O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. Oils huquqida huquq va muomala layoqati


Download 0.85 Mb.
bet35/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

3-§. Oils huquqida huquq va muomala layoqati
Huquq layogati va muomala layoqati deyilganda nimalarni tu­shunamiz.

Huquq layogati deyilganda, barcha fugarolarning fuqarolik hu­quq va burchlariga ega bolishlari tushuniladi.

Fuqarolik huquq layoqati u tug'ilgan paytdan e'tiboran vujudga keladi va vafot etilishi bilan tugaydi (FKning 17-moddasi).



Muomala layogati - fugarolarning o'z harakatlari bilan fuqarolik huquglari va burchlariga ega bo'lishi, ularni o'zgartirish va bekor qilishi murnkin bo'lgan layoqatidir.

Oils qonuni huquq layoqati va muomala layogatini ochiq ta'rifini bermaydi. Bu tushunchalarni tahlil qilish natijasida Fuqarolik kodek­sida mavjud bolgan huquq layoqati va muomala layogati tushun­chalaridan foydalanish mumkin. Fuqarolik muornala layoqatini o'z­garishi oils munosabatlariga bevosita ta'sir etishi mumkin. Fuqarolik muomala layogatini cheklash yoki undan mahrum etish oils muomala layogatini ham cheklash yoki mahrum etishga olib kelishi mumkin. Ko`rsatilgan huquqiy ko'rinish fuqarolik va oils huquqi shunday ya­

------------------------------------------80-------------------------------------------------



ginni ularni fuqarolik va oila huquqidagi huquq layogati va muomala layogatii bir xil va o'xshash tushuncha deb stash mumkin.

Oils huquqidagi to'la muomala layogati xuddi fuqarolik huqu­qiga o`xshab 18 yoshga tolish bilan paydo bo`ladi. Bundan shunday xulosa chigarish mumkin, oils huquqida ham fuqarolik huquqiga o`xshab to'la muornala layogati bir vaqtda vujudga keladi. Bunday toifalarning bevosita aloqadorligi ularning bir-biriga uzviy aloqador­ligida ko'rinadi. Yoshni kamaytirishi tufayli voyaga yetmaganning ni­koh tuzishi oils huquqida uning to`la fuqarolik muomala layoqatiga ega ekanligini anglatadi.

' Amaldagi O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 28-moddasiga binoan, o'n olti yoshga tolgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan bo`Isa yoki ota-onasi, far­zandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkor­lik faoliyati bilan shug`ullanayotgan bo`lsa, u to`la muomalaga layo­qatli deb e'lon qilinishi mumkin. Oils qonunchiligi ushbu dalolatnoma bilan to`la muomala layogatini belgilamaydi. Bu esa oils muomala layogatini fuqarolik huquqiy muomala layogatidan farq qilishini anglatmaydi. Bu o'zbek qonunchiligida emansipatsiyani juda keng targ'ib gilishini bildiradi.

Fuqarolik huquqida ruhiy kasalligi yoki agli zaifligi sababli o`z harakatlari uchun javob berolmaydigan yoki ularni boshqarolmaydi­gan muornalaga layoqatsiz shaxs beixtiyor ravishda oilaviy muornala layogatini ham yo'qotadi.

Amaldagi oils qonunlari voyaga yetmagan bolalarning roziligini olishni kengaytirishi holatlarini oilaviy-huquqiy munosabatlarni paydo bo`lishi, o'zgarishi yoki bekor bo`lishi (farzandlikka olish, ota-onalar huquglarini tiklash va boshqalarda) jiddiy kengaytirib yubordi. Bunday rozilikni oilaviy huqugiy dalolatnoma deb tushunmoq lozim. Hamma holatlarda bolaning roziligi to`g`risida so'z ketsa, ularda qis­man muomala layoqati borligi to'g'risida gap ketadi.



Fuqarolik huquq layoqatini cheklash oilaviy huquq layoqatini ham cheklashga bevosita ta'sir etadi. Bunday shaxslar vasiy, homiy, farz.4ndlikka oluvchi bo'lolmaydilar. Mantiqan, ular nikoh shartno­masi va-aliment kelishuvi tuzish huquqiga ega bo`lmasligi kerak, chunki fuqarolik qonunlari ularga o'z mulklarini tasarruf etishga rux­sat bermaydi. Biroq nikoh shartnomalari nafaqat oilaning moddiy

--------------------------------------------81-------------------------------------------------



holati yomonlashuvi, aksincha uni mustahkamlashga garatilishi mum­kin. Chunki oila qonunchiligi qisman muomalaga layogatsizlarga bun­day cheklashni belgilamaydi. Ular bunday shartnomalarni tuzishlari rnumkin.

Fuqarolarda oila huquq va rnajburiyatlariga ega bo`lish layogati tug'ilish bilan vujudga kelsa (masalan, ota-onalar va bolalar, aka-uka yoki opa-singillar va boshqalar o'rtasidagi aliment majburiyatlari), ayrim holatlarda esa fugarolarning ma'lum yoshga to'lishlari bilan vujudga keladi.

Masalan, nikoh munosabatiga kirishish.



Shunday holatlarda huquq layogati bilan bir yo`la muomala layogati ham vujudga keladi.

Oila huquqida muomala layoqati ya'ni o`z harakatlari Bilan oi­laviy huquq va majburiyatlari paydo bo'lishi ma'lum yoshga to'lish bilan vujudga keladi. Qoida bo'yicha bunday gosh voyaga etish yoshi hisoblanadi. Biroq ayrim huquglarga ega bo`lish ertaroq ham vujudga kelishi rnumkin. Masalan, oils qonunchiligi farzandlikka olinayotgan bola o'n yoshga to'lgan bo`lsa, farzandlikka olish uchun uning roziligi talab yilinishini belgilaydi.

Ruhiy kasalligi yoki agli zaifligi oqibatida o`z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab go`yilgan tartibda muoma­laga layoqatsiz deb topishi rnumkin va bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi (FKning 30-moddasi). Masalan, muomalaga layogatsiz shaxs bilan tuzilgan nikoh haqiqiy emas deb topiladi. Muomalaga la­yogatisiz shaxs vasiy, homiy va farzandlikka bola ololmaydi. Shaxs muomalaga layogatisiz deb topilganda oils doirasida unga tegishli bo'lgan shaxsiy va mulkiy huquglar vasiy va homiylar tomonidan amalga oshiriladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling