14-mashg’ulot. Mavzu: Ituzumdoshlar, yalpizdoshlar (labguldoshlar), qoqidoshlar oilalari
Qoqidoshlar ( murakkabguldoshlar ) oilasi- Compositae
Download 0.99 Mb.
|
mavzu
Qoqidoshlar ( murakkabguldoshlar ) oilasi- Compositae
Ishdan maqsad: Murakkabguldoshlar oilasining vakillari, ularning morfologik tuzilishi va ahamiyati bilan tanishish. Kerakli jihozlar: Gerbariy, tirik gullar, rasm, lupa va laboratoriya asboblari. Nazariy qism. Bu oilaga mansub o‘simliklar asosan o‘tlar va qisman chala butalardan iborat; shu bilan birga bu oilaga tropik mamlakatlarda o‘sadigan liana, buta va hatto ba’zi daraxtlar ham kiradi. Murakkabgulli o‘simliklarning bargi poya va shoxlarida navbat bilan joylashadi, barg yonligi bo‘lmaydi. Gullari to‘pgulga yig‘ilgan bo‘ladi, shuning uchun bu oila murakkabguldoshlar deb ataladi. Bu oilaga o‘simliklarning to‘pguli ancha takomillashgan, ya’ni undagi gullar bajaradigan biologik ishiga qarab bir nechaga bo‘lingan. Masalan, bunda bitta gul mevaga aylanadigan bo‘lsa, ikkinchi gul boshqa barcha gullar uchun gultojlik vazifasini o‘taydi. Murakkabguldoshlarning guli odatda qo‘sh jinsli, ba’zan bir jinsli yoki sterial’ (samarasiz) bo‘ladi. Bu gullarda tipik yashil kosacha yo‘q, ko‘p gullarda kosacha o‘rnida tuklar, ba’zan qilchalar bo‘ladi, bu tuk va qilchalar meva hosil bo‘lganda ham to‘kilmaydi, balki meva urug‘ bilan qo‘shilishib uchma yoki ukparga aylanadi. buning natijasida meva urug‘ni shamol yoki jonivorlar yordamida uzoq joylarga tarqatadi. Gutojbarglari xamma vaqt qo‘shilishib o‘sib trubkasimon, tilchasimon, soxta tilsimon va karnaysimon shaklni olgan bo‘ladi, gul tuzilishi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri; ko‘pincha gul qismlari beshtadan, gullarining savatchasimon gul o‘rniga taqsimlanishi xilma-xil bo‘ladi. Bu gullardagi changchi beshta, changchi iplari o‘zaro qo‘shilishmagan bo‘lib gultoj trubkasiga o‘rnashgan, shu trubka ichida changdonlar ham joylashgan, shu changchi changdonlari o‘rtasidan urug‘chi ustunchasi o‘tadi, ustunchaning uchi ikki bo‘lakli tushshuqchaga aylangan bo‘ladi, urug‘ stunchasi tevaragida shiradon xalqa shaklida joylashadi. Urug‘chasi ikkita qo‘shilishib o‘sgan meva bargchasidan iborat; urug‘chi tugunchasi ostki, yakka uyali va bir urug‘li. Mevasi – urug‘dan iborat. Qoqio`tdoshlar oilasining 44 turi O`zbekiston respublikasi “Qizil kitob” iga kiritilgan: Yirikbarg andiz- Inula macrolepis, Yashil anura- Anura pallidivirens, Karrak- Cousinia turkumining 21 turi, Yurineya –Jurinea turkumining 6 turi, Taroqsimon olga –Olgae pectinata, Nurota lepidolofasi- Lepidolopha nuratavica, Fedchenko lepidolofasi- Lepidolopha fedtschenkoana, Bobotog` ko`kboshi- Echinops babatagensis, Nurota o`lmaso`ti- Helichrysum nuratavicum, Tuksiz qarg`atirnoq- Koelpinia leiocarpa va boshqalar. Murakkabguldoshli o‘simliklar gullarining joylanishi va shakli jixatidan ikkita kenja oilaga: naychasimongullilar va tilchasimongullilarga bo‘linadi. N aychasimongullilar kenja oilasi – Tubiflorae Bu kenja oila o‘simliklarining savatchasidagi gullarning hammasi naychasimon yoki har xil, masalan, markazdagilari naychasimon, chetdagilari soxta tilchasimon yoki voronkasimon bo‘ladi. bu o‘simliklarda sutsimon shira bo‘lmaydi. B u kenja oilaga 700 dan ko‘proq o‘simlik turkumi kiradi; kungaboqar – Helianthus, bo‘ymadaron (tisyachelistnik) – Achilla, oshag‘on (qaytikan) – Xanthium, qushqo‘nmas (chaqirtikan) – Carduus, maxsar – Carthamus, bo‘tako‘z – Centaurea, shuvoq – Artemisia turkumlari O‘rta Osiyoda ko‘p o‘sadi. 1-ish:Kungaboqar – Helianthus annuus gulini o‘rganish. Ish tartibi. Kungaboqar guli lupada tekshiriladi. Kungaboqar savatchasining tevaragi zich joylashgan bargchalar bilan o‘ralgan, bu bargchalar uchi nayza tuxumsimon shaklda bo‘lib, sirti tuklar bilan qoplangan. Kungaboqar savatchasi o‘rtasidan ikkiga bo‘linadi. Savatchadagi bilan gullarining hammasi sarg‘ish rangda, ammo ikki xil dimorf, ya’ni savatcha cheti bo‘ylab joylashmaganlari – soxta tilsimon, o‘rtadagilari – trubkasimon bo‘ladi. soxta tilsimongullar savatcha cheti bo‘ylab bir necha qator joylashadi. Savatchadan bir nechta gulni yuoib olib, ulardan har qaysisining o‘rni xonachadan iboratligini ko‘ramiz. Bu xonachalar o‘zaro zich yondoshgan gultevarakligidan tashkil topgan bo‘ladi. Tipik trubkasimon gul tugunchasida va gultoj trubkasida bezli qisqa tuklar bo‘ladi. Tugunchasi qirrali, tugunchaning yuqori gultoj osti qismida kosacha o‘rnida tishsimon cheti bo‘ladi, bu tishchalar beshta. Gultoj trubkasi yorilganda gulning ichki tuzilishi yaxshi ko‘rinadi. Bunda beshta changchi bo‘lib, iplari o‘zaro qo‘shilishmagan, ammo changdonlari qo‘shilishib trubkaga aylangan, bu trubka o‘rtasidan ikki bo‘lak tumshuqli ustuncha o‘tadi. So‘ngra soxta tilsimon guli tekshiriladi. Bu guli tekshiriladi. Bu gul bir jinsli, noto‘g‘ri tuzilishli, yakka labli, ustki labi yo‘q bo‘lib ketgan, quyi labi uzun sariq til kabi cho‘zilgan bo‘lib, uchida uchta tishcha bor, chunki bu labga uchta tojbargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Nihoyat, savatcha chetiga joylashgan gultojbarg trubkasi yorib ko‘riladi, bunda changchi yo‘q, balki urug‘chi boshlang‘ich holdagina bo‘ladi. Tilchasimongullilar kenja oilasi – Luguliflorae Bu kenja oilaga taalluqli o‘simliklarning savatchasidagi gullarning hammasi tilchasimon noto‘g‘ri, ikki jinsli. O‘simliklarida sutsimon shira bo‘ladi. bu kenja oilaga 64 turkum kiradi. O‘rta Osiyoda o‘sadigan turkumlarning eng xarakterlisi: qoqio‘t – Taraxacum, sachratqi – Cichorium, bo‘ztikan – Sonchus turkumlaridir. Qoqio‘t – Taraxacum vernalis gulini o‘rganish. Ish tartibi. Qoqio‘t guli lupada tekshiriladi.Savatcha to‘pgullarining o‘rami ikki qator bargchalardan iborat, tashqi qatoridagi bargchalar pastga qayrilgan, ichki qatoridagi bargchalar guliga yopishib joylashgan. Savatchani o‘rab turgan bu bargchalar uzib tashlansa, uning umumiy gul o‘rni – savatchasi ochiladi, mana bunda qoqio‘t gullari zich joylashgan bo‘ladi. Savatchaning xar er xar eriga joylashgan gullaridan bir nechtasi tekshiriladi. Bu gullarning hammasi tilsimon shaklda, tashqi ko‘rinishidan ham bir xil. Tilchasi sariq tusda, uchi besh tishli. Gultoj trubkasi xuddi tikkasiga kesilgan va yuqori qismi orqasiga tilsimon shaklda sal qayrilgan bo‘lib ko‘rinadi. Mana bu tilcha kungaboqar savatchasining cheti bo‘ylab joylashgan gul tilchasi kabi gultojining beshta bargchasidan tashkil topgan bo‘ladi. bu gul noto‘g‘ri tuzilishli zigomorf, ammo ikki jinsli bo‘ladi, mana shu ikki jinsli va samarali bo‘lishi bilan kungaboqar gulidan farq qiladi. Bunda changchi changdonlari qo‘shilishib o‘sib trubkaga aylangan, buning o‘rtasidan urug‘chining ikki tumshuqli ustunchasi chiqib turadi. Tumshuqchaning usti tukli bo‘ladi. Changchi iplari ingichka bo‘lib, gultoj trubkasining yuqori qismiga o‘rnashgan. Urug‘chi tugunchasi qirrali bo‘lib, shu qirralarida tikanchalar o‘rnashadi. Xulosa. Daftarga astragullilar guli diagrammasi chizilib, formulasi yoziladi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling