Oilaning nazariy va huquqiy asoslari tarixi
Oila muhofazasi – davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri
Download 408.03 Kb. Pdf ko'rish
|
oila kurs ishi
1. Oila muhofazasi – davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri.
Oila - muqaddas dargoh. Birgina shu muqaddas so’zining oilaga nisbatan ishlatilishida chuqur ma’no va mohiyat mujassam. Zotan, millatning ertangi kuniga dastlab oilada poydevor qo’yiladi, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi avlod shaqllanadi, milliy madaniyat, urf-odatlar, axloqiy-ma’naviy qadriyatlar asrab- avaylanadi, jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy farovonlik va madaniy yuksalishlariga asos solinadi, mustahkamlanadi. Insonga xos bo’lgan chinakam hayotni, farovon va baxtli turmush sharoitini mana shu amallarsiz tasavvur etib bo’lmaydi, albatta. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyatida inson va uning manfaatlari ustuvor ekan, biz ko’zlagan maqsadlarga erishishda hayotimizning tayanchi va suyanchiga aylangan oilaning o’rni benihoya kattadir 1 . Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2012 yilga mamlakatimizda «Mustahkam oila yili», deb nom berilishini inson manfaatlariga yo’g’rilgan islohotlarimizning izchil davomi sifatida ta’kidlash joiz. Oila mustahkamligi masalasiga umumdavlat miqyosida e’tibor qaratilayotgani uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy vazifalar tizimidagi o’rni va ulkan ahamiyatini yaqqol ko’rsatib turibdi. Istiqlolning dastlabki yillaridanoq, mamlakatimizda oila manfaatlarini himoyalashning huquqiy, ma’naviy-axloqiy asoslarini umuminsoniy va milliy qadriyatlar mushtaraqligida yanada boyitish, chuqur bilimli, kasb malakasi shaqllangan ma’naviy va jismoniy sog’lom avlodni voyaga yetkazish borasida keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi. Oilaning jamiyat hayoti va taraqqiyotidagi ahamiyati xususida to’xtalib, atoqlili olim va adib Abdurauf Fitrat bunday degan edi: “Har bir oilaning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi, oilada tartib bo’lsa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo’ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo’l qo’ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi" 2 . O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida oila jamiyatning asosiy bo’g’ini ekani hamda uning jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga egaligi mustahkamlab qo’yilgan. (O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 63-modda). Mamlakatimizda oilani ijtimoiy- iqtisodiy, huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlash borasida izchil amalga oshirilayotgan ishlar samarasida ushbu qoida hayotimizda o’zining yorqin ifodasini topmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2011-yil 7-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 19 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida oila instituti jamiyatimizning asosiy bo’g’ini ekanini ta’kidladi. Darhaqiqat, oila instituti xalqimiz hayoti, istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha jabhalarda hayotga tatbiq etilayotgan keng ko’lamli 1 N.M Akayeva – Oila huquqi. Kasb-Hunar kollejlari uchun darslik. Toshkent.: 2016. 16-bet 2 M. Safarova – Abdurauf Fitratning “Oila” asarida mustahkam oil ava barkamol avlod., diss.,, Buxoro:. 2015. 4-bet 6 islohotlarni amalga oshirishda muhim o’rin tutadi. Ayniqsa, oila mamlakatimiz taraqqiyotining hal qiluvchi kuchi bo’lgan yoshlarni tarbiyalashda alohida ahamiyat kasb etadi. Oila uchun xos bo’lgan avlodlar vorisiyligi xalqimizning eng yaxshi an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, jamiyatimizning ma’naviy, ma’rifiy asoslarini mustahkamlashda muhim omil bo’lmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash, aholi turmush darajasini yuksaltirish, yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Mustahkam oila yili‖ Davlat dasturida bu vazifalarga yanada ustuvor ahamiyat berilgan. Hozirgi vaqtda bu boradagi ishlar Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilab berilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarilmoqda. Aholining huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan keng ko’lamli ishlar salmoqli natijalar berayotgani ko’rinib turibdi. Bu umuman fuqarolar huquqiy savodxonligi oshayotgani, jumladan, ularning oila to’g’risidagi qonunchilik hujjatlari, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Fuqarolik Kodeksi va Oila Kodeksining tegishli qoidalaridan yuqori darajada xabardor ekanidan dalolat beradi. Milliy qonunchiligimiz oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni mustahkam huquqiy asosda qurishga ko’maqlashmoqda. 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Oila Kodeksi ushbu sohadagi asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi. Oila Kodeksini oilada tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qiladigan huquqiy hujjat, desak xato bo’lmaydi. Oila qurish-bu mas’uliyatli ish bo’lib, yoshlarning o’zlari uchun yangi bo’lgan ijtimoiy maqomga har tomonlama tayyorgarlik ko’rishlarini taqozo etadi. Ularni oiladagi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilikning o’rni ajralib turadi. Yoshlarning oila to’g’risidagi qonunchilikni bilishi o’z huquqlarini himoya qilish, mustahkam va sog’lom oila qurish uchun zarurdir. Istiqlol yillarida mamlakatimizda oila munosabatlari ancha mustahkamlanib, oilalar farovonligi va turmush darajasining oshgani davlatimiz rahbarining oila instituti, ayniqsa yosh oilalarni qo’llab- quvvatlash bo’yicha puxta o’ylangan siyosatining yorqin natijasidir. Jamiyatning muhim bo’g’ini bo’lgan oilani mustahkamlash, yurtimizdagi ma’naviy o’zgarishlar asosida rivojlantirish, nufuzini oshirishga doir rejalashtirilgan dasturlarni bajarishda jamiyatning barcha institutlari, ayniqsa, o’zini o’zi boshqarish organlari - mahallalar ham o’z imkoniyatlaridan keng foydalangan holda faol ishtirok etmoqda. Oila farovonligi mahallada ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlashda va jamiyat taraqqiyotida muhim omil hisoblanadi 1 . Qolaversa, ming yillar davomida mahallalarda o’zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, kam ta’minlangan, ehtiyojmand kishilar holidan xabar olish, to’y-tomosha, 1 Hayot kitobi: yosh oilalar uchun inseklopidek qo’llanma. – Toshkent.: “Sharq”, 2011. 48-bet 7 hashar va ma’rakalarni ko’pchilik bilan bamaslahat o’tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham yelkadosh bo’lishdek xalqimizga xos urf-odat va an’analar shaqllangan va rivojlangan. Bir so’z bilan aytganda, mahalla oilaning asosiy tayanchi va suyanchi bo’lib kelgan. Mustaqillik tufayli xalqimizning bu an’analari yana hayotga qaytdi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi — mahalla institutini huquq va vakolatlarini yanada kengaytirish, mavqyeini mustahkamlash, nufO’zini oshirish uchun barcha tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. Natijada fuqarolar yig’inlari qoshida oilalar ahvoli bilan yaqindan tanish, ularga o’z vaqtida moddiy-ma’naviy ko’mak bera oluvchi, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy farovon turmushi, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashiga samarali ta’sir ko’rsatuvchi o’ziga xos demokratik darsxona shaqllandi. Buni O’zbekiston «Mahalla» xayriya jamg’armasi tomonidan amalga oshirilgan birgina ezgu amal misolida ham ko’rish mumkin: xususan, jamg’armaning bo’lim va bo’linmalari tomonidan yurtimiz bo’ylab 4 milliondan ziyod oilaning ahvoli o’rganib chiqilib, tahlil etildi. O’rganilgan oilalardan moddiy, tibbiy va ma’naviy yordamga muhtojlari aniqlanib, jamg’arma tuzilmalari hamda mahallalar hamkorligida ularga ko’mak berishning zarur chora-tadbirlari belgilandi. Xususan, 336 ming 545 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi, 185 ming 861 ta oilaga «Mahalla» xayriya jamg’armasining bo’lim va bo’linmalari hamda homiylar hisobidan 769 million so’mdan ortiq miqdorda moddiy yordam ko’rsatildi. Bugun mustahkam oilani shaqllantirishda mahalla qoshida faoliyat yuritayotgan diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilar, Yarashtirish, Ma’naviyat targ’iboti, Yoshlar bilan ishlash komissiyalaridagi vakillar zimmasidagi mas’uliyatni alohida ta’kidlab o’tish joiz. Ular faoliyatlarida asosiy e’tiborni aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borish, oilalarning ijtimoiy-ma’naviy ahvolini o’rganish, notinch oilalarni o’z vaqtida aniqlab, ular bilan yakka tartibda ishlash, xotin-qizlarni foydali mehnatga jalb etish, milliy qadriyatlarimizni targ’ib etadigan tadbirlar uyushtirishdek mas’uliyatli vazifalarni izchil amalga oshirishga qaratib kelayotir. Chunonchi, respublikamizdagi o’n mingga yaqin o’zini o’zi boshqarish organlarida faoliyat yuritib kelayotgan jami 8135 nafar diniy ma’rifat va ma’naviy- axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilar zimmasiga oilalardagi ijtimoiy- ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, oila a’zolarining bandligiga ko’maqlashish, oilada sog’lom muhitni qaror toptirishda zarur maslahat va aniq yo’l- yo’riqlar ko’rsatishdek dolzarb vazifalar biriktirilgan. Shubhasiz, oila mustahkamligining asosiy omillaridan biri uning qonuniy va mehr-muhabbat asosida qurilganidir. Shu bois, oilalar bilan yakka tartibda suhbat olib borish, ularning muammolarini hal etishda maslahatchilar hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o’tkazilayotgan tadbirlar yaxshi samara bermoqda. Xususan, xotin-qizlar qo’mitasi, FHDYO bo’limlari, QVP va oilaviy poliklinikalar hamkorligida aholi o’rtasida oila va nikoh munosabatlarining 8 qonuniyligini ta’minlash, yoshlarni turmushga tayyorlash, nikohdan avval tibbiy ko’rikdan o’tkazishga bag’ishlangan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirilayotir. Bunday tadbir va targ’ibotlar yoshlarning mustahkam oila qurishlariga zamin yaratadi. Inson tabiatidagi eng yaxshi fazilatlar, dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezonlar avvalo oila, mahalla, qolaversa, maktab bag’rida kurtak yozadi. Har bir bolaning ertaga qanday inson bo’lib voyaga yetishi, iqtidorining shaqllanishi mana shu uch muhim bo’g’in hamkorligi va ta’lim- tarbiyasiga bog’liq. Barchamizga yaxshi ma’lum, ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ayro holda tasavvur qilish mumkin emas. Ertangi kunimiz egalari bo’lgan yosh avlodning har tomonlama barkamol insonlar bo’lib voyaga yetishida nafaqat ota-ona yoki o’qituvchi, balki qo’ni-qo’shni, mahalla-ko’y ham birdek javobgar. Shu ma’noda, o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatida yo’lga qo’yilgan «Oila, mahalla-maktab hamkorligi» konsepsiyasi ta’lim va tarbiya samaradorligini oshirishda muhim omildir. Endilikda mahalla maslahatchilari va turli komissiyalari ishtirokida yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, yig’inlar va o’quv muassasalari qoshida tashkil etilayotgan turli badiiy va hunar to’garaqlari, sport mashg’ulotlari yoshlar o’rtasida mayda bezorilik, jinoyatlar, illatlarga berilish yoxud zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishning oldini olishda qo’l kelmoqda. 2012 yilga «Mustahkam oila yili» 1 nomi berilishi zamirida yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash, obod va farovon turmushini ta’minlash maqsadi borligini anglash qiyin emas. Zero, oila mustahkamligini ta’minlashda iqtisodiy barqarorlik muhim mezondir. Xalqimiz azaldan tadbirkorlik, hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelgan. Kasb-kori orqali oilasini, turmushini farovon qilgan 1 . Xalqimizning bunday tadbirkorlik fazilatlari bugun yurtimiz mahallalari guzarlari timsolida qishlog’u shaharlarimiz ko’rkiga ko’rk qo’shib turibdi. Keyingi yillarda mamlakatimizda tomorqachilik, parrandachilik, chorvachilik, bog’dorchilik, hunarmandchilik kabi oilaviy biznes tarmoqlarini rivojlantirishga doir keng imkoniyat va imtiyozlar yaratildi. Oilaviy biznesi orqali farovon hayot kechirayotgan yurtdoshlarimiz safi kun sayin ortib bormoqda. Endilikda, kasb-hunar kollejini bitirgan yosh yigit-qizlar fuqarolar yig’ini ko’magida bankdan imtiyozli kredit va kerakli uskunalar olib tadbirkorlikni yo’lga qo’ymoqdalar. Turli maishiy xizmat va ishlab chiqarish korxonalari ochib, yurt taraqqiyotiga hissa qo’shishga intilmoqdalar. Shu ma’noda, mahallalarni oilaviy biznes va xususiy tadbirkorlik markazlariga aylantirishda yosh oilalar ishtirokini oshirish ayni muddaodir. Birinchi Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 20 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi "Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. „Barkamol avlod yili" davlat dasturi to’g’risida. 2013 yil 9 bo’lishiga erishish — bizning bosh maqsadimizdir» ma’ruzasida 2013 yil – «Obod turmush yili « deb elon kilindi. Oilani muqaddas bilish va uning mustahkamligi uchun kurashish bizning qon- qonimizga singgan yuksak ma’naviy tuyg’u, hayotiy ka’moldir. Zotan, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida ta’kidlaganidek, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo’rg’oni bo’lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning asosiy vazifamiz, balki, insoniy burchimizdir. Download 408.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling