14-mashg’ulot. Mavzu: Ituzumdoshlar, yalpizdoshlar (labguldoshlar), qoqidoshlar oilalari
Download 0.99 Mb.
|
mavzu
14-MASHG’ULOT. MAVZU: Ituzumdoshlar, yalpizdoshlar (labguldoshlar), qoqidoshlar oilalari Bu oilaga asosan tropik zona oblastlarida o‘sadigan o‘tlar, buta va daraxt o‘simliklar kiradi. O‘rta mintaqa oblastlarida faqat o‘tsimon turlari uchraydi. Bu oilaga taalluqli tur soni 1700 dan ortiq. Ituzumdoshlar o‘simliklarining bargi butun yoki kertiklangan bo‘lib, poya va novdalarda navbat bilan yoki qarama-qarshi joylashadi. Yon bargchalari yo‘q. Gullari odatda to‘g‘ri tuzilishli, ikki jinsli, gul qismlari 5 tadan bo‘lib yakka-yakka yoki gajak shaklida to‘pgul holda bo‘ladi. Gultojisi o‘zaro qo‘shilishib ketgan 5 ta tojbargdan iborat; changchisi 5 ta gultoj bargi bilan navbatlashib joylashadi. Urug‘chisi 2 ta meva bargchadan tashkil topgan. Urug‘chi tugunchasi ustki, ikki uyali, buning tevaragini 5 bo‘lakli shiradon xalqa shaklida o‘rab olgan. Mevali ko‘sakcha yoki rezavorlardir. Urug‘larida endosperm bo‘ladi yoki bo‘lmaydi. Tarkibida alkoloidlar bo‘lganidan ituzumdoshlar zaxarli xisoblanadi. Ituzumdoshlar oilasidan Oloy xiyoli- Physochlaina alaica O`zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan.Oloy va Turkiston tog`laridagi juda kamyob, endem tur. Shohimardon va So`x daryolarining havzalarida o`sadigan bu ko`p yillik o`t o`simlikni mahalliy aholi dorivorligi uchun ko`p ishlargani sababli kamayib ketgan. O‘rta mintaqa zonasida ituzumlarning quyidagi turkumlari ko‘p bo‘ladi: ituzum – Solanum, pomidor - Lycorersicon, tamaki – Nicotiana, qalampir – Carsicum, bangidevona – Datura. Ituzumdoshlar oilasiga kartoshka - Solanum tuberosum, pomidor - Lycorersicon esculentum, baqlajon - Solanum melongena, qalampir – Carsicum annum, tamaki - Nicotiana tabacum, maxorka - Nicotiana rustica kiradi. 1-ish: Kartoshka o‘simligi (Sola-num tuberosum) gulini o‘rganish. Ish tartibi. Kartoshka guli lupada tekshiriladi. Gultoji yassi do‘ngalak shaklda bo‘lib o‘zaro qo‘shilishib ketgan beshta gultojbargdan iborat, buning trubkasi juda qisqa, tusi oq, qizg‘ish, binafsha rang yoki ko‘kish (osmon rang) bo‘ladi. keng ochilgan gul o‘rtasida konussimon changchi chiqib turadi, changchi iplari qisqa bo‘ladi. Gultojini gul o‘rnida ajratib olib preparoval ninaning uchi bilan uning trubkasi yorilsa, changchilarning shu gultojga (ostki qismiga) birikkanligi va ularning gultojbarg bo‘laklari bilan navbatlashib joylashganligi ko‘rinadi. Gulkosachasi nishtarsimon, uchli beshta barg bo‘lakchalaridan iborat, sirti tuklar bilan qoplangan, kosachaning qisqagina trubkasi ichida tuguncha joylashadi. Kosacha bargchalarini gulbandi tomonga qayirib, tuguncha ko‘ndalangiga kesilsa, uning ko‘p urug‘kurtakli ikki uyadan iboratligi ma’lum bo‘ladi. Kartoshka o‘simligining mevasi-rezavor meva. Hozirgi vaqtda kartoshkaning ekiladigan 200 dan ortiq navi bor. Kartoshka xalq xo‘jaligida katta axamiyatga ega bo‘lgan qimmatbaxo ekin xisoblanadi. Xulosa. Daftarga kartoshka gulining diagrammasi chizilib, formulasi yoziladi. Yalpiznamolar qabilasi– lamiales Yalpizdoshlar oilasi – lamiaceae Bu oila vakillari asosan bir yillik va ko'p yillik o't, yarimbuta, kamdan-kam tropik mamlakatlarda o'sadigan buta va daraxtlardan iborat. Poyalari 4 qirrali. Barglari oddiy, qarama-qarshi joylashgan, yonbargchalari yo'q. Gullari simoz to'pgullarda o'rnashgan. Ular 3 gulli dixazii yoki murakkab tuzilgan, qo'sh gajak to'pgullardan iborat. Gullari zigomorf, 5 bo'lakli, gulkosachasi 5 tishli, ba'zan 2 labli, ustki labi 3 bargchali, ostkisi 2 bargchali. Gultoji 5 bo'lakli, odatda 2 labli, ostkisi 3 tojbargli, ustkisi 2 tojbargli. Changchisi 4 ta. Changchi iplari gultoj nayiga birikkan. Urug'chisi 2 meva bargli. Tugunchasi ustki, 2 uyali, har bir uya 2 urug'kurtakli. Gul formulasi: Ca(5)(3+2) Co(2+3) A42 G(2). Har qaysi urug'kurtak orasida barvaqt to'siq hosil bo'ladi. Natijada tuguncha gavzabondoshlarnikiga o'xshash 4 bo'lakchaga ajraladi. Gullariproterandriya, ya'ni changchi urug'chiga nisbatan tezroq etiladi. Mevasi bir urug'li 4 ta yong'oqchaga ajraladi. Urug'i deyarli endospcrmasiz. Hasharotlar yordamida chetdan changlanadi. Yalpizdoshlar oilasi filogenetik jihatidan tizimguldoshlar oilasiga juda yaqin turadi. Murtak ildizining pastga qaraganligi bilan farq qiladi. Yalpizdoshlar oilasining deyarli barcha vakillari efir moylariga boy. Ularda sut yo'llari va kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalar bo'lmaydi. Yalpizdoshlar qabiladagi eng yirik oila. Uning vakillari asosan issiq va mo'tadil iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Bu oilaga 200 tacha turkum, 3000 ga yaqin tur kiradi. O'rta Osiyoda 53 turkumga mansub 460 turi uchraydi. O'zbekistonda 42 turkumga oid 210 turi o'sadi. Yalpizdoshlar O'zbekistonda keng tarqalgan oilalardan bo'lib, ular foydali turlarga boyligi bilan boshqa oilalardan ajralib turadi. Ayniqsa, Yalpiz (Mentha), Marmarak (Salvia), Kiyiko't (Ziziphora), Bozulbang (Lagochilus), Tog'rayhon (Origanum), Limono't (Melissa), Arslonquloq (Leonurus) kabi turkumlarning vakillaridan juda qadimdan tibbiyotda, oziq-ovqat, qandolatchilikda va parfumeriya sanoatida foydalanib kelinmoqda . Yalpizdoshlar oilasining 30 turi O`zbekiston respublikasi “Qizil kitob” iga kiritilgan: Bozulbang- Lagochilus turkumining 4 turi, Bo`zbosh- Dracocephalum turkumining 3 turi, Ko`kamaron-Scutellaria turkumining 5 turi, Marmarak-Salvia turkumining 6 turi, Flomoides- Phlomoides turkumining 4 turi, Ko`rimsiz qo`ziquloq-phlomis nubilans, Kudryashev arslonquyrug`i-Leonurus kudrjaschevii va boshqalar. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling