O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


B) Nikoh yoshiga qo'yilgan shartning buzilishi


Download 0.85 Mb.
bet44/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

B) Nikoh yoshiga qo'yilgan shartning buzilishi.

Oila kodeksining 51-moddasiga binoan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikoh half nikoh yoshiga yetmay nikohga kirgan shaxsning manfaatlari talab qilgan hollarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday nikohni haqiqiy emas deb topishni nikoh yoshigaa yetmay nikohga kirgan shaxs, uning ota-onasi yoki homiysi, shuning­dek, vasiylik va homiylik organi hamda prokuror talab gilishga haglidir.

Er-xotindan biri nikoh yoshiga yetmaganligi tufaylii nikohni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi ish, agar er-xotin (ulardan biri) ish sudda ko'rilayotgan paytda nikoh yoshiga yetmagan bo'lsa, va­siylik va homiylik organising ishtirokida ko'rib chiqiladi.

Ish sudda hal qilinish paytigacha er yoki xotin nikoh yoshiga yet­gan bo'lsa, nikoh faqat uning talabi bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkinf

Nikoh yoshi sharti ko`pincha fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi xizmatchilari o`z vazifasini suiiste'mol gilishi yoki nikoh tuzuvchilarning o'zi tomonidan yoshi to'g'risida qalbaki hujjat berilishi natijasida buziladi.

Nikoh yoshiga to`lmagan shaxs bilan tuzilgan nikoh hamma vaqt hamm sud tomonidan hagiqiy emas, deb topilmaydi. Hali nikoh yoshiga

--------------------------------------------117-------------------------------------



yetmay nikohga kirgan shaxsning manfaatlari talab qilgan hollarda­gina sud bunday nikohni haqiqiy emas, deb topishi mumkin.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling