelib internet zamonamizning eng katta axborot bazasiga
aylangan. Zamon bilan teng rivojlanish va eng zamonaviy bilimlarni egallashda internetning o‘rni beqiyosdir.
Internetdagi veb sahifalar va axborot tizimlari veb texnologiyalar asosida yaratilmoqda.
Ba`zi axborot tizimlarini yaratishda veb texnologiyalardan
foydalaniladi. Veb texnologiyalarga asoslangan dasturlash tillariga quyidagilarni misol keltirishimiz mumkin: ASP, JAVASCRIPT, PHP,
JSP,... Biz ushbu malakaviy bitiruv ishida veb texnologiyalarga asoslangan dasturlash tillaridan bo‘lgan PHP, JAVASCRIPT va MySQL so‘rovlari yordamida MySQL bazalaridan foydalanamiz. PHP da MySQL bazalariga murojaatni ta'minlash maqsadida APACHE serveridan foydalaniladi. Shuningdek Veb texnologiyalarga asoslangan dasturlash tillari yordamida yaratilgan dasturlar tarmoqqa ulangan ishchi stansiyalar orasida samarali va tezkor aloqani ta'minlaydi. Shuning uchun internetda dasturlashda ushbu tillardan foydalaniladi.
Ko‘pgina korxona, tashkilotlar va firmalar o‘zlarini ish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash uchun elektron ma'lumotlar bazalaridan foydalanadilar. Ma'lumotlar bazalari Clipper, Dbase, FoxPro, Paradox, Access fayllaridan foydalangan holda amalga oshirilar edi. Odatda ular bir


  • birlaridan mustaqil ravishda qo‘llaniladi. Agar ma'lumotlar bunday ma'lumotlar bazalarida saqlansa va mutaxassis bo‘lmagan boshqa

foydalanuvchilar bu bazadan foydalanmoqchi bo‘lsa, u holda ma'lumotlar bazasini tarqatish uchun ma'lumotlar bazasini boshqarish sistemalari orqali yaratilgan qog‘ozli hisobotlar qo‘llanilgan. Endi bo‘lsa ushbu



ma’lumotlar bazalari saytlarga joylashtirilib, foydalanish uchun yengil
bo‘lgan axborot tizimlariga aylantirilmoqda. Xorazm viloyati korporativ elektron ma`lumotnomasini ma’lumotlar bilan to‘ldirish uchun elektron ma'lumotlar bazalaridan foydalanish zarur bo‘ladi. Kompyuter tarmoqlari uchun yaratilgan korporativ tizimlar asosan ko‘pchiligi Veb - sahifa ko‘rinishida tashkil etilib, ularda foydalanuvchi interfeysi Veb ko‘rinishida amalga oshiriladi. Demak, Veb saytni yaratish uchun zarur ma'lumotlar bazasini boshqarishda tanlanadigan.
Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish Sistemasiga (MBBS) Veb - texnologiyalari orqali murojat etish imkoniyati mavjud bo‘lishi lozim. Bunig uchun MySQL ma'lumotlar bazasini boshqarish sistemasi tanlanadi.
Veb - brauzer, ya'ni foydalanuvchi bergan so‘rovga Veb - server javob berishi uchun maxsus dastur - CGI skriptni ishga tushiradi. Bunda Veb - server CGI skriptga parametr sifatida foydalanuvchi so‘rovidagi parametrlarni beradi. CGI - skript o‘z navbatida MYSQL ma'lumotlar bazasini boshqarish sistemasiga murojaat qiladi va berilgan parametrlar asosida ma'lum amallarni bajaradi. Olingan natijalar Veb - server
tomonidan HTML hujjat shaklida so‘rov bergan foydalanuvchiga va mijozga javob sifatida jo‘natiladi.Tizimni yaratishda Veb - server sifatida Apache tanlangan. Ma'lumotlar bazasini boshqarish sistemasi sifatida MySQL tanlangan.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling