O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining


Download 21.39 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi21.39 Kb.
#1018185
Bog'liq
2165-11 22.02.2018




[OKOZ:

1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari]

[TSZ:

1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 22-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2165-11]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 3-mh-sonli “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3114, 04.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-dekabrdagi 303-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165, 2010-yil 20-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 498-modda) bilan tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-fevral,
100-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 100-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 7-band qo‘yidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxs (bundan keyingi o‘rinlarda talabgor deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga bevosita yoki tegishli adliya boshqarmasi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
komissiya nomiga ariza;
pasport nusxasi;
belgilangan shaklda to‘ldirilgan shaxsiy varaqa;
mehnat daftarchasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki uning ish joyida tasdiqlangan nusxasi;
oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi).
Agar talabgor adliya organlari tizimida ishlayotgan bo‘lsa, ushbu bandning to‘rtinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilishi talab etilmaydi.
Ishchi organ tomonidan talabgorning malaka imtihonini topshirganligi, shuningdek malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamaganligi sababli malaka imtihonini qayta topshirganligi haqidagi malaka komissiyasi (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda komissiya)ning qaroridan ko‘chirma tegishli adliya boshqarmalari yoki O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasidan olinadi.”.
2. 12-banddan “175,” raqami chiqarib tashlansin.
3. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Tanlov ijtimoiy, huquqiy va notariat sohasidagi beshta savolga yozma va og‘zaki javob berish asosida o‘tkazilib, ularga tayyorlanish uchun to‘qson daqiqa vaqt ajratiladi.
Savollar komissiya raisi va mas’ul kotibining imzolari bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.”.
4. 22-banddagi hamda 23 va 25-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “Biletdagi savollarga” degan so‘zlar “Savollarga” degan so‘z bilan almashtirilsin.
5. 27-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “g‘olib deb topish uchun yetarli ball to‘play olmagan” degan so‘zlar “tanlovda olinishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam ball to‘plagan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 29-bandda:
oltinchi xatboshidan “bilet raqami va undagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshidan “biletdagi” degan so‘z chiqarib tashlansin.
7. 3-ilovadan “Bilet raqami: _________” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2165-11/0801-son)

Download 21.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling