Oilaning nazariy va huquqiy asoslari tarixi
Download 408.03 Kb. Pdf ko'rish
|
oila kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MILLIY G’OYA VA MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI YO’NALISHI 3-BOSQICH 302-GURUH TALABASI SOBIROVA HAYITXONNING
- Kurs ishi rahbari______________________ ANDIJON – 2022
- III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar
- Kirish Mavzuning dolzarbligi
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY-IQTISODIYOT FAKULTETI MILLIY G’OYA VA MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI YO’NALISHI 3-BOSQICH 302-GURUH TALABASI SOBIROVA HAYITXONNING “OILANING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI TARIXI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN KURS ISHI Bajaruvchi__________________ Kurs ishi rahbari______________________ ANDIJON – 2022 2 Reja I. Kirish. II. Asosiy qism. 1. Oila muhofazasi – davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri. 2. Oila qonunchiligining rivojlanishi va takomillashuvi. 3. Ota-ona va farzandlar institutini takomillashtirish masalalari. III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar 3 Kirish Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda jamiyatimizning asosi bo’lmish oila institutini yanada Mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarni, ayniksa, yosh oilalarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ximoya qilish hamda qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish borasida olib borilayotgan barcha ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, jismonan soglom, ma’naviy yetuk va Har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini oshirish, Mustahkam, soglom oilani shaqllantirishda maxallaning mavkeini mustahkamlash va rolini kuchaytirishga doir aniq maqsadga yo’naltirilgan keng ko’lamli chora- tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 19 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda birinchi prezidentimiz I.A.Karimov «Bizning yo’limiz – demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va modernizasiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo’lidir» ma’ruzasida „Oila sog’lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan — mamlakat barqarordir" deb ta’kidladi. Oila instituti tarixan mavjud bo’lgan institut hisoblanadi. Qonunchilikda o’zining huquqiy asoslariga ega, biroq bugungi kunda ushbu institutning oila huquqida bo’lgan o’rniga yangicha konsepsiya zarur. O’zbek xalqi o’zining boy tarixiga va qadriyatlariga ega. Oila jamiyatning mustahkam poydevori bo’lib uning mustahkamligi, faravonligi, tinch-totuvligi jamiyat taraqqiyotining asosidir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “biz uchun muqaddas bo’lgan oila asoslarini yanada mustaxkamlash, xonadonlarda tinchlik xotirjamlik. ahillik va o’zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy - ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to’ldirishdan iborat bo’lmog’i zarur" 1 . Darhaqiqat, ushbu anjuman ham muhtaram prezidentimizning yuqorida aytgan purma’no fikrlariga javoban ilmiy, nazariy va metodik ruhda o’tdi. Oila qonunchiligida oila muhofazasiga oid normalarda o’zgarishlar ro’y berdi. Oilaning moddiy-maishiy sharoitlari, axloqiy-ma’naviy qarashlarini inobatga olish zaruriyati tug’ildi. Zimdan kuzatib borish mexanizmi monitoringi joriy etilmoqda. Bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish va milliy mentalitetimizga mos holda umumlashtirishga zaruriyat mavjud. Shu nuqtai nazardan olganda oila manfaatlarini himoya qilishning huquqiy masalalari dolzarb ahamiyat kasb etadi. Hozirda mamlakatimizda oilani himoyalash tizimini yaratish borasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilib, muayyan darajada qonunchilik tizimi yaratilgan. O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksida oila muhofazasiga masalasiga alohida e’tibor qaratilgan bo’lsada, qator amaliy muammolar bartaraf etilmagan. bir qator masalalarida bahsli vaziyatlar va noaniqliklar mavjud. Oila muhofazasi oila 1 Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “biz uchun muqaddas bo’lgan oila asoslarini yanada mustaxkamlash, xonadonlarda tinchlik xotirjamlik. ahillik va o’zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy - ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to’ldirishdan iborat bo’lmog’i zarur. 2022. 3-may. 4 qonunchiligida va u bilan bog’liq huquqiy normalarda oila institutining yetarli darajada ishlanmaganligi, mazkur tadqiqot predmetiga nisbatan nazariy qarashlarning yagona emasligi ushbu mavzuning dolzarbligini belgilaydi va vujudga keladigan munosabatlarni chuqur ilmiy tahlil etish orqali huquqiy tartibga solish samaradorligini takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bugungi kunda oila institutining nazariy asoslari zaifligi ko’zga tashlanmoqda. Oilani muhofaza qilish institutining samaradorligini oshirish, uning normalarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish zaruriyati mavjud. Bu borada har tomonlama chuqur nazariy tadqiqotlar olib borish bugungi kunda dolzarbligicha qolmoqda. Download 408.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling