O’zbеkistоn rеspublikas I aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikats iyalarini rivоjlantiris h vazirligi


I. Gerbli guvohnomalarni hisobga olish, saqlash va sarflash


Download 1.71 Mb.
bet5/23
Sana02.01.2022
Hajmi1.71 Mb.
#194906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
fhdyo bolimi axborot tizimini loyhalash

I. Gerbli guvohnomalarni hisobga olish, saqlash va sarflash
1. Gerbli guvohnoma blanklari qat’iy hisobda turuvchi blanklar hisoblanadi va ma’lum seriya, tartib raqamiga ega bo‘lib, Adliya vazirligi buyurtmasiga ko‘ra faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi «Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosma fabrikasida (bundan buyon matnda «Davlat belgisi» bosma fabrikasi deb yuritiladi) muhofazalangan qog‘ozlarda tayyorlanadi.
Gerbli guvohnomalar blanklarini «Davlat belgisi» bosma fabrikasidan qabul qilish, hisobga olish, saqlash va topshirish (jo‘natish) Adliya vazirligining buyrug‘i bilan tayinlangan mas’ul xodimlar zimmasiga yuklatiladi.

Gerbli guvohnomalar blanklarini Adliya vazirligidan qabul qilib olish, hisobga olish, saqlash va topshirish Qoraqalpo g‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda «adliya boshqarmasi» deb yuritiladi) boshliqlarining buyrug‘i bilan tayinlangan mas’ul xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.




  1. Adliya boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan uch kishi (boshqarma boshlig‘ining FHDYO organlariga rahbarlik qiluvchi o‘rinbosari, bosh hisobchi va FHDYO ishlari bo‘yicha mas’ul xodim)dan iborat tarkibda tuzilgan maxsus komissiya gerbli guvohnoma blanklarini qabul qilayotganida o‘ramlar sonini, o‘ram yorlig‘ining butunligini, agar buzilgan bo‘lsa o‘ram yorlig‘ida ko‘rsatilgan guvohnoma raqamlari va soni to‘g‘riligini, guvohnomalar soni yukxat bilan to‘g‘ri kelish kelmasligini tekshirishi va bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuzishlari zarur. Shuningdek, ushbu komissiya tomonidan FHDYO organlarida va shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘inlarida (bundan buyon matnda

«QFY» deb yuritiladi) to‘ldirish chog‘ida buzilgan guvohnomalar dalolatnoma asosida qabul qilib olinadi va 2 nusxada tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha har yili bir marta yondirib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilinadi. Mazkur dalolatnomaning bir nusxasi yillik hisobot bilan Adliya vazirligiga taqdim qilinadi.


3. «Davlat belgisi» bosma fabrikasidan qabul qilingan gerbli guvohnomalar blanklari Adliya vazirligida shu kuniyoq zudlik bilan saqlanishi uchun mas’ul shaxs tomonidan, yukxat asosida gerbli guvohnomalar hisobini yuritish daftariga ularning hisobi, guvohnomaning turi, seriyasi, raqami, soni va qabul qilingan vaqti ko‘rsatilgan holda kirim qilinadi.


    1. Adliya vazirligidan qabul qilingan gerbli guvohnoma blanklari adliya boshqarmasida, shu kuniyoq zudlik bilan saqlanishi uchun mas’ul shaxs tomonidan yukxat asosida gerbli guvohnomalar hisobini yuritish daftariga ularning hisobi, guvohnomaning turi, seriyasi, raqami, soni va qabul qilingan vaqti ko‘rsatilgan holda kirim qilinadi .

Adliya boshqarmasidan qabul qilingan gerbli guvohnomalar FHDYO organlarida, FHDYO bo‘limlaridan qabul qilingan gerbli guvohnomalar QFY larida xuddi shu tarzda kirim qilinadi .


Xuddi shu tartibda gerbli guvohnomalarni hisobga olish va tarqatish daftari Adliya vazirligining Ishlar boshqarmasi tomonidan yuritiladi.
Tashqi Ishlar vazirligi konsullik muassasalari gerbli guvohnomalar blankalari bilan, ehtiyojiga qarab, Toshkent shahri uchun tayyorlatilgan seriyadagi gerbli guvohnomalar hisobidan ta’minlanadi.


    1. Adliya boshqarmasida gerbli guvohnomalarni FHDYO bo‘limlari va Nikoh uylariga, FHDYO bo‘limlarida esa FHDYO harakatlarini yurituvchi QFY ga tarqatish daftarlari yuritiladi. Ular raqamlanib, tikilib, adliya boshqarmasining rahbariyati tomonidan imzolanib, muhrlanadi.




    1. Adliya boshqarmasi FHDYO bo‘limlari, Nikoh uylarini gerbli guvohnoma blanklari bilan uch oylik ehtiyoji miqdorida (chorak hisobotini qabul qilgandan keyin) ta’minlaydi va sarflanishi ustidan har chorak hisobotlarini qabul qilishda sarflash daftari bilan taqqoslab tekshirib, nazorat qiladi.

Adliya boshqarmasidan gerbli guvohnomalar FHDYO organlari rahbarlariga, ular vaqtincha bo‘lmaganida (xizmat safari, ta’til, kasallik va h. k.) tegishli buyruq bilan ularning vazifasini bajarish vaqtincha yuklatilgan xodimga gerbli guvohnomalarni tarqatish daftarida ularning lavozimi, familiyasi yozilib, imzosi qo‘ydirilgan holda beriladi.




  1. FHDYO bo‘limlari QFYlarini har chorakda 1-shakl hisobotini qabul qilgandan keyin, bir choraklik ehtiyoji miqdorida gerbli guvohnoma blanklari bilan ta’minlaydi va sarflanishi ustidan har oylik 97-shakl hisobotini qabul qilishda sarflash daftari bilan solishtirib nazorat qiladi.

FHDYO bo‘limlaridan gerbli guvohnomalar QFY raislariga, ular vaqtincha bo‘lmaganida (xizmat safari, ta’til, kasallik va h. k.) tegishli buyruq bilan ularning vazifasini bajarish vaqtincha yuklatilgan xodimga gerbli guvohnomalarni tarqatish daftariga ularning lavozimi, familiyasi yozilib, imzosi qo‘ydirilgan holda beriladi.




  1. Gerbli guvohnoma blanklarining yo‘qolganligi yoki noqonuniy sarflanganligi holatlari aniqlangan hollarda 24 soat ichida Adliya vazirligiga maxsus xabar berilishi va besh kun ichida xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi, zarur hollarda, tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berilishi lozim.




  1. Adliya boshqarmasida gerbli guvohnomalarning hisobga olinishi, saqlanishi va sarfi bo‘yicha mas’uliyat boshqarma boshlig‘ining FHDYO organlariga rahbarlik qiluvchi o‘rinbosariga, FHDYO organlarida FHDYO organi rahbarlariga va QFY raislariga yuklatiladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan mas’ul shaxslar uzrli sabablarga ko‘ra ishda vaqtincha bo‘lmaganida (ta’til, xizmat safari, kasallik sababli va h. k.), javobgarlik tegishli buyruq bilan tayinlangan shaxslarga yuklatiladi.




  1. FHDYO organlari adliya boshqarmasidan gerbli guvohnomalarni qabul qilib olayotganida, maxsus komissiya a’zolari ishtirokida har bir guvohnoma o‘rami alohida ochilgan holda tekshirib ko‘riladi. Blankalarning yetishmasligi yoki nuqsoni borlari (himoya kataklarining, bosma matnning yo‘qligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari

bo‘lgan, qiyshaygan shriftli, noto‘g‘ri kesilgan va noto‘g‘ri shaklli, seriya va tartib raqamlari yo‘q bo‘lgan yoki o‘ram yorlig‘iga boshqacha tarzda nomuvofiq bo‘lgan blankalar) aniqlangan taqdirda maxsus komissiya tomonidan uch nusxada dalolatnoma tuziladi va shu kuniyoq Adliya vazirligiga faks orqali maxsus xabar qilinadi. Dalolatnomaning birinchi va ikkinchi nusxalari nuqsonli blankalar chiqqan o‘ram yorlig‘i va nuqsoni bor blankalar hamda ilova xat bilan uch kun ichida Adliya vazirligiga jo‘natiladi. Bu holda dalolatnomaning ikkinchi nusxasi Adliya vazirligida qoldirilib, birinchi nusxasi o‘ram yorlig‘i va nuqsoni bor blankalar bilan tegishli xat orqali «Davlat belgisi» bosma fabrikasiga jo‘natiladi. Dalolatnomaning uchinchi nusxasi o‘ram yorlig‘i kseronusxasi bilan bevosita adliya boshqarmasida qoldiriladi.




  1. FHDYO organlarining adliya boshqarmasidan qabul qilib olgan guvohnomalarni kirim qilish daftari raqamlanib tikiladi va adliya boshqarmasi boshlig‘ining FHDYO organlariga rahbarlik qiluvchi o‘rinbosari tomonidan imzolanib, muhrlanadi. QFYlarining FHDYO bo‘limlaridan olingan gerbli guvohnomalarni kirim qilish daftari raqamlangan holda tikilib, FHDYO bo‘limining mudiri tomonidan imzolanib, muhrlanadi.

Adliya boshqarmasidan qabul qilingan gerbli guvohnomalar FHDYO bo‘limlari tomonidan va FHDYO bo‘limlaridan qabul qilingan gerbli guvohnomalar QFYlari tomonidan shu kuniyoq ularning hisobi va saqlanishi uchun mas’ul shaxs tomonidan kirim qilish daftariga gerbli guvohnomaning turi, seriyasi, raqami, soni va qabul qilingan vaqti ko‘rsatilgan holda kirim qilinadi .




  1. FHDYO organida gerbli guvohnomalarning hisobga olinishi,

sarflanishi va saqlanishi uchun mas’ul mansabdor shaxs almashgan


hollarda gerbli guvohnomalarni va ularning hisobot hujjatlarini qabul qilish-topshirish ishlari adliya boshqarmasi boshlig‘ining FHDYO organlariga rahbarlik qiluvchi o‘rinbosari ishtirokida amalga oshiriladi va bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Yangi mas’ul xodimga gerbli guvohnoma blankalarini hisobga olish, saqlash va sarflash mas’uliyati yuklatiladi.


QFY raisi almashgan hollarda esa gerbli guvohnoma blankalarini va ularning hisobot hujjatlarini qabul qilish-topshirish shu fuqarolar yig‘ini joylashgan hududdagi FHDYO bo‘limi mudiri yoki uning vazifasini bajaruvchi xodim ishtirokida amalga oshiriladi va bu haqda 3 nusxada dalolatnoma tuziladi. Alohida hollarda tegishli FHDYO bo‘limining xabariga ko‘ra bu masalani hal etish uchun adliya boshqarmasi tomonidan mas’ul xodimlar jalb etilishi mumkin.
13. Qat’iy hisobdagi gerbli guvohnoma blankalari adliya boshqarmasida maxsus jihozlangan, begona shaxslar kirishi taqiqlangan alohida xonalarda, FHDYO organlari va QFYlarida po‘lat seyflarda yoxud maxsus temir shkaflarda saqlanishi zarur.
Gerbli guvohnoma blankalari bilan ishlash huquqiga, ularning hisobga olinishi, saqlanishi va sarfi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslargina egadirlar. Gerbli guvohnoma blankalari turgan xonaga kirish va blankalar bilan tanishishga, ular uchun mas’ul shaxslardan tashqari, ularning ishtirokida, adliya boshqarmasi va Adliya vazirligining mas’ul xodimlari haqlidirlar.


  1. Ishdan tashqari vaqtlarda gerbli guvohnomalar saqlanib turgan temir shkaflar, seyflar va xonalar belgilangan tartibda muhrlangan bo‘lishi lozim.




  1. FHDYO organlari faoliyati Adliya vazirligi va adliya

boshqarmasi tomonidan o‘rganilganda gerbli guvohnoma blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va sarflanishi holatlari albatta tekshiriladi va natijasi haqida alohida ma’lumotnoma tuziladi.




  1. FHDYO organlarida gerbli guvohnomalarni sarflash daftarlari gerbli guvohnomalarning har bir turi uchun alohida yuritiladi.




  1. FHDYO organlarining gerbli guvohnomalarni sarflash daftarlari tikilib, raqamlanib, adliya boshqarmasi boshlig‘ining FHDYO organlariga rahbarlik qiluvchi o‘rinbosari tomonidan, QFYlarining sarflash daftarlari esa tegishli FHDYO bo‘limi mudiri tomonidan imzolanib, sanasi ko‘rsatilgan holda muhrlanishi shart.

Gerbli guvohnomalarni sarflash daftarlari qat’iy hisobda yuritilishi


lozim.
Adliya boshqarmasi tomonidan FHDYO organlariga faqat gerbli guvohnomalarni sarflash daftarlari to‘liq to‘ldirilib, tugatilganidan keyin yangi daftarlar beriladi. Berilayotgan daftarlar raqamlanib, ularni tarqatish bo‘yicha alohida kitobga qayd qilinadi va olgan shaxsga imzo qo‘ydiriladi.


  1. O‘tgan yilning yillik hisobotidan ortib qolgan gerbli guvohnomalar sarfi sarflash daftarida joriy yilning 1 yanvarida 1-tartib raqamidan boshlab olib boriladi.




  1. Gerbli guvohnomalarning har bir alohida ochilgan o‘rami yangidan 1-tartib raqamidan boshlab sarflanadi.




  1. Takroriy beriladigan gerbli guvohnomalarni sarflash daftarlari alohida yuritiladi.Takroriy sarflash uchun guvohnomalar, adliya boshqarmasi tomonidan FHDYO organining ehtiyojini hisobga olgan holda beriladi.

Adliya boshqarmasi FHDYO arxivlarida ham xuddi shu tartibda


takroriy guvohnomalarni sarflash daftarlari yuritiladi .


Bu guvohnomalarning yil oxiriga qoldig‘i mazkur Yo‘riqnomaning 21-bandida ko‘rsatilgan tartibda davom ettiriladi.


  1. Sarflash daftariga yozuvlar gerbli guvohnomalarni to‘ldirish oldidan kiritiladi. Sarflash daftarida aniqlangan xato bitta chiziq bilan o‘chiriladi va keyingi qatorga to‘g‘ri yozuv kiritiladi.




  1. Sarflash daftarlariga kiritilgan har bir tuzatish shu varaqning pastki qismida izohlanib, muhr bilan tasdiqlanishi zarur.

Gerbli guvohnomalarni sarflashda guvohnoma raqamlarining ketma-ketlik qoidasini buzish, sarflash daftaridagi yozuvlarni o‘chirish, bo‘yash, ustidan qog‘oz yopishtirish qat’iyan man etiladi.


Sarflash daftarida har oyda, chorakda sarflangan guvohnomalarni orada ochiq qatorlar qoldirib ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.
FHDYO bo‘limlari va QFY larida to‘ldirish vaqtida buzilgan gerbli guvohnomalar tegishli dalolatnoma tuzilib, har chorakda gerbli guvohnomalar hisoboti bilan birga adliya boshqarmasiga topshiriladi.
Adliya boshqarmasining gerbli guvohnomalar uchun mas’ul xodimi ishtirokida ularning seriya, tartib raqamlari qirqib olinib dalolatnomaning 1-nusxasiga ilova qilingandan keyin, maxsus komissiya ishtirokida yoqish yo‘li bilan yo‘q qilinadi


  1. Har oyda, chorakda qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari haqida hamda har chorakda sarflangan va qoldiq gerbli guvohnomalar to‘g‘risida hisobotlar tuziladi va tegishliligi bo‘yicha FHDYO organlari, adliya boshqarmasi va Adliya vazirligiga topshiriladi. Hisobotlarning to‘g‘riligi uchun QFY larida ularning raislari, FHDYO bo‘limlarida va Nikoh uylarida ularning rahbarlari, adliya boshqarmasida boshqarma boshlig‘ining FHDYO organlariga rahbarlik qiluvchi o‘rinbosari mas’ul

bo‘ladi.




    1. Download 1.71 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling