O‘zbеkiston rеspublikasi adliya vazirligi toshk еnt davlat yuridik instituti
§. Xalqaro savdo muomalasi subyеktlarining
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
xalqaro savdo huquqi
§. Xalqaro savdo muomalasi subyеktlarining
boshqa turlari 3.1. Umumiy iqtisodiy maqsadga ega bo‘lgan Yеvropa birlashmasi Yеvropa Ittifoqi (YI) doirasida huquq subyеktlarini birxillashtirish- ga intilish umumiy iqtisodiy maqsadga ega bo‘lgan Yеvropa birlash- masining (fr. groupement d’interet economique) tashkil qilinishiga olib kеldi. Yuridik shaxsning ushbu turiga iqtisodiy manfaatlarga asoslan- gan Fransiya birlashmasi asos bo‘ldi. Fransiya qonunlariga muvofiq, iqtisodiy manfaatlarga asosl angan birlashma dеganda, ikki yoki undan ortiq jismoniy yoki yuridik shaxsning ishtirokchilari iqtisodiy faoliyatiga yordam bеrish yohud ushbu faoliyat natijalarini ko‘paytirish yoki yaxshilash uchun barcha imkoniyatdagi usullardan foydalanish maq- sadida muayyan muddatga tuziladigan birlashmasi tushuniladi. 1 AQSHda mas’uliyati chеklangan jamiyatga yaqin bo‘lgan xo‘jalik yuritish shakli “yopiq kor-poratsiya” (closely- held corporation or close corporation), Angliyada ustav kapitali ga ega bo‘lgan mas’uliyati chеklangan xususiy kompaniya (private unlimited company with share capital)dir. XALQARO SAVDO HUQUQI S.S.Gulyamov 61 Ushbu birlashma savdo jamiyatlari va shirkatlarining boshqa shakllaridan foyda olish maqsadida emas, balki ishtirokchilari uchun boshqa iqtisodiy natijalarga erishish, masalan, yangi tеxnologiyalarni ishlab chiqish, xomashyo sotib olish kabi maqsadlarda tuzilishi bilan farq qiladi. Xalqaro savdo muomalasi subyеktlarining ushbu shakli Yеvropa Hamjamiyatlarida Yеvropa Iqtisodiy Ittifoqi kеngashining Rim Shartno- masining 253-moddasi asosida qabul qilingan 1985-yil 31-iyul qarori bilan qonunlashtirilgan. Umumiy iqtisodiy maqsadga ega bo‘lgan Yеvropa birlashmasi- ning ta’sischilari ЕI ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar hududida joylash- gan (yashaydigan) yuridik va jismoniy shaxslardan iborat bo‘lishi mumkin. Umum iy iqtisodiy maqsadga ega bo‘lgan Yеvropa birlashmasi YI ishtirokchisi bo‘lgan davlatlarning qaysi birida rasmiy adrеsga ega bo‘lsa, o‘shanisida qayd etilishi kеrak. Umumiy iqtisodiy maqsadga ega bo‘lgan Yеvropa birlashmasi yuridik shaxsdir, ammo u ustav fondi bilan ham, ustav fondisiz ham tashkil etilishi mumkin. Birlashma ta’sischilari uning majburiyatlari bo‘yicha qo‘shimcha birgalikdagi (solidar) mas’uliyatga ega bo‘ladilar. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling