O’zbеkistоn rеspublikas I aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikats iyalarini rivоjlantiris h vazirligi
-§. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tahlili
Download 1.71 Mb.
|
fhdyo bolimi axborot tizimini loyhalash
1.2-§. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tahlili.
FHDYO organlari quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: tug‘ilganlik, o‘lim, nikoh, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd etish; dalolatnoma yozuvlarini tiklash; etarli asoslar mavjud bo‘lib, manfaatdor shahslar o‘rtasida nizo bo‘lmaganda, farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish, jinsni o‘zgartirish faktlari bo‘yicha fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish. Oila kodeksining 203-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalari konsul tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq qayd etiladi. Dalolatnoma yozuvlari oilaviy holati va shahsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qayd etiladi. FHDYO organlari tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 1-bandida ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshirish natijasida tug‘ilganlik, o‘lim, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik haqida gerbli guvohnomalar (dastlabki va takroriy ravishda) beriladi. Gerbli guvohnoma blanklari qat'iy hisobda turuvchi blanklar hisoblanadi va ma'lum seriya, tartib raqamiga ega bo‘lib, Adliya vazirligi buyurtmasiga ko‘ra faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi «Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosma fabrikasida (bundan buyon matnda «Davlat belgisi» bosma fabrikasi deb yuritiladi) muhofazalangan qog‘ozlarda tayyorlanadi. Gerbli guvohnomalar blanklarini «Davlat belgisi» bosma fabrikasidan qabul qilish, hisobga olish, saqlash va topshirish (jo‘natish) Adliya vazirligining buyrug‘i bilan tayinlangan mas'ul hodimlar zimmasiga yuklatiladi. Gerbli guvohnomalar blanklarini Adliya vazirligidan qabul qilib olish, hisobga olish, saqlash va topshirish Qoraqalpo g‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda «adliya boshqarmasi» deb yuritiladi) boshliqlarining buyrug‘i bilan tayinlangan mas'ul hodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Adliya boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan uch kishi (boshqarma boshlig‘ining FHDYO organlariga rahbarlik qiluvchi o‘rinbosari, bosh hisobchi va FHDYO ishlari bo‘yicha mas'ul hodim)dan iborat tarkibda tuzilgan mahsus komissiya gerbli guvohnoma blanklarini qabul qilayotganida o‘ramlar sonini, o‘ram yorlig‘ining butunligini, agar buzilgan bo‘lsa o‘ram yorlig‘ida ko‘rsatilgan guvohnoma raqamlari va soni to‘g‘riligini, guvohnomalar soni yukhat bilan to‘g‘ri kelish kelmasligini tekshirishi va bu haqda uch nushada dalolatnoma tuzishlari zarur. Shuningdek, ushbu komissiya tomonidan FHDYO organlarida va shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘inlarida (bundan buyon matnda «QFY» deb yuritiladi) to‘ldirish chog‘ida buzilgan guvohnomalar dalolatnoma asosida qabul qilib olinadi va 2 nushada tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha har yili bir marta yondirib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilinadi. Mazkur dalolatnomaning bir nushasi yillik hisobot bilan Adliya vazirligiga taqdim qilinadi. FHDYO organlarida dalolatnoma yozuvlarining har bir turi bo‘yicha mahsus alfavit daftarlari yuritiladi. qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar shu kunning o‘zida tegishli alfavit daftarlariga yozib boriladi Alfavit daftarlari tug‘ilganlik, nikoh, nikohdan ajralganlik, o‘lim haqida qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari asosida alohida va bir yo‘la ikki nushada yoziladi. Dalolatnoma yozuvlarida familiya va ism o‘zgartirilgan barcha hollarda yangi familiya va ism ushbu dalolatnoma yozuvlari qayd etilgan yildagi alfavit daftariga kiritiladi. Avvalgi familiya va ismi alfavitdan o‘chirilmaydi. Alfavit daftarining muqovasida mazkur daftar qaysi dalolatnoma yozuvi bo‘yicha va qaysi yil(lar) uchun yuritilayotganligi yozib qo‘yiladi. QFY lari har oylik hisobotdan keyin qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha familiya va ismlarni tuman (shahar) FHDYO bo‘limi alfavit daftariga FHDYO bo‘limi mas'ul hodimi nazorati ostida kiritib boradi. Nikoh va nikohdan ajralganlik haqida alfavit daftarlariga er hamda hotinning familiya va ismlari alohida-alohida kiritiladi. Alfavit daftarlarining bir nushasi joriy yil tugashi bilan (yangi yilning yanvar oyining 15-kunidan kechiktirmay) keyinchalik kompyuter bazasiga kiritish uchun Adliya boshqarmalari FHDYO arhivlariga topshiriladi. Boshqa FHDYO organlaridan kelgan guvohnomalar uchun alfavit daftari alohida yuritiladi Hat, habarnoma va arizalarni ro‘yhatga olish FHDYO organiga kelgan barcha hat, habarnoma va arizalar kelgan kunida ro‘yhatga olish kitobiga kirim qilinib, shu kuniyoq ijroga qaratilib, qonunda belgilangan muddatlarda ijro etilishi lozim. Barcha kirim qilingan hujjatlarning birinchi varag‘ining pastki o‘ng burchagiga kirim qilingan sana va kirim raqami yozib qo‘yiladi Ijro etilgan hatdagi chiqish raqami kirim raqami bilan bir hil bo‘ladi. FHDYO organida tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi takroriy guvohnoma berishni so‘rab murojaat qilingan arizalarni ro‘yhatga olish daftarlari mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasida keltirilgan shakl bo‘yicha har bir fuqarolik holati dalolatnomalari uchun alohida yuritiladi. FHDYO organining o‘z tashabbusiga ko‘ra jo‘natilayotgan hat, habarnoma va arizalar alohida chiqish kitobida ro‘yhatdan o‘tkazilib raqamlanadi FHDYO organlarida ish yuritishni ihchamlashtirish va tartibli olib borish maqsadida har bir FHDYO organida Ish hujjatlari nomenklaturasi yuritiladi Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling