O‘zbekiston respublikasioliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona politexnika instituti mexanika-mashinasozlik fakultedi mst va a kafedrasi
Download 81.36 Kb.
|
taqdimot 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu; AQSH va Rossiya patent xuquqshunosligi . REJA;
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI MEXANIKA-MASHINASOZLIK FAKULTEDI MsT VA a KAFEDRASI
Mavzu; AQSH va Rossiya patent xuquqshunosligi. REJA; 1) AQSh patent xuquqining xususiyatlari. 2) Rossiya patent xuquqining xususiyatlari. AQSh patent xuquqining xususiyatlari. AQShdagi patent xuquqi chuqur tarixiy an’analarga ega. Amalda mustaqillikning birinchi qadamlaridan (1783 yildan) AQShda samarali patent tizimi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining rag’batlantiruvchi kuchi hisoblanadi. 1787 yilda qabul qilingan Konstitustiyasining o’zida "Muallif va ixtirochilarga tegishli adabiy asarlar va ixtirolarga mutlaq xuquqlarni cheklangan vaqt davriga berish bilan ilm-fan va foydali san’at taraqqiyotiga ko’maklashishga ... Kongress xaqlidir" deb yozilgan edi. Shunga muvofiq, AQSh Kongressiga patent qonunini chiqarish va qayta ko’rib chiqish vakolati berilgan. Patent egasining mutlaq xuquqini va tekshiruv tizimini mustahkamlagan AQShning birinchi patent qonuni 1790 yilda qabul qilingan. Shundan so’ng 1793 yilda bu qonun patentlarni berish tartiblarini soddalashtirib qayta ko’rib chiqilgan. Natijada 1836 yilda Amerika patent-huquq tizimining asosiy belgi va xususiyatlarini belgilatan yangi patent qonuni qabul qilindi. Shundan beri patent qonuni bir necha bor takomillashtirildi, lekin uning xarakterli jihatlari AQSh zamonaviy patent xuquqida saqlanib qoldi. AQShning bosh patent tashkiloti Patent va tovar belgilari bo’yicha AQSh Idorasi hisoblanib, tuzilishi jihatidan AQSh Tijorat departamenti (savdo vazirligiga o’xshash) tarkibiga kiradi. Bu Idora jahonning boshqa mamlakatlaridagi patent idoralariga o’xshash funkstiyalarni bajaradi, xususan, talabnomalar ekspertizasini o’tkazadi, patentlar beradi, patent ma’lumotini nashr qiladi va hokazo. Apelyastiya masalalarini hal qilish uchun 1982 yil 1 oktyabrdan patent huquqi nizolari bilan bog’liq barcha appelyastiyalarni ko’rib chiqish bo’yicha yagona sud hisoblanadigan Federal apelyastiya sudi (Sourt of Arrea1s fog Federal Sircuit) faoliyat ko’rsatadi. Shubhasiz, AQSh patent xuquqining muhim xususiyati unda sud prestedenti kabi xuquq manbaining mavjudligi hisoblanadi. Bunday prestedent kuchga kirgan sud qarorining asoslangan qismidan iborat bo’lib, bu shunga o’xshash ishlarni o’sha yoki pastki instanstiyadagi sudlarda ko’rib chiqishda me’yor bo’ladi. Bunday tizim boshqa ko’pchilik mamlakatlar, masalan, Yevropa, sobiq SSSR mamlakatlari (jumladan O’zbekiston) xuquq tizimlaridan tubdan farq qiladi. Prestedent xuquqining mantiqiy xayotda yuzaga keladigan barcha xuquqiy vaziyatlar (nizolar)ni qonunan oldindan bilish mumkin emasligini tan olishdan iborat. Faqat sud jarayonlarida, haqiqiy vaziyatlar asosida muammoni hal qilishning eng to’g’ri yo’llarini belgilash mumkinki, ular prestedent, ya’ni boshqa o’xshash vaziyatlar uchun me’yoriy hujjat bo’ladi. AQSh patent xuquqining boshqa muhim jihati patentlarni talab qilishiing ixtiro tizimi hisoblanadi. AQSh patent qonuniga muvofiq faqat birinchi va haqiqiy ixtirochi patent olishga talabnoma berishi mumkin. Boshqa shaxslar, masalan, ixtirochining ish beruvchisi, talabnoma berish xuquqiga ega emas. Patent olishga talabnoma berish uchun xar bir talabnoma beruvchi o’zini patent sњrab olinayotgan ob’ektning xaqiqiy va birinchi ixtirochisi deb xisoblashi to’g’risida maxsus deklarastiyani to’ldirish kerak Bunday deklarastiya notarius yoki boshqa vakolatli shaxs ishtirokida ro’yxatga olinadigan maxsus qasamyod bilan almashtirilishi mumkin. AQShda deklarastiya yoki qasamyodda yolg’on ma’lumotlar berganlik uchun javobgarlik belgilangan. Odatda, yolg’onning aniqlanishi patent berishda avtomatik tarzda rad javobiga, qasddan yolg’on ma’lumot berish holatlari esa pul jarimalari to’lanishiga yoki 5 yil muxlatgacha qamoq jazosiga olib kelishi mumkin. Hozirgi vaqtda AQShda patentning uch turi beriladi: ixtiro uchun patent (utility patent) sanoat namunasi uchun patent (design patent) va seleksiya yutug’i uchun patent (plant ratent). AQSh patent xuquqining ajralib turadigan jihati shundan iboratki, ixtiro uchun patentning amal qilish muddati imtiyoz sanasidan emas, patent berilgan sanadan hisoblangan va 17 yilni tashkil etgan. Biroq, AQShning BSTga kirishi va TRIPSning imzolanishi sababli 1995 yil 8 iyulidan nizom kuchga kirib, unga ko’ra patentning amal qilish muddati birinchi talabnoma berilgan sanadan boshlab 20 yilga teng qilib belgilandi. Nizom 1995 yil 8 iyuligacha berilgan talabnomalarga tatbiq etilmasligini ta’kidlab o’tamiz. Sanoat namunasi uchun patentning amal qilish muddati 14 yilga, seleksiya yutug’i uchun patentniki esa 17 yilga teng.
Jaxon ma’lumotlar bazalariga kirish uchun Internet tarmog’idan foydalanish patent axborotini tezkor qidirish va ishlov berish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi. Xalqaro patent tasnifining maqsadi axborotni tezda qidirib topish va ishlov berish imkoniyatini ta’minlash uchun patent xujjatlarini sistemalashtirish (tartibga solish) tizimini yaratishdan iborat. Qabul qilingan tasniflash tizimi asosida patent fondlarida patent xujjatlari indeksastiyalanadi va joy-joyiga qo’yiladi, ma’lumotlar bazalarida axborot qidiriladi va xokazo. 1.8.2. Patent axborotini qidirish usullari. Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, jahon mamlakatlari patent xujjatlari XPT tashkil etish tarixi 1951 yilda, Yevropa patent ishlari bo’yicha kengashi tomonidan Patent tasnifi bo’yicha kichik komitet tashkil etilgan vaqtdan boshlanadi. Bu komitet, bir qator Yevropa davlatlari o’rtasidagi kelishuvga muvofiq, o’sha vaqtda qo’llanilayotgan ixtirolarni tasniflashning turli milliy tizimlarini unifikastyalashtirish ishlarini boshladi. 1954 yilda XPTning asosiy sxemasi tuzildi. 1966 yilda XPTning kichik guruxlargacha bo’lgan aniqlikdagi ishlanmasi (to’liq sxemasi) ni ishlab chiqish ishlari tugallandi va u 1968 yilning 1 sentyabridan boshlab kuchga kirdi. 1971 yilda Xalqaro patent tasnifi bo’yicha Strasburg bitimi tuzildi. Ushbu bitimning ishtirokchilari faqat 29 davlatdan iborat bo’lsa ham, aslida jaxonning 70 dan ortiq mamlakatidagi Patent idoralari, shuningdek mintaqaviy patent idorasi ham XPTdan foydalanadi. XPTning doimiy ravishda qayta ko’rib chiqish va uning zamon talablari darajasida bo’lishini ta’minlash uchun Strasburg bitimiga muvofiq ekspertlar komiteti ta’sis etilgan bo’lib, bitimning ishtirokchi davlatlari vakillari uning a’zosidir. XPT muntazam ravishda xar besh yilda bir marta qayta ko’rib chiqiladi 2000 yilning 1 yanvaridan boshlab XPTning ettinchi taxriri amal qilmoqda. Download 81.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling