O’zbеkistоn rеspublikas I aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikats iyalarini rivоjlantiris h vazirligi


Bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha adabiyotlar sharxi


Download 1.71 Mb.
bet3/23
Sana02.01.2022
Hajmi1.71 Mb.
#194906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
fhdyo bolimi axborot tizimini loyhalash

Bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha adabiyotlar sharxi. Ushbu bitiruv malakaviy ishni bajarish mobaynida mavzuga tegishli bir qancha darslik, o‘quv adabiyotlari xamda ilmiy nazariy anjuman materiallari o‘rganib chiqildi. “FHDYO” bo‘limi axborot tizimini yaratishda sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlardan foydalanildi. O‘rganilgan adabiyotlar
taxlil qilingan xolda bitiruv malakaviy ishida qo‘yilgan masalalar tayyorlandi.


I BOB. MASALANING QO‘YILISHI VA TIZIMLI TAHLIL

1.1-§. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarining
meyoriy-huquqiy xujjatlar tahlili.
O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi hay’atining qarori
O‘zbekiston respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006 yil 22 aprelda 1564-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ish yuritishning yagona uslubini joriy etish, hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirish, fuqarolarga malakali huquqiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, ish unumdorligini oshirish maqsadida Adliya vazirligi hay’ati qaror qiladi:


  1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2006 yil 1 iyundan amalga kiritilsin.




  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari:

barcha FHDYO organlarini va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish harakatlarini amalga oshirish vakolati berilgan shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) ish yuritishni to‘g‘ri tashkil etilishi va mazkur Yo‘riqnoma talablariga qat’iy rioya etishni;


joriy yilning may oyida mazkur Yo‘riqnomani amaliyotga tatbiq etish yuzasidan FHDYO organlari xodimlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish harakatlarini amalga oshirish vakolati berilgan

shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) bilan seminar mashg‘ulotlarini tashkil etishni ta’minlasinlar.




  1. Notarial, FHDYO va advokatura boshqarmasi (P. Samatov): 2006 yil may oyida ushbu Yo‘riqnoma qoidalarini qo‘llash bo‘yicha

seminar o‘tkazishni tashkillashtirsin;
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlarida ish yuritishni muntazam ravishda nazorat qilib borishni ta’minlasin.


  1. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (N. Burxonov) ushbu hay’at qarorini davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin va O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.




  1. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi

(U. Ayubov) ushbu hay’at qarorini «O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami» — «Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan»da nashr etishni ta’minlasin.




  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay’atining 2000 yil 5 iyundagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlarida ish yuritish tartibi haqidagi yo‘riqnoma o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.




    1. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling