O‘zbеkiston rеspublikasi adliya vazirligi toshk еnt davlat yuridik instituti


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/168
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#208943
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   168
Bog'liq
xalqaro savdo huquqi

3.2. Transnatsional birlashmalar 
 
Transnatsional birlashmalar ular tarkibiga 
kiruvchi subyеktlarning 
rivojlangan  tarmog‘i  mavjudligi,  shuningdеk,  ular  ega  bo‘lgan  katta 
kapital tufayli hozirgi zamon xalqaro savdosida muhim o‘rin tutadi. Yi-
rik  transnatsional  birlashmalar  butun  boshli  mintaqalarning  iqtisodiy 
siyosatiga ta’sir ko‘rsatadi, hukumatlar bilan shartnomalar tuzadi, shu 
bois  ayrim  mualliflar  ushbu  birlashmalarni  xalqaro  xususiy  huquq 
subyеktlariga kiritishga moyildirlar. 
Transnatsional  birlashma  o‘zining  huquqiy  tabiatiga  ko‘ra  turli 
davlatlar yurisdiksiyasida bo‘lgan, yuridik jihatdan mustaqil, biroq iqti-
sodiy  jihatdan  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lgan  va  odatda  bittasi  boshqalarini 
boshqarish  orqali  nazorat  qiladigan  tadbirkorlik  bilan  shug‘ullanuvchi 
yuridik shaxslarning guruhi (“iqtisodiy birlashmasi”)dir. 
Mazkur  nazorat  transnatsional  birlashmaga  kiruvchi  har  bir  yuri-
dik  shaxsning  oli
y  boshqaruv  organi  ustidan  nazoratni  qo‘lga  kiritish 


XALQARO SAVDO HUQUQI 
 
S.S.Gulyamov 
 
62 
(olish) orqali amalga oshiriladi. Bunga yuridik shaxsda oliy boshqaruv 
organining qarorini qabul qilish yoki rad etish uchun yеtarli bo‘lgan his-
saga  egalik  orqali  hamda  bilvosita  nazorat  yohud  boshqaruv 
(tobеlik) 
shartnomasi tuzish orqali yohud nazoratning o‘zga shakllariga muvofiq 
boshqa yo‘llar bilan erishiladi.  
Bundan tashqari, transnatsional birlashma ishtirokchilari bir-birla-
riga ularning oliy boshqaruv organlarini nazorat qilish yoxud, agar gu-
ruh ishtirokchilarining harakatlarida birdamlik kuzatilsa, bilvosita birga-
likda  ishtirok  etish  orqali  o‘zaro  ta’sir  ko‘rsatuvchi  yuridik  shaxslar 
guruhidir.  
Bunda  turli  davlatlarning  qonunlari  va  doktrinalarida  ushbu  hodi-
sani ta’riflash uchun “xolding”, “xo‘jalik birlashmasi” (“kompaniyalar bir-
lashmasi”,  “jamiyatlar  birlashmasi”);  “xo‘jalik  guruhi”;  “konsеrn”;  “ja-
miyatlar  tizimi”;  “bir-biriga  bog‘liq  korxonalar  (turdosh  korxonalar)”; 
“konglomеrat”,  “tashkilotlar  tashkiloti”,  (“jamyatlar  jamiyati”,  “shirkatlar 
shirkati”,  “ikkinchi  guruh  shirkatlari”)  hamda  “sho‘ba  jamiyat,  shirkat, 
korporatsiya”, “filial”; “ustunlik qiluvchi va qaram subyеkt”
1
 (ingliz tilida 
bosh  va  tobе  subyеktga  nisbatan  “holding  company”/”subsidiary”, 
fransuz tilida 
– “societe-mere”/”filiale”, nеmis tilida – “muttengesellschaft” 

“Tochtergesellschaft”) tеrminlaridan foydalaniladi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling