[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 3-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2527-4]
Download 19.01 Kb.
|
2527-4 03.02.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 3-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2527-4]
- O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar RO‘YXATI
[OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash] [TSZ: 1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar] O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Qarori “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 3-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2527-4] O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Markaziy bank raisi M. NURMURATOV Toshkent sh., 2020-yil 23-dekabr, 329-V-4-son Moliya vaziri T. IShMETOV Toshkent sh., 2020-yil 15-dekabr, 57-son Kelishildi: Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV 2020-yil 15-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 23-dekabrdagi 329-V-4-son va Moliya vazirligining2020-yil 15-dekabrdagi 57-son qaroriga ILOVA O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Moliya vazirligining 2013-yil 14-oktabrdagi 329-V va 98-son “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2527, 2013-yil 19-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 47-son, 622-modda). 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-son “Tijorat banklari tomonidan budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2527-1, 2014-yil 27-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 26-son, 323-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 27-avgustdagi 329-V-2 va 123-son “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2527-2, 2018-yil 28-sentabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 10/18/2527-2/1974-son). 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Moliya vazirligining 2019-yil 12-apreldagi 329-V-3 va 48-son “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizomning 8-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2527-3, 2019-yil 22-aprel) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/2527-3/2986-son). (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2021-y., 10/21/2527-4/0079-son) Download 19.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling