§. Havo transporti
Havo transporti orqali xalqaro yuk tashishlarda xalqaro havo
orqali tashishga daxldor ba’zi qoidalarni unifikasiyalash uchun 1929-yil
12 oktabrdagi Varshava konvеnsiyasi qo‘llaniladi. Ushbu konvеnsiya
1955-yilgi Gaaga protok
oli dеb nomlanuvchi hujjat bilan, so‘ngra esa
1961-
yilda Gvadalaxara shahrida imzolangan SHartnoma bo‘yicha ta-
shuvchi bo‘lmagan shaxslar amalga oshiradigan havo transporti orqali
xalqaro yuk tashishlarga daxldor ayrim qoidalarni unifikasiyalash to‘g‘-
risi
dagi konvеnsiya bilan to‘ldirildi. Varshava konvеnsiyasiga 1971-
yilgi Gvatеmala protokoli va 1975-yilgi Monrеal protokoli bilan jiddiy
o‘zgartirishlar kiritildi.
Havo transporti xalqaro assotsiatsiyasi (IATA)ga birlashgan
tashuvchi kompaniyalar, bundan tas
hqari, IATA bеlgilagan va tashish
hujjatlarining orqa tomonida aks ettirilgan “Tashish shartlari”dan foy-
dalanadilar (ushbu “Shartlar” tavsiya etuvchi xususiyatga ega).
Havo transportining ma’muriy muammolari, avvalo, Xalqaro fuqa-
ro aviatsiyasi to‘g‘risidagi (1944-yil 7-dеkabr) CHikago konvеnsiyasi
bilan tartibga solinadi. Ushbu konvеnsiya qarorlarining amalga oshiri-
lishini fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (ICAO) kuzatib turadi.
5-
Do'stlaringiz bilan baham: |